Bayonnomasi



Yüklə 21,98 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü21,98 Kb.
#150626
ommalashtirish bayonnoma12


To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli


15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedogogik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilish
BAYONNOMASI № ___
___.__________.202__ yil Guliston MFY


Yig‘ilish raisi: U.Rahmatov
Yig‘ilish kotibi: G.Abduhalilova
Yig‘ilishda qatnashdilar: 20 nafar pedagogik kengash azolari


KUN TARTIBI:
Maktabda 9-“A” sinfda texnologiya fanidan “KAsblarning murakkablik omillarini tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars tahlili to‘g‘risida.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori U.Rahmatov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida maktabda bir necha yillardan buyon halol va tinimsiz ishlab kelayotgan, o‘zining tashkilotchiligi va bilimi bilan ajralib turadigan o‘qituvchisi F.Ma’ripovning maktabda o‘tgan ochiq darsini yangi pedagogik tehnoligiyalardan foydalanib o‘tganligi haqida gapirdi.
Maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi F.Ma’ripov berilgan har qanday topshiriqlarni sidqidildan va vijdonan bajaradi. Yoshlarga o‘rnak bo‘la oladigan mehribon ustoz. Keyingi yillarda talim sifati va mazmuniga katta etibor qaratgan. O‘qituvchining 9-sinflarda texnologiya fanidan o‘tgan “Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish” mavzusidagi bir soatlik ochiq dars ishlanmasi juda chiroyli tashkil etildi. Darsda “Pisa test”, “Ha yoki yo‘q” , bahs – munozara, “Sirli maktubi” kabi metodlardan unumli foydalandi. O‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G’.Xolqo’ziyev so‘zga chiqib, maktabda ochiq dars o‘tgan o‘qituvchi F.Ma’ripov o‘tgan ochiq darsida foydalangan yangi metodlar haqida gapirib o‘tdi.
Muzokarada so‘zga chiqqan o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. F.Ma’ripov - (texnologiya fani o‘qituvchisi) talim-tarbiya sifati va samaradorligini taminlashda pedagog-tarbiyachilarning kasbiy mahorati muhim o‘rin tutadi.
Darhaqiqat,yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun, tabiiyki, o‘qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati yuksak bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa,bugun yoshlar juda ilg‘or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos, yuqori darajada tashkil etish uchun o‘qituvchi muntazam ravishda har bir mashg‘ulotga alohida tayyorgarlik ko‘rishi zarur. O‘qituvchining har bir darsi tahsinga loyiq. Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, AKT, multimedia vositalaridan unumli foydalandi.
So‘zga chiqqan o‘qituvchilardan S.Karimov, X.Karimov X.Qutbiddinovalar ham ochiq dars to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Ko‘rilgan masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi:

  1. Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G’.Xolqo’ziyevning malumoti axborot uchun qabul qilinsin.

  2. 15-umumiy o‘rta talim maktabi texnologiya fani o‘qituvchisi F.Ma’ripovning 9-sinfda texnologiya fanidan “Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish” mavzusidagi bir soatlik ochiq darsi namunali deb topilsin.

  3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish 15-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G’.Xolqo’ziyev zimmasiga yuklatilsin.



Pedagogik kengash raisi: U.Rahmatov.

Kotiba: G.Abduhalilova.
Yüklə 21,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə