Bayonnomasi 2023-yil 1-aprel Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 23 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a



Yüklə 92,51 Kb.
səhifə8/14
tarix19.12.2023
ölçüsü92,51 Kb.
#151888
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
8-jigilish-bayonnomasi-2023

Kafedra nomi

Ta’lim yo‘nalishi

Bitiruvchilar soni

Jami

BMI

Fanlardan YDA

Telekommunikatsiya injiniringi

5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar)

66

23

43

Axborot-ta’lim texnologiyalari

5350400 - AKT sohasida kasb ta’limi

27

27

-

Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot fakultetida:



Kafedra nomi

Ta’lim yo‘nalishi

Bitiruvchilar soni

Jami

BMI

Fanlardan YDA

Axborot xavfsizligi

5330300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

35

10

25

Dasturiy injiniring

5330600 - Dasturiy injiniring

96

96

-

Sirtqi bo‘limda:



Kafedra nomi

Ta’lim yo‘nalishi

Bitiruvchilar soni

Jami

BMI

Fanlardan YDA

Kompyuter tizimlari

5330500 - Kompyuter injiniringi (AT-servis)

66

-

66

Telekommunikatsiya injiniringi

5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar)

47

4

43

Axborot texnologiyalari

2-oliy ta’lim
5330500 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)

10







Magistraturada:



Kafedra nomi

Ta’lim mutaxassisliklari

Bitiruvchilar soni

MD

Maxsus fanlardan YDA

Axborot texnologiyalari

70610501 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish)

54

54

Telekommunikatsiya injiniringi

70611001 - Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)

11

11

O‘quv jarayoni grafigi bo‘yicha:
4-kurs kunduzgi ta’lim:



5-kurs sirtqi ta’lim:

  • 8 maydan 27 maygacha bitiruv oldi amaliyoti

  • 12 iyundan 17 iyungacha YDA;

  • 19 iyundan 24 iyungacha BMI himoyasi.

4-kurs sirtqi ta’lim 2-Oliy ta’lim:

  • 8 maydan 27 maygacha Bitiruv oldi amaliyoti

  • 12 iyundan 17 iyungacha YDA;

  • 19 iyundan 24 iyungacha BMI himoyasi

2-kurs magistratura:

  • 22 maydan 27 maygacha YDA;

  • 29 maydan 3 iyungacha MD himoyasi.

Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning BMI mavzulari, rahbarlari va taqrizchilari qayd qilingan filial buyruqlari ishlab chiqilgan.



  • 92- KIF sonli buyruq (KI, AT-servis, AX) (07.11.2022)

  • 1-T/TTKT sonli buyruq (TI) (12.01.2023)

  • 3-T/TTKT sonli buyruq (DI) (17.01.2023)

  • 4-T/TTKT sonli buyruq (ATT) (17.01.2023)

Talabalar Bitiruv oldi amaliyotidan keyin BMIning dastlabki himoyasi o‘tkaziladi.




Soha korxonalaridan BMI rahbarlikka jalb etish ko‘rsatkichi:

Kafedra nomi

BMI topshiradiganlar

Soha korxonasidan rahbarlar

Foizda

Axborot texnologiyalari

75

16

21,3%

Kompyuter tizimlari

42

6

14,3%

Telekommunikatsiya injiniringi

23

12

52,2%

Axborot-ta’lim texnologiyalari

27

14

51,8%

Axborot xavfsizligi

10

0

0%

Dasturiy injiniring

96

53

55,2%

Telekommunikatsiya injiniringi (sirtqi)

4

2

50%

Filial bo‘yicha jami

277

103

37,2%

Kafedralarda BMI tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Kafedra nomi

BMI tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma

Axborot texnologiyalari

Mavjud

Kompyuter tizimlari

Mavjud

Telekommunikatsiya injiniringi

Mavjud

Axborot-ta’lim texnologiyalari

Mavjud emas

Axborot xavfsizligi

Mavjud emas

Dasturiy injiniring

Mavjud emas

Yakuniy davlat attestatsiyasi:



Kafedra nomi

YDA dasturi

Ixtisoslik fanlar

Axborot texnologiyalari

Tasdiqlangan

  • Operatsion tizimlar

  • O‘rnatilgan tizimlar

  • Bioinformatika va biomexanika

  • Mobil ilovalarini ishlab chiqish

  • Nutqni tanish algoritmlari

  • Intelektual tizimlar

Telekommunikatsiya injiniringi

Tasdiqlanmagan

  • Optik aloqa tizimlari

  • Tizimlar va signallarni qayta ishlash

  • Multimedia aloqa tarmoqlari

Axborot xavfsizligi

Tasdiqlanmagan

  • Kriptografiya 2

  • Tarmoq xavfsizligi

  • Kiber-huquq va Kiber-etika

  • Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish

  • Kiberxavfsizlik siyosati

Kompyuter tizimlari (SIRTQI)

Tasdiqlangan

  • Kompyuter tarmoqlari

  • Ma’lumotlar bazasi

  • Kompyuterni tashkil etilishi

Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri O.Rayimjonova ham axborot berdi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi haqidagi Nizom”ga asosan “bakalavr” darajasini berish bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablar hamda xalqaro ta’lim standartlari darajasida bitiruv malakaviy ishlari tayyorlandi.
Telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida “5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari” kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilar 66 nafar 52 nafari o‘zbek guruhida 14 nafari rus guruhida ta’lim oladi. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasini so‘rovnomasiga asosan 66 nafar talabadan 23 nafari BMI himoya qilishni va 43 nafari “Mutaxasislik fani” dan YDAni topishirishlari aniqlandi.
Telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida “5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari” sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilar 47 nafar bo‘lib 43 nafari o‘zbek guruhida 4 nafari rus guruxida ta’lim oladi. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasini so‘rovnomasiga asosan 47 nafar talabadan 4 nafari BMI ximoya qilishni va 43 nafari “Mutaxasislik fani” dan YDAni topishirishlari aniqlandi.
TATU Farg‘ona filiali direktorining 2023-yil 12-yanvar №1-T/TTKT sonli buyruq bilan “5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzulari, rahbarlari va maslahatchilari biriktirilgan.
BMI rahbarlari va maslahatchilar bitiruvchi talabalar bilan doimiy ravishda ish olib borilmoqda. Kafedra miqiyosida talabalarni bitiruv malakaviy ishlarini tayyorgarlik darajasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda. Bitiruvchi talabalarning kuratorlari A.Komilov va I.Maxmudov tomonidan himoya oldi ishlari uchun haftaning har juma kunlari BMI tayyorgarligi uchun taqdimot va mutaxasislar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari 13 nafari BMI himoya qilishi belgilangan. Hozirda 15 nafar talabaning 80%, qolgan 10 nafar bitiruvchilarning 50% BMI ishi tayyor. Shuningdek, sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari 4 nafari BMI himoya qilishi belgilangan. Hozirda 2 nafar talabaning 80%, qolgan 2 nafar bitiruvchilarning 40% BMI ishi tayyor.
5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari dastlabki himoyasi 15-22-may kunlari o‘tkaziladi.
BMI himoyasini tashkil etishda o‘rnatilgan talablar asosida olib borish uchun Davlat attestatsiya kommisiyasiga ishlab chiqarish quydagi yetuk mutaxassislari va tajribali pedagoglar taklif etildi:
- Djalilov Baxromjon Odilovich, Raqamli texnologiyalar markazi direktori, dotsent (PhD) – rais;
- Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna, “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi mudiri, dotsent (PhD) – rais o‘rinbosari;
- Alimjonov Dilyorjon Baxtiyorovich, Elektromagnit moslashuv markazi davlat unitar korxonasi Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 2-toifali tarmoq muhandisi – a’zo;
- Eshimov Mirjaxon Botirovich, O‘zbektelekom AK Farg‘ona filiali direktorining texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari – a’zo;
- Iskandarov Usmonali Umarovich Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi – a’zo;
- Komilov Davron Rashidjon o‘g‘li , Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti – kotib.

“5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (yo‘nalishi bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi hamda fanlararo bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasini yuqoridagi tarkibda tasdiqlashingizni so‘rayman.


Telekommunikasiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetining “70611001 – Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)” mutaxassisligi bo‘yicha 11 nafar bitiruvchi magistratura talabasi bo‘lib, 8 nafari o‘zbek tilida 3 nafari rus tilida ta’lim oladi.


Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini tashkil etishda o‘rnatilgan talablar asosida olib borish uchun davlat attestatsiya kommisiyasiga ishlab chiqarish quydagi yetuk mutaxassislari va tajribali pedagoglar taklif etildi:
- Mamadaliyeva Lola Komildjanovna, FarPI Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi kafedrasi professori, t.f.d – rais;
- Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna, Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi mudiri, dotsent (PhD) – rais o‘rinbosari;
- Daliyev Bahtiyor Sirojiddinovich, Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani, (PhD) – a’zo;
- Nurdinova Raziyaxon Abdixalikovna, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, (PhD) – a’zo;
- Yo‘ldoshev Xurshidjon, FarPI Elektronika va asbobsozlik kafedrasi mudiri, PhD – a’zo;
- Komilov Davron Rashidjon o‘g‘li, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti – kotib.
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi 70611001-Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi hamda fanlararo bo‘yicha yakuniy Davlat attestatsiyasi komissiyasini yuqoridagi tarkibda tasdiqlashingizni so‘rayman.
TASNQB boshlig‘i M.Teshaboyev Top-1000 ga kirgan universitetlar professor-o‘qituvchilarini BMI va MD himoyalariga taklif etish, hamkorlik asosida BMI va MDlarga rahbarlik qilish hamda ular ishtirokida himoyalarni o‘tkazish taklifini berdi, bu taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Ushbu masala yuzasidan kafedra mudirlari G.Obidova, T.Abdullayev, direktor o‘rinbosari B.Polvonov, fakultet dekani O.Otaqulovlar fikr-mulohaza bildirdilar.



Yüklə 92,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə