Bayonnomasi 2023-yil 1-aprel Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 23 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a



Yüklə 92,51 Kb.
səhifə10/14
tarix19.12.2023
ölçüsü92,51 Kb.
#151888
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
8-jigilish-bayonnomasi-2023

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar. Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yoshlar ittifoqi yetakchisi va tyutorlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari muntazam o‘tkazilgan. Tyutorlarga akademik guruh talabalari biriktirilgan bo‘lib, talaba-yoshlar bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 30-sentyabrdagi №412-sonli buyrug‘i va ilovasidagi “Tyutorlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom”da ko‘rsatilgan vazifalar asosida ishlar amalga oshirilgan. Tyutorga biriktirilgan talabalar bilan tasdiqlangan yillik rejasi asosida tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilgan. Shuningdek, tyutorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tayyorlangan har choraklik hisobotlari fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga taqdim etilgan. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dunyoqarashini oshirish maqsadida har hafta dars jadvali asosida tyutorlar tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining taqdimot materiallari asosida axborot va murabbiylik soati mashg‘ulotlarida talabalar bilan davra suhbatlari o‘tkazilgan hamda bayonnomalar tuzilgan.
2022-yil 5-12-sentabr kunlari 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” dasturi bo‘yicha 1-kursga qabul qilingan talabalar o‘rtasida “1-kurs maktabi” dasturi asosida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan trening mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. 1-kurs maktabi tadbirida fakultet va kafedralar faoliyati bilan tanishtirish bo‘yicha 5-sentabr kuni 2022-yilda qabul natijalariga ko‘ra 1-kursga tavsiya etilgan talabalarni fakultetda kutib olish uchun fakultet dekani o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar tomonidan tadbirlar amalga oshirilgan. Talabalar akademik guruhlar, dekanat va kafedralar faoliyati bilan tanishtirilgan. 1-kurs maktabi jadvaliga asosan 1-kursga qabul qilingan talabalariga masofaviy ta’lim tizimi, kredit ta’lim tizimi - “Onlayn platforma” (https://hemis.fbtuit.uz/) tartiblari tushuntirilgan.
Fakultetda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha rejaga asosan belgilangan tadbirlar mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etilgan. Fakultetda yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohada belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2022/2023-o‘quv yilining 1-yarmi davomida 30 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 4 ta davra suhbatlari, 4 ta seminar, 3 ta sport tadbirlari, 20 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, TTJda kafedralar tomonidan o‘tkazilgan kafedra kuni tadbirlarida mutaxassislik mavzularida ma’rifiy uchrashuvlar amalga oshirildi.
Kafedralarda professor-o‘qituvchilar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida davra suhbatlari tashkil qilingan bo‘lib, targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etishgan. Fakultetda professor-o‘qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib, filial miqyosidagi tadbirlarda, jumladan, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, Buyuk mutafakkirlar ijodiga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuvlar hamda 8-dekabr “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilgan.
Fan to‘garaklari faoliyatini olib borish va iqtidorli talabalarni jalb etish bo‘yicha fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 8 ta klub, kafedralar qoshida 14 ta to‘garaklar tashkil etilgan. Ushbu to‘garaklarga 300 dan ortiq talabalar jalb qilingan.
Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fakultetda o‘quv jarayoni bilan bir qatorda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Fakultet kafedralari kesimida fan to‘garaklari faoliyat olib boradi. Ushbu to‘garaklarda talabalar o‘zlarining kichik-kichik ixtirolari va yangi-yangi dasturiy mahsulotlari hamda mobil ilovalar yaratish ustida izlanmoqdalar. Fakultetda so‘ngi yillarda iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi amaliyotga keng joriy etilib, 2022/2023-o‘quv yilida kafedralar qoshida faoliyat olib borayotgan to‘garaklarda ustoz-shogird tizimida amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalariga fakultetda Muhammad al-Xorazmiy stipendiyasiga 4-kurs talabaslari M.Ma’mirxo‘jayev, S.Ibrohimova, 3-kurs talabasi J.Umaraliyevlar sazovor bo‘lishgan.

Talaba-yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning zamonaviy axborot texnologiyalari savodxonligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish kabi dolzarb vazifalarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi faollar zalida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Munozara” turnirida filial jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Turnirda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti 2-kurs talabasi A.Nabijonov va 3-kurs talabalari U.Aktamova, O.Mahkamovalar faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Farg‘ona va Samarqand shaharlarida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bellashuvlarida TATU Farg‘ona filiali jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan.





Yüklə 92,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə