Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti


Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishni takomillashtirish masalalari



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə16/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Jumaniyozov S-diplom

3.2. Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishni takomillashtirish masalalari
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib fermer xo`jaliklari faoliyatini tubdan takomillashtirish va faoliyat doirasini kengaytirish borasida ko`plab islohotlar olib borilmoqda. Bitiruv malakaviy ishining ham asosiy maqsadi, fermer ko`jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish hamda soddalashtirilgan buxgalteriya tizimini yuritish bo`yicha amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
Fermer xojaliklari faoliyatini o`ragnish va buxgalteriya hisobini yuritish holatini tahlil qilish natijasida buxgalteriya hisobi qog`oz hujjatlardan foydalangan holda, exel dasturida va maxsus dasturlarda olib borilmoqda. Fermer xo`jaliklari buxgalteriya hisobini qog`oz hujjatlardan foydalangan holda olib borilganda fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklining oddiy shakli bo`yicha yuritilishi mumkin.
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda fermer va dehqon xo`jaliklarida buxgalteriya hisob-kitob yuritilishida ma’lumotlarni umumlashtirish, belgilangan me’yor va normalar asosida olib borilishi, ularning shaffofligini ta’minlashda anglashilmovchiliklar hamda kamchiliklarni kuzatish mumkin.
Prezidentimizning 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xo`jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko`rsatishni takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ham ayni shu jihatlarni e’tiborga olinib qabul qilindi.
Mazkur huquqiy hujjatning qabul qilinishi, avvalo, fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishda aniq mexanizimlar asosida ishni tashkil etishga, moliya bozorida iqtisodiy taomillarga to`la javob beradigan amaliy natijalarni o`zida qamrab olganligi bilan ham ahamiyatlidir. Qarorga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat statistika qo`mitasi va O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini tashkil etish ko`rsatib o`tilgan.
Ushbu markaz orqali fermer xo`jaliklari bo`yicha buxgalteriya hisobini yuritish, fermer xo`jaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar hisoblash, mavsum yakuni bo`yicha fermer xo`jaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablag`lari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan o`tkazish, soliqlar bo`yicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik bo`yicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy to`lovlarning o`z vaqtida to`lanishini tashkil etish, moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini ta’minlash hamda fermer xo`jaligining yil yakuniga ko`ra, daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish va keyingi yilga biznes reja tuzishda amaliy yordam berish vazifalari belgilab qo`yilgan.
Fermer, dehqon xo`jaliklarida, qishloq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida ham buxgalteriya hisob-kitob yuritilishining aniq mexanizimlarni hayotga tatbiq etish borasida Respublikamizning ilmiy muassasalari va qishloq xo`jaligi ixtisosligidagi idoralar hamkorligida ilmiy anjuman, davra-suhbatlari o`tkazilmoqdaki, bu esa mirishkorlar uchun hisob-kitoblarni ham huquqiy, ham buxgalteriya normalar asosida olib borilishi hamda amaliy va nazariy bilimlar uyg`unligida ilmiy ma’ruza, uslubiy qo`llanmalarning yaratilishiga ham zamin bo`lmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018-yil 28-fevraldagi qaroridan kelib chiqib va fermer xo`jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko`rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo`jaligi vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat statistika qo`mitasi va O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini tashkil etildi.
Ushbu markazlar tomonidan fermer xo`jaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar ko`rsatilishi ahamiyatga molik:

  • fermer xo`jaliklari bo`yicha buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlash;

- fermer xo`jaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar hisoblanishini ta’minlash;
- mavsum yakuni bo`yicha fermer xo`jaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablag`lari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan o`tkazishni ta’minlash;
- soliqlar bo`yicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik bo`yicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy to`lovlarning o`z vaqtida to`lanishini tashkil etish;
- moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini tashkil etish;
- fermer xo`jaligining yil yakuniga ko`ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
- agronomlar tomonidan fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo`yicha maslahatlar berish, sifatli urug` va ko`chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o`z vaqtida o`tkazilishida amaliy yordam berish.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi 131-son “Tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko`rsatish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga muvofiq Fermer xo`jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko`rsatish belgilab qo`yilgan.
Markaz tomonidan tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari a’zosi hisoblanadigan, davlat xaridlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo`jaliklariga bepul konsalting xizmatlari ko`rsatadi.
Shuningdek, tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko`ra moliyaviy resurslari cheklangan va buxgalteriya hisobiga ega bo`lmagan, a’zolik badallarini o`z vaqtida to`laydigan, yer va suv resurslaridan samarali foydalanuvchi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtiruvchi fermer xo`jaliklariga shartnomaga muvofiq bepul konsalting xizmatlari ko`rsatishlari mumkin.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə