BerdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 132,84 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü132,84 Kb.
#163137
1   2   3   4   5
O’simliklarni qurg’oqchilikka chidamliligi

I. NAZARIY QISM
1. 1 Muxitning asosiy oynasi
Biokimyoviy himoya vositalari. O’simliklar organizmlaridagi biokimyoviy himoya vositalarining asosi shundan iboratki, bunda o’simlikning, noqulay muhit omiliga javob reaktsiyasi natijasida hosil bo’lgan, yani yuqori molekulyar moddalarning parchalanishidan yuzaga kelgan ayrim zaharli birikmalarni barglar va boshqa organlar orqali ajralishi yuz beradi. Masalan, qurg’oqchilik sharoitida sitoplazmaning suv saqlab qolish xususiyati uning tarkibida kichik molekulyar gidrofil oqsillarning vujudga kelishi bilan ta’minlanadi. Bu gidrofil oqsillar esa anchagina suvni gidrat qobiqlar sifatida bog’lab turadi.
Qurg’oqchilik vaqtida sitoplazmada suvning saqlanib turishiga prolin moddasi ham anchagina yordam beradi. Shuning uchun ham suv tanqisligida hujayradagi prolinning miqdori ancha ko’payib ketadi. Shuningdek, sitoplazmada suvning saqlanishiga undagi monosaxaridlar miqdorining ko’payishi ham ijobiy ta’sir qiladi. O’simliklarning qurg’oqchilikdan so’ng o’z holatini tiklashi, suv yetishmasligi va yuqori harorat sharoitida hujayraning o’z genetik tarkibining saqlab qolishiga bog’liqdir. Masalan, DNK molekulasining qurg’oqchilikdan himoyalanishi uning molekulasining yadro oqsillari yordamida qisman o’z faolligini yo’qotish xususiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham DNK miqdorining o’zgarishi faqat uzoq davom etgan kuchli qurg’oqchilik holatidagina kuzatilishi mumkin. Qurg’oqchilik, o’simliklar gormonlar sistemasida ham bir qator sezilarli o’zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Shunday o’zgarishlarga o’simlik o’sishini jadallashtiradigan auksin,sitokinin, gibberellin hamda fenol tabiatli o’sishni tezlashtiradigan moddalar miqdorining kamayishini, ABK va etilen gormonlari miqdorining oshishini ko’rsatish mumkin. Bunda ayniqsa qurg’oqchilikning boshlang’ich davrlarida, o’simliklarda o’sishni to’xtatuvchi gormonlar miqdorining oshishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, o’simlik suv bilan muqobil taminlanmaganda barg og’izchalarining tezda yopilish xususiyati shu o’simliklarda bir necha daqiqa davomida juda ko’p marta ko’payib ketadigan ABK gormonining miqdoriga bog’liqdir. Qishloq xo’jalik o’simliklarini sun’iy sug’orish yuqori hosil olish garovidir. Chunki hosildorlik lalmikor yerlarga nisbatan 3-5 martagacha yuqori bo’ladi.
O’simliklarni sun’iy sug’orish, ayniqsa, arid zonalari (suvning bug’lanishi yillik yog’ingarchilik miqdoridan ancha ko’p bo’lgan joylar) uchun katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday zonalarda o’simliklarning suv taqchilligi tez-tez sodir bo’ladi. Olimlarning ko’rsatishicha, hatto juda qisqa muddatli suv taqchilligi ham o’simliklarning normal o’sishiga ta’sir qilmay qolmaydi. O’simliklarda suvning yetishmasligi, ayniqsa, suvning so’rilishi, ildiz bosimi, og’izchalar holati, transpiratsiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining faolligi, o’sish va rivojlanish, hosildorlik va hosil sifati kabi jarayonlarga ta’sir etadi.
Sun’iy sug’orishni to’g’ri tashkil qilish uchunsuvmuvozanati va uni tashkil qiluvchi asosiy omillarni e’tiborga olish zarur. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: Sterilizatsiyalanib sovutilgan har bir kosachaga 50 donadan bug’doy urug’lari joylashtiriladi. Tanlangan har bir nav bilan tajriba 4 marta takrorlanish asosida o’tkaziladi. Urug’lar joylashtirilgan hamma Petri kosachalariga 10 ml dan saxaroza eritmasi quyiladi. Tayyorlangan kosachalarga nav nomi va qaytariq soni yozilgan etiketka yopishtiriladi. Urug’lar joylashtirilib, saxaroza eritmasi quyilgan Petri kosachalari qog’oz bilan o’raladi.
Urug’lar doimiy harorati 20°C yoki 25°C bo’lgan termostatda o’stiriladi. Termostatda o’stirilayotgan urug’larning unish quvvatini aniqlash maqsadida 3 sutka o’tgandan so’ng, har bir kosachadagi nishlangan urug’lar soni aniqlanadi. Bir hafta (7 sutka) o’tgandan keyin, tajriba natijalari to’la tahlil qilinadi. O’simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Fotosintez jarayonida xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai bo’lgan organik moddalarni tayyorlaydi. Bargning har bir hujayrasida o’rtacha 20 - 50 gacha va ayrimlarida undan ko’proq ham xloroplastlar bor. Xlorofill pigmenti xloroplastlarda joylashganligi uchun ular yashil rangda bo’ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonining hamma reaksiyalari ro’y beradi: yorug’lik energiyasining yutilishi, suvning fotolizi ( parchalanishi) va kislorodning ajralib chiqishi, yorug’likda fosforlanish, karbonat angidridning yutilishi va organik moddalarning hosil bo’lishi. Shunga asosan ularning kimyoviy tarkibi va strukturaviy tuzilishi ham murakkab xarakterga egaO’simlik ildizlarida ABK gormonining yig’ilishi RNK va oqsillar sintezining to’xtashiga olib keladi hamda boshqa bir o’sish gormoni bo’lgan sitokininning sintezining sekinlashishiga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv tanqisligi sharoitida o’simlik tuqimalarida ABK gormoni miqdorining ko’payishi o’simlikning barg og’izchalari orqali suv yo’qolishini kamaytiradi. oqsillarga ko’p miqdorda suv bog’lanishga sabab bo’lib hujayradagi modda almashinuvini nisbatan muqobil holatiga o’tkazadi. O’simliklarga suv yetishmagan sharoitda yuzaga keladigan biokimyoviy o’zgarishlardan yana biri bu o’simlik tuqimalarida o’sish ingibitori gormonlaridan biri bo’lgan etilen (CH2=CH2) gormonining ma’lum miqdorda ko’payishidir.
Masalan, bug’doy barglarida suv miqdorining 9% kamayishi 4 soat davom etsa etilen gormonining barglardagi miqdori 30 marta ko’payadi. Agarda o’simlikninng suv bilan taminlanishi yaxshilansa, o’simlik to’qimalarida etilenning hosil bo’lishi va uning umumiy miqdori yana o’zining avvalgi holatiga qaytadi. Suv tanqisligi sharoitida o’simlik to’qimalarida etilen gormonining ko’p miqdorda hosil bo’lishining asosiy sababi, bu suv yetishmasligi natijasida ushbu moddaning hosiladori bo’lgan 1-aminosiklopropankarbon kislotasi sintezining jadallashishidir. Chunki o’simlik to’qimalarida etilen gormoni erkin holda bo’lmaydi va u faqat zarur hollardagina to’qimalarda doimiy ravishda harakatlanuvchi 1-aminosiklopropankarbon kislotasidan sintezlanadi. Shuningdek qurg’oqchilik natijasida, o’simliklarda o’simlik o’sishini to’xtatuvchi fenol tabiatli moddalar miqdorining o’zgarishi ham ro’y berishi mumkin. Ammo bu holat faqatgina mezofit o’simliklarga xosdir. Boshqa birder usti o’simliklar guruhi, poykilokserofit o’simliklarda esa qurg’oqchilik sharoitida ular o’sishining to’xtashi, ingibitor (o’sishni to’xtatuvchi) moddalar miqdoriga bog’liq emas. Chunki ular qurg’oqchilik sharoitida tinim, yani anabioz holatiga o’tishadi.
O’simliklarda o’sish gormonlari miqdorining kamayishi, jumladan indolsirka kislotasining kamayishi o’simliklarda o’sish to’xtagan vaqtdan boshlanadi. Masalan, kungaboqar barglarida, bug’doy boshoqchalari hamda poyasining uchida va boshqa birqancha o’simliklarda ular o’sishining sekinlashishi tuproq namligi uning to’la namligidan 60% bo’lganda boshlanadi. Ammo boshqa bir o’sish gormoni-auksin miqdorining kamayishi esa ushbu ko’rsatkich 30% va undan kam bo’lgan hollardagina sezilarli darajada kamayadi. O’simlik to’qimalarida auksinning kamayishi uning biosintezi uchun xizmat qiladigan triptofan aminokislotasi miqdorining kamayib ketishi hamda bu gormonning o’simlik organlari bo’ylab tashilishining qiyinlashishi tufayli bo’ladi. Qurg’oqchilik sharoitlarida o’simliklarga auksin, sitokinin yoki gibberellin kabi o’sish gormonlari eritmasini sepish mumkin emas. Chunki bunda qurg’oqchilikning salbiy ta’siri yanada kuchayadi. Ammo qurg’oqchilikdan so’ng o’simlik o’z holatini tiklash vaqtida ularga sitokinin gormoni eritmasini sepish maqsadga muvofiqdir, chunki u ma’lum miqdorda o’simlikning o’z holatini tiklashga yordam beradi.
Rossiyalik olima O. N. Kulaevaning fikricha, sitokinin gormonining qurg’oqchilik vaqtlarida, o’simliklar chidamliligini oshirishiga asosiy sabab, ushbu gormonning o’simlik hujayralari yuqori molekulyar birikmalari tuzilishiga, vazifasiga, xususan hujayra membranasi tuzilmalariga ta’siridir. Bundan tashqari sitokinin gormoni o’simliklarmng issiqlikga, nisbatan yuqori haroratga chidamliligini kuchaytiradi. Shuningdek sitokinin gormoni urug’laming unib chiqishini tezlashtiradi. Qishloq xo’jaligida o’simliklarning qurg’oqchilikga chidamliligini ma’lum darajada oshirish mumkin. Buning uchun o’simlik urug’lari ekishdan oldin chiniqtiriladi, yani bir necha marta ivitilib quritiladi. Bunda o’simlik urug’larida suvsizlikka nisbatan moslanish paydo bo’ladi. Bunday urug’lardan unib chiqqan o’simliklar barglari morfologiyasida kseromorfologik belgilar vujudga keladiki, bu o’z navbatida barglardan suv bug’lanishiga ta’sir qilib o’simliklarga ko’proq qurg’oqchilikka chidamlilik xususiyatlarini beradi. O’simliklarning issiqqa chidamliligi, ularning yashash sharoitiga moslashishining natijasi ekanligi, hujayradagi fizik-kimyoviy o’zgarishlarning sodir bo’lishi, suv formalari nisbatining buzilishi, qurg’oqchilikda, o’simliklarni asosan suvsizlanishga chidashi, bunda moddalar almashinuvini keskin buzilishi, o’sish jarayonini to’xtashi va hosildorlikni kamayishi, qurg’oqchilikka chidamlilikni oshirish usullarni amaliyotga qo’llash masalalari har tomonlama tahlil qilinadi. O’simliklarni tabiatda tarqalishi ularning irsiyati bilan belgilanadi. O’simliklarni irsiy xususiyatlari ma’lum bir areal chegarasida ularning topografik joylashishini belgilaydi. Masalan, namga talabchan o’simliklar suv havzalariga yakin joyda o’ssa, soyaparvar o’simliklar daraxtlar tagida joylashadi. Shuningdek tashqi muhit omillarining o’simliklar irsiyatiga ta’siri natijasida, ularda xilma-xil ekologik xususiyatlar paydo bo’ldi. O’simliklarni tashqi omillariga yuqori va past haroratga, qurg’oqchilikka, sho’rga, ortiqcha namlik va boshqa omillarga chidamliligining namoyon bo’lishi, yashash sharoitiga moslashishi natijasi hisoblanadi.
O’simliklar fiziologiyasida, o’simliklarning chidamdiligini har tomonlama o’rganish va bilish nafaqat nazariy, balkim, amaliy ahamiyatga ega masalalardan hisoblanadi. Issiqqa chidamlilik. Bu xususiyat o’simliklarning havo harorati haddan tashqari yuqori bo’lganda ularning ortiqcha qizishga chidamliligidir. Odatda ko’pchilik o’simliklarning tana haroratlari 40°C va undan yuqori bo’lganda ulardagi fiziologik funktsiyalar buziladi hamda u nobud bo’ladi. Bunda birinchi navbatda plazmolemmaning tuzilma tarkibi buziladi va hujayraning osmotik xossalari o’zgaradi. Ammo o’simliklar olamida yuqori haroratga (60-65°C), chidamli o’simliklar turlari ham mavjud. Masalan, semizdoshlar oilasining vakillari, xususan kaktus, aloe kabi o’simliklar shular jumlasidandir. Bizning sharoitimizda Respublikamizning texnik ekinlaridan g’o’za, sholi, kanakunjut o’simliklari ham issiqqa chidamli hisoblanadi. Ko’pchilik kserofitlar va mezofitlar yuqori traspiratsiya jadalligi tufayli, o’zlari barglarining haroratini past darajada saqlab turadi. Ayrim o’simliklar hujayralari sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo’lib, oqsillar sintezi jadalligi pasaymaydi. Ushbu o’simliklar hujayralari o’zlarida bog’langan suvni ko’p tutishi bilan xarakterlanadi.
Qurg’ochilikka chidamlilik. Bu o’simlik hujayralari, to’qimalari va organlarining sezilarli darajada suvsizlanishiga chidashidir. Suvsizlanish sitoplazmani xususiyatlarini buzadi, oqsil sintezi kamayib ketadi, polisomalar ribosomalarga, ular esa o’zlarining. subbirliklarga parchalanib ketadi. Shuningdek suvsizlik moddalar almashinuvini pasaytiradi. Buning natijasida esa o’simliklarning o’sishi to’xtaydi va hosildorlik kamayib ketadi. Bu asosan generativ organlar kam hosil bo’lishi bilan ifodalanadi. Qurg’oqchilik-o’simliklarni suvga bo’lgan talabini qondira olmaydigan meteorologik sharoitdir. Uning atmosfera va tuproq qurg’oqchiligi xillari mavjud. Qurg’oqchilikning asosiy sabablari bu yog’ingarchilikning bo’lmasligi, transpiratsiya va tuproq yuzasidan suvning ko’plab bug’lanishidir. Ayniqsa kuchli shamollar tuproq ildiz qatlamining qurishiga olib keladi. Atmosfera qurg’ochiligi quruq va issiq havo ta’sirida havo namligi juda kam bo’lganda. paydo bo’ladi. Bunda o’simlik o’sishdan to’xtaydi va barg sathi kengaymaydi, natijada ekinlarning hosildorlik kamayadi. Qurg’oqchilik o’simliklar tanasida ketuvchi biosintetik jarayonlarni keskin kamaytiradi, oqsillarning parchalanishi ro’y berib, organik zahira moddalar miqdori keskin pasayadi. Bu esa o’z navbatida o’simlik o’sishini sekinlashtiradi. Ushbu va boshqa hollar tufayli barg quriy boshlaydi va undan kraxmal yo’qoladi. Shuningdek o’simliklar ildiz tizimlarida fosfor almashinuvi keskin o’zgaradi, fosforirlanish jarayoni jadalligi pasayadi. Qurg’oqchilik oxir oqibatda o’simliklar hosildorligining o’ta pasayib ketishiga olib keladi. O’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini birmuncha oshirish ham mumkin. Buning uchun P. A. Genkel o’simliklar urug’larini avvalo biroz undirish, so’ngra unayotgan urug’ni oz-moz quritib ekishni tavsiya qilgan. Ushbu usul orqali o’simliklar chidamliligini birmuncha oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu ishlar amaliyotda keng qo’llanib kelinmoqda. Shuning bilan birgalikda o’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishda kimyoviy uslublar ham qo’llaniladi. Masalan o’simliklar urug’larini 0,2 foizli kaltsiy xlorid tuzida 18-20 soat ivitib ekish ularning qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishda yaxshi amaliy natijalar berishi mumkin. Qurg’oqchilik maydonlarida o’sadigan o’simliklarni kserofitlar ham deyiladi.
Kserofitlar tuproq va atmosfera qurg’oqchiligida o’sishga moslashgan o’simliklardir. Ularning xarakterli belgilaridan biri, bu,yer ustki qismining yer ostki qismlaridan o’lchamlari o’yicha kichik bo’lishi hamda bug’latuvcni yuzaning ham kam bo’lishidir. P. A. Genkel ta’limoti bo’yicha, kserofitlarning o’zi ham qurg’oqchilikka chidamliligi bo’yicha bir necha guruhlarga bo’linadi. Sukkulentlar-issiqga o’ta chidamli o’simliklar bo’lib, suvsizlanishga ham bemalol chidaydi. Ular suv tanqisligini deyarli sezmaydi, tanasida suv ko’p, lekin suvni o’ta sekin sarflaydi. Sukkulenlarga kaktus va aloe kabi o’simliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Evkserofitlar-issiqqa chidamli o’simliklar bo’lib, qurg’oqchilikni bemalol o’tkazadi. Ushbu o’simliklarning hujayra shirasi osmotik bosimi nihoyatda yuqori, transpiratsiya jadalligi past bo’lib, ildizlari keng tarmoqlangan va ayrim hollarda sizot suvlarigacha yetib boradi. Evkserofitlar juda yuqori issiqlikda barg va novdalarni tashlab yuboradilar. Ularga yantoq, shuvoq, astra kabi o’simliklar kiradi. Gemikserofitlar-suvsizlik va tanasining qizishini ko’tara olmaydigan o’simliklar. Ulardagi transpiratsiya jarayoni yuqori, lekin protoplazmaning yopishqoqligi va elastikligi yuqori emas. Ildizlari anchagina chuqur ketgan. Gemikserofitlarga shalfey, rezak kabi o’simliklar kiradi. Cho’lkserofitlari- Bular cho’llarning boshoqli va kovil kabi o’simliklaridir. Ushbu o’simliklar qisqa muddatli yomg’irlardan yaxshi foydalanadi va qizib ketishga chidamlidir. Ammo faqatgina tuproqda qisqa muddatli suv tankisligiga chidamlidir xolos. Poykilokserofitlar-o’zlarining suv rejimini boshqara olmaydigan o’simliklardir. Ular yuqori haroratda qizishi ammo yoz yomg’irlaridan so’ng yana jonlanib faol hayot kechirishi mumkin. Bu o’simliklarga biz lishayniklarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin Gigrofitlar. Bu o’simliklar hujayralarida suv sarflanishini chegaralovchi moslamalar bo’lmaydi. Hujayralari katta bo’lib, yupqa devorli qobiq va yupqa kutikula bilan qoplangan. Barglarining sathi katta, ammo og’izchalar yirik bo’lsada son jihatidan kamrok. Kutikulyar transpiratsiya yuqori, poyasi uzun, ildizlari yaxshi rivojlanmagan. Tuproqda ozgina suv yetishmasligi ham ularning tezda so’lishiga olib keladi. Bularga mannik, mox va boshqa shunga o’xshash o’simliklar kiradi.
Mezofitlar. Bular ko’pchilik hollarda o’rta yani oraliq o’simliklar ham deb yuritiladi. Ular asosan namlik yetarli bo’lgan sharoitlarda o’sadi. Hujayra shirasini osmotik bosimi 1-1,5 MPa atrofida bo’lib suv yetishmasligida oson so’liydi. Ularga yaylovlarda o’suvchi boshoqli o’simliklar va dukkakli o’tlar vakillari kiradi. O`simliklarning qurg’oqchilikka moslashuvi. O’simliklar qurg’oqchilik ta’sirida holsizlanadi, bu esa o’simliklarga suv etishmaganligidan yoki suvsizlik va issiqlikning birgalikdagi ta’siridan kelib chiqadi. Nam kam joylarda o’sadigan o’simliklar ya’ni kserofitlarda qurg’oqchilik davrini o’tkazishga nisbatan moslanishlar vujudga kelgandir.
Umuman olganda o’sib asosiy himoya vositalaridan foydalanadilar.
1. Ortiqcha suv yo’qotishning olidini olish yoki qurib qolishdan saqlanish.
2. Nam yo’qotishni o’tqazish.
3. O’sish davrida qurg’oqchilikdan qochish.
Bulardan ko’pgina o’simliklar uchun umumiysi hujayrada suv saqlashga moslashishdir. Kserofit o’simliklar qurg’oqchilik sharoitini boshidan o’tkazish bo’yicha kuydagi tiplarga bo’linadi. Bu o’simliklar o’zlarida nam to’plash qobiliyatiga egadir. Masalan alog’, kaktus o’simliklari. Ularda suv kutikulalar va tuklar bilan qoplanish barg va tanalarida yig’iladi. Sukkelent o’simliklarda suv bug’lanishi, fotosintez va o’sish juda sekin bo’ladi. Ular suv yo’qotishga juda chidamsiz. Sukkelentlarning ildiz sistemasi keng tarqalgan bo’ladi, ammo chuqurga ketmaydi. Sukkelent bo’lmagan o’simlilar. Bu o’simliklar o’zlarida ketadigan suv bug’lanish jarayonlariga qarab bir necha gruppaga bo’linadi:Haqiqiy kserofitlar. Ularga shuvoq, itgunafsha va boshqalar misol bo’la oladi. Bu o’simliklarga hos xususiyatlaridan barglarinig nisbatan kichik bo’lishi hamda ularning erga osilib turishini ko’rsatish mumkin. Shuningdek haqiqiy kserofitlar issiqqa chidamli bo’lib barglarning suv bug’lantirish darajasi past bo’ladi. Shuningdek ular kuchli suvsizlanish holatiga chidamli bo’lib, hujayralarida osmotik bosim yuqori bo’ladi.
Ildiz sistemasi uncha chuqurga kermagan holda bo’lib keng tarqalgandir. Gemikserofitlar-suvsizlik va tanasining qizishini ko’tara olmaydigan o’simliklar. Ulardagi transpiratsiya jarayoni yuqori, lekin protoplazmaning yopishqoqligi va elastikligi yuqori emas. Ildizlari anchagina chuqur ketgan. Gemikserofitlarga shalfey, rezak kabi o’simliklar kiradi. Cho’lkserofitlari- Bular cho’llarning boshoqli va kovil kabi o’simliklaridir. Ushbu o’simliklar qisqa muddatli yomg’irlardan yaxshi foydalanadi va qizib ketishga chidamlidir. Ammo faqatgina tuproqda qisqa muddatli suv tankisligiga chidamlidir xolos. Poykilokserofitlar-o’zlarining suv rejimini boshqara olmaydigan o’simliklardir. Ular yuqori haroratda qizishi ammo yoz yomg’irlaridan so’ng yana jonlanib faol hayot kechirishi mumkin. Bu o’simliklarga biz lishayniklarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Gigrofitlar. Bu o’simliklar hujayralarida suv sarflanishini chegaralovchi moslamalar bo’lmaydi. Hujayralari katta bo’lib, yupqa devorli qobiq va yupqa kutikula bilan qoplangan. Barglarining sathi katta, ammo og’izchalar yirik bo’lsada son jihatidan kamrok. Kutikulyar transpiratsiya yuqori, poyasi uzun, ildizlari yaxshi rivojlanmagan. Tuproqda ozgina suv yetishmasligi ham ularning tezda so’lishiga olib keladi. Bularga mannik, mox va boshqa shunga o’xshash o’simliklar kiradi.
Mezofitlar. Bular ko’pchilik hollarda o’rta yani oraliq o’simliklar ham deb yuritiladi. Ular asosan namlik yetarli bo’lgan sharoitlarda o’sadi. Hujayra shirasini osmotik bosimi 1-1,5 MPa atrofida bo’lib suv yetishmasligida oson so’liydi. Ularga yaylovlarda o’suvchi boshoqli o’simliklar va dukkakli o’tlar vakillari kiradi. O`simliklarning qurg’oqchilikka moslashuvi O’simliklar qurg’oqchilik ta’sirida holsizlanadi, bu esa o’simliklarga suv etishmaganligidan yoki suvsizlik va issiqlikning birgalikdagi ta’siridan kelib chiqadi. Nam kam joylarda o’sadigan o’simliklar ya’ni kserofitlarda qurg’oqchilik davrini o’tkazishga nisbatan moslanishlar vujudga kelgandir.
Umuman olganda o’sib asosiy himoya vositalaridan foydalanadilar.
1. Ortiqcha suv yo’qotishning olidini olish yoki qurib qolishdan saqlanish.
2. Nam yo’qotishni o’tqazish.
3. O’sish davrida qurg’oqchilikdan qochish.
Bulardan ko’pgina o’simliklar uchun umumiysi hujayrada suv saqlashga moslashishdir. Kserofit o’simliklar qurg’oqchilik sharoitini boshidan o’tkazish bo’yicha kuydagi tiplarga bo’linadi. Bu o’simliklar o’zlarida nam to’plash qobiliyatiga egadir. Masalan alog’, kaktus o’simliklari. Ularda suv kutikulalar va tuklar bilan qoplanish barg va tanalarida yig’iladi. Sukkelent o’simliklarda suv bug’lanishi, fotosintez va o’sish juda sekin bo’ladi. Ular suv yo’qotishga juda chidamsiz. Sukkelentlarning ildiz sistemasi keng tarqalgan bo’ladi, ammo chuqurga ketmaydi. Sukkelent bo’lmagan o’simlilar.
Bu o’simliklar o’zlarida ketadigan suv bug’lanish jarayonlariga qarab bir necha gruppaga bo’linadi:Haqiqiy kserofitlar. Ularga shuvoq, itgunafsha va boshqalar misol bo’la oladi. Bu o’simliklarga hos xususiyatlaridan barglarinig nisbatan kichik bo’lishi hamda ularning erga osilib turishini ko’rsatish mumkin. Shuningdek haqiqiy kserofitlar issiqqa chidamli bo’lib barglarning suv bug’lantirish darajasi past bo’ladi. Shuningdek ular kuchli suvsizlanish holatiga chidamli bo’lib, hujayralarida osmotik bosim yuqori bo’ladi. Ildiz sistemasi uncha chuqurga kermagan holda bo’lib keng tarqalgandir. Yuqori harorat hujayrada bir qancha o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Masalan, hujayra shirasi bir muncha quyuqlashadi. Shuningdek, hujayraning o’tkazuvchanligi bir qancha moddalar jumladan eozin, mochevina va glitserin uchun oshadi. Hujayrada ketadigan moddalar ekzoosmosi tufayli hujayra shirasida osmotik bosim sekin asta pasayib ketadi. Ammo 37 °C da osmotik bosimning yana oshishi kuzatiladi, chunki kraxmalning parchalanishi kuchayib, birlamchi qandlar miqdori ortadi. O’simliklarda ketadigan jarayonlardan eng muhimi bo’lgan fotosintez jarayoni, nafas olishga qaraganda yuqori haroratga ancha beriluvchandir. Shuningdek, suvsizlik natijasida ro’y beradigan polimerlarning parchalanishi, chunonchi oqsillarning parchalanishi yuqori haroratda yana ham kuchayib ketadi. Oqsil moddalarning parchalanishi ammiak hosil bo’lishi bilan boradi. Bu esa yuqori haroratga chidamsiz o’simliklarda ularning zaharlanishiga olib keladi. Ayrim yuqori haroratga chidamli o’simliklarda ortiqcha ammiakni bog’laydigan organik kislotalar miqdori oshadi. Shuningdek, sitoplazmaning muzlash nuqtasi pasayib hujayra ichki qismida suv kamayadi va uyerda muz hosil bo’lishi bir muncha susayadi. Chiniqishning ikkinchi fazasi -10°C, -20°C gacha davom etib haroratning bir sutkada 2-3°C gacha pasayishi bilan boradi. Bunda hujayra oraliqlarida muz hosil bo’lib birinchi fazada paydo bo’lgan hujayrani suvsizlanishdan saqlovchi himoya vositalari ishlay boshlaydi.
O’simliklarning o’ta sovuqqa chidamliligiga ham xuddi sovuqqa chidamlilik kabi mikroelementlar katta ta’sir qiladi. Masalan, rux hujayralarda bog’langan suv miqdorini oshirib, qandlar yig’ilishini kuchaytirsa, molibden, mis, vanadiy, kobalt, azotning oqsildagi va umumiy miqdorini kuchaytiradi. Shuni aytib o’tish lozimki, er shari quruqlik qismining anchagina qismi namgarchilikka muhtoj joylar hisoblanadi, ya’ni bu joylarda yillik suv bug’lanish 100mm va undan oshiq bo’lgani holda yog’ingarchilik miqdori 250-500 mm ni tashkil qiladi. Yuqoridagi maydonning yarmidan ko’prog’ida esa yillik yog’ingarchilik miqdori 250 mm dan ham kam. Bizga ma’lumki, o’simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun uning o’sish davrida namgarchilik muqobil ravishda bo’lishi maqsadga muvofiq. Ammo kontinental iqlim rayonlarida yozning eng issiq vaqtlarida yog’ingarchilik deyarli bo’lmaydi yoki kam bo’ladi. Qurg’oqchilik. Kuchli quyosh nurlari sharoitida yuqori issiqlikda uzoq vaqt yog’ingarchilik bo’lmagan holda kelib chiqadi. Ko’pchilik hollarda qurg’oqchilik havo muhitida namning kam bo’lishidan kelib chiqadigan atmosfera qurg’oqchiligidan kelib chiqadi. Agar bu holat uzoq muddat davom etsa, tuproq qurg’oqchiligi kelib chiqadi. Garmsel vaqtida esa tuproq qurg’oqchiligi yuz bermasligi mumkin. Suv yetishmasligining o’simlikka ta’siri. O’simlik to’qimalarida suv yetishmasligi hodisasi uning barglari va boshqa organlari orqali suv bug’lanish miqdori ushbu o’simlik tomonidan qabul qilayotgan suv miqdoridan oshib ketsagina ro’y beradi. Suv tanqisligi issiq, quyoshli kunlarda peshin vaqtida ham ro’y berishi mumkin, chunki bu vaqtda barglarning so’rish kuchi oshib, uning natijasida suvning tuproqdan o’simlikka o’tishi ham tezlashadi. O’simlik o’z navbatida suv tanqisligi ko’rsatkichini o’z barglaridagi barg og’izchalarining o’lchamlarini o’zgartirish orqali idora qilishi mumkin. Agar tuproqda o’simlik o’zlashtira oladigan suv bo’lmasa, unda kuchli so’lish paydo bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’simlikning halok bo’lishiga olib keladi. O’simlikka suv yetishmaslik belgilaridan ular to’qimalarida ertalab suvning bo’lishi hamda poyasi kesilganda undan shira ajralishining to’xtashidir.
Qurg’oqchilik birinchi navbatda hujayradagi erkin yoki kuchsiz bog’langan suvning kamayishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida sitoplazma oqsil qobig’ining suvsizlanishiga olib keladi. Shuningdek, ayrim oqsil-fermentlarning bajaradigan ishiga ta’sir qiladi. Agar so’lish uzoq vaqt davom etsa, sintezlovchi fermentlarining faolligi kamayadi, ammo suv ishtirokida boradigan parchalanish hodisasi, jumladan, proteoliz hodisasi tezlashadi. Buning natijasida hujayrada kichik molekulali oqsil moddalarning miqdori oshadi. Shuningdek, polisaxaridlarning parchalanishi natijasida to’qimalarda eruvchan qandlarning miqdori ko’payadi, ularning barglardan chiqishi susayadi. O’simliklarga suv yetishmaganda ular barglarida RNKning hosil bo’lishi va shu jarayonda qatnashuvchi ribonukleaza fermentining aktivligi kamayadi. Ammo DNKning o’zgarishi qurg’oqchilik uzoq davom etgandagina ro’y berishi mumkin. Suvning yetishmasligi hujayrada ketadigan boshqa jarayonlarga ham ta’sir qiladi. Jumladan, hujayradan ionlarning chiqishi yengillashganligi sababli ularning tarkibiy qismida kamayish ro’y beradi. Vakuolalarda esa erkin suvning kamayishi natijasida vakuol shirasining yopishqoqligi oshib ketadi. Shuningdek, suvning yetishmasligi o’simliklarda ketadigan fotosintez jarayoni mahsuldorligiga, yani fotosintez jarayoniga ham salbiy ta’sir qiladi. Ammo ayrim hollarda o’simliklarga suv yetishmasligining boshlang’ich davrida fotosintez jarayoning borishi tezligi qisman oshishi mumkin. Fotosintez jarayoni tezligining suv yetishmasligi natijasida kamayishiga quyidagi hollar sababchi bo’lishi mumkin. Suv kam bo’lganligi tufayli barg og’izchalarining gidrofaol yopilishi va buning natijasida fotosintez jarayonining tarkibiy qismlaridan bo’lgan CO2 gazining o’simliklarga yutilishining kamayishi.
1. Barg hujayralarida xlorofillning sintezini ishining buzilishi.
2. Yorug’lik fosforlanishining va elektronlar tashiluvining buzilishi.
3. CO2qaytarish reaktsiyalarining va yorug’lik ishtirokida boradigan ximiyaviy reaktsiyalarning (foto ximik) o’zgarishi.
4. Xloroplastlar tuzilishining buzilishi.
5. Assimilyatlarning barglardan chiqishining sekinlashishi yoki umuman to’xtashi.
Qurg’oqchilik sharoitida nafas olish jarayoni. Fotosintez jarayonidan farqli o’laroq oldin anchagina kuchayadi, so’ngra pasayadi. Bu holatga avval aytib o’tganimizdek qurg’oqchilikda ro’y beradigan polisaxaridlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan qandlar miqdorining keskin oshib ketishi sabab bo’lishi mumkin. Chunki nafas olish jarayoni uning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan qandlarga chambarchas bog’liqdir.
O’simlikka suv yetishmasligi natijasida uning o’sishi to’xtaydi, ayniqsa barglar va poyalarning o’sishi juda sekinlashadi. Bu holat hujayralaming bo’linishining va ularni tuzilishini sekinlashishi natijasida ro’y beradi. Ildizlarning o’sishi esa kuchayadi. Masalan, makkajo’xori, har xil namlikdagi tuproqli idishlarda o’stirilganda ildiz to’qimalari soni va ildiz uzunligi tuproq namligiga teskari tartibda bo’lishi aniqlangan, yani makkajo’xori suvda o’stirilganda tuklar mutlaqo hosil bo’lmagan, tuproqda esa u qanchalik quruq bo’lsa, tuplar soni shunchalik ko’p bo’lgan. Agar tuproqda uzoq vaqt suvyetishmasa, ildizlarning o’sishi ham susayadi. Shuningdek. ildizlarda po’kak hosil bo’lishi ro’y beradi va meristemadan chiqayotgan hujayralaming differensiyalashishi kuchayadi.
O’simliklarning haddan tashqari isib ketishdan saqloychi hollardan biri ularda ketadigan va baquvvat ildiz sistemasi orqali ta’minlanadigan suv bug’lantirish hodisasidir. Qishloq xo’jaligida o’simliklarning issiqqa chidamliligini oshirishuchun ularni barglari va tanasi rux tuzining 0,05%li eritmasi bilan ishlanadi.
Afrika savanasi.
Avvalo, qurg’oqchilikka chidamli daraxtlar haqida gapirganda nimani nazarda tutayotganimizni bilishingiz kerak, aks holda siz yoqimsiz kutilmagan hodisalarga duch kelishingiz mumkin. Ma’lumki, biz yashaydigan sayyorada turli xil iqlim va turli xil yashash joylari mavjud: u erda juda issiq va tez-tez yomg’ir yog’adigan joylar bor, boshqalari juda sovuq va yomg’ir yog’adigan joylar, o’rtada. Bu ikkala haddan tashqari boshqa narsalar ham bor. Yomg’ir kam yog’adigan yashash joylarida, Shuni bilish kerakki, ular quyidagilarga bo’linadi: quruq va issiq yarim quruq, quruq va sovuq yarim quruq. Ularning barchasi yiliga ko’pi bilan 500 mm yog’ingarchilikni qayd etadigan umumiy jihatlarga ega, ammo birinchisida eng yuqori harorat 35º va hatto 40 S dan oshishi mumkin bo’lsa, ikkinchisida bu maksimal ko’rsatkichlar 15-20 °C darajasida qolishi odatiy holdir. Nima uchun men sizga bog’dorchilik blogida iqlim haqida gapirib berayapman? Yaxshi, chunki Iqlimga qarab, ba’zi o’simliklar yoki boshqalarni etishtirish mumkin. Agar men sizga aytgan bo’lsam, sizda quruq iqlim uchun daraxtlar kabi boshqalar ham bor sedrus deodara va Banksia integrifoliaVa men sizga boshqa hech narsa demagan bo’lar edim, men sizga to’liq bo’lmagan ma’lumot beraman, chunki birinchisi sovuqqa -18ºC gacha, ikkinchisi esa -7ºC gacha sovuqqa chidaydi. Agar biz faqat ekologik omil haqida xavotirga tushsak (yomg’ir yog’ishi mumkin bo’lsa), bizda ko’p muammolar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, men sizlarga qurg’oqchilikka qarshi turadigan daraxtlarim va ular yaxshi o’sishi uchun kerak bo’lgan narsalarni aytib beraman.

Braxichiton populneus


Shisha daraxti, brachiquito yoki kurrajong nomi bilan tanilgan, u Avstraliyada, xususan Viktoriya, Yangi Janubiy Uels va Kvinslendda tug’ilgan daraxtdir. Balandligi 6-7 metrga etadi, diametri 40 sm gacha qalinlashgan magistral bilan. Barglari oddiy, 3-9 lobdan tashkil topgan,yashil rangga ega. U mo’’tadil iqlim sharoitida yashaydi, iliq joylarni afzal ko’radi. U qurg’oqchilikka juda yaxshi qarshi turadi, chunki uning tanasi suv ombori bo’lib xizmat qiladi, shuningdek, magistral bilan bir xil vazifani bajaradigan ildiz tupiga ega. Shuning uchun, uni faqat birinchi yili vaqti-vaqti bilan sug’orish kerak, ikkinchisidan esa unga kerak bo’lmaydi. Sovuqqa -7ºC gacha qarshilik ko’rsatadi.
David Beaulieu
Siz rus shaxsi ( Perovskia atriplicifolia ) buta deb o’ylamasligingiz mumkin. Aslida, aslida, texnik jihatdan, pastki buta bo’lib, ko’pchilik odamlar ko’p yillik gullar kabi uni davolashadi. Sizga nima kerak bo’lsa, qo’ng’iroq qiling, lekin rus shaxarning kumush jarohatlari va barglari turli rangli kombinatsiyalarda foydalanish uchun katta potentsialga ega bo’lishiga ozgina norozilik mavjud. Uzoq vaqt davomida ushbu qurg’oqchilikka chidamli buta gulining lavanta rang gullari . Boshqa yaxshi narsalar, bu kiyik uni yemir, barglari xushbo’y.

David Beaulieu


Juniperus squamata "Blue Star" tomchi o’lik ajoyib o’simlikdan ko’ra foydali o’simlik hisoblanadi. Uning ko’k ignalari ba’zi bir ranglardagi ranglar uchun sizning fikrlaringiz bo’lishi mumkin. Masalan, oltin bargli butalar yonida yaxshi ko’rinadi. Yilni buta sifatida, u kichik joylarda atrof muhitni muhofaza qilish uchun murojaat qiladi. Bu erda sizga foydali bo’lishi mumkin bo’lgan Blue Star haqida yana bir xususiyat: Boshqa ko’plab juniperlar kabi , qurg’oqchilikka chidamli buta.
DDavid Beaulieu
Vaqti kelib, Virjiniya shirinliklari ( Itea virginica ) juda qurg’oqchilikka chidamli buta hisoblanadi. Bu buta bahorda ko’tariladigan oq gullarning "spirasi" uchun nomlar qo’yilgan bo’lsa-da, ko’plab bog’bonlar uni faqat kuzgi yaproqlar rangiga etishtiradi. Shu sababli, quyida ko’rsatilgan invaziv o’simlikni butning yonishi uchun muqobil deb hisoblang. Agar yoz ko’pincha sizni yomg’ir bilan bezovta qilmasa, ko’pincha uchastkalarni suv bilan to’ldirish mumkin emas, lekin siz hali o’z bog’ingizning mevalari bilan o’zingizni arzonlashtirmoqchisiz, sizga gilosga e’tibor berishingizni maslahat beramiz.
Bir vaqtning o’zida eng qishki qishdan ishonch bilan omon qolgan, eng qaqragan yillarda ham meva bera oladigan mevali daraxtlarning kamdan kam vakili. Gilosning afzalligi shundaki, qashshoq tuproqlarda o’sadigan qobiliyati va gazlangan gaz havosiga befarqlik hissi qo’shiladi. Qurg’oqchilikka nisbatan etarli darajada yuqori qarshilik Irin bilan maqtana oladi, shuningdek Corino deb nomlanadi.
Uning kichik mevalaridagi yoqimli ta’mi, shuningdek, yozgi qurg’oqchilik va qishki sovuqlarga osongina toqat qilish qobiliyati Irga har qanday dacha qismga mehmondo’stlik qiladi. Hosildan tashqari boshqa dekorativ ta’sirga erishmoqchi bo’lganlar, qurg’oqchilikka qarshi chidamlilikning yuqori darajasi bilan tavsiflangan uchastkada qush gilosini ekish kerak. qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar Qurg’oqchilikka chidamli daraxtlarAgar zaytun yog’ini tanlasangiz, qiyinchiliksiz eng yaxshi to’siq yaratish qiyin emas. Bu nafaqat chiroyli qurg’oqchilikka chidamli buta, balki mazali ovqatlanadigan mevalarni ham beradi. qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar Ziravorlardan yasalgan dekoratsiyada emas, balki hasharot sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan ob-havo qiyinchiliklari va do’morlarga qarshilik. qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar 5Qurg’oqchilikka chidamli bog ‘o’simliklari haqida gapirganda, barg umumiy Smorodina va Bektoshi uzumni e’tiborga olmaslik mumkin emas.
Qurg’oqchilikka chidamli bog ‘gullari. Uzun bo’yli, qurg’oqchilikka chidamli bog ‘gullari orasidan, mallow yoki rod-rose ishonchli tarzda chempionatning palmalarini ushlab turadi. Ushbu o’simlikning yorqin gullari an’anaviy ravishda qarama-qarshi old bog’larni bezatish sifatida xizmat qiladi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlariga ko’ra, O’zbekiston sharoitida suvni kam talab qiluvchi 1 tonna kovul (kapers) yetishtirish uchun 500 kub metr, cho’l jo’xorisi (helictotrichon desertorum, yem-xashak uchun) yetishtirish uchun 700 kub metr, 1 tonna qo’y va echki go’shtini ishlab chiqarish uchun esa 1500 kub metrgacha suv sarflanar ekan. Demak, ular suvni ko’p talab qiluvchi ekinlarga nisbatan 10 baravar kam suv iste’molini talab etadi. Shuningdek, mosh, loviya, no’xat va qizil loviya (fasol) kabi qurg’oqchilikka chidamli dukkakli don ekinlarini ekish maqsadga muvofiq. O’zbekistoning sug’orilmaydigan cho’l hududlarida qurg’oqchilikka chidamli va bozorbop kovul (kapers) yetishtirib, uning eksportini keskin oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Bojxona qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi yillarda ushbu mahsulotning eksporti hajmi 2,3 ming tonnadan (3,8 mln. doll. ) 3,3 ming tonnaga (5,3 mln. doll. ) ortgan. Kapersning qariyb 80 foizi Jizzax viloyatining lalmi maydonlarida yetishtirilmoqda. Tadqiqot natijasida, qurg’oqchil hududlarda kam suv talab qiluvchi kovul (kapers, ozuqabop va farmasevtikada foydalaniladi), tipchoq (Festúca valesiáca, yem-xashak uchun), qo’ng’irbosh (myatlik, yem-xashak uchun), cho’l jo’xorisi (helictotrichon desertorum, yem-xashak uchun) cho’l-dasht solyankasi (salsola collina, farmasevtikada foydalaniladi), soyali sparja (fuchju, ozuqabop ekin) kabi ekinlarni joylashtirish imkoniyatlari borligi aniqlangan. Suvni tejash har bir fuqaroning mas’uliyati, nafaqat qurg’oqchilik yoki namlik darajasi past bo’lgan hududlarda. Turf maysazorlari bog’dagi asosiy suv so’raydigan o’simliklardan biridir. Maysazorning bu yashil kengligi, ayniqsa, quruq mavsumda muntazam namlikni talab qiladi. Qurg’oqchilikka chidamli o’t - bu variant, ammo maysazorlar uchun chindan ham qurg’oqchilikka chidamli o’t yo’q. Siz boshqa turlarga qaraganda kamroq suv talab qiladigan tanlovni amalga oshirishingiz mumkin, yoki siz zamin qoplamasi, mox yoki hatto toshlar kabi o’tlarning o’rnini bosuvchi vositani tanlashingizmumkin. Qurg’oqchilikka chidamli o’tlarning navlari Qurg’oqchilikka chidamli o’t turini topish avvalgidek qiyin emas. Namlik tanqisligi bor munitsipalitetlarning suvga nisbatan cheklangan cheklovlari qurg’oqchilikka chidamli maysazor o’tlaridan yoki maysazorlarga alternativalardan foydalanishni ustuvor vazifa qilib qo’ydi. Yaxshiyamki, naslchilik va texnologiya bizning yordamimizga yordam berdi va endi siz maysazorni o’rnatishingiz mumkin, bu an’anaviy maysazor o’tlarining suviga to’rtdan biridan kamrog’ini talab qiladi. Sod tanlash nafaqat suv ehtiyojiga bog’liq. Shuningdek, siz tuproq sharoitini, yorug’lik, foydalanish va parvarishlash masalalarini, hatto kerakli ko’rinishni hisobga olishingiz kerak. Mahalliy ob-havo sharoiti ham e’tiborga olinadi. Issiq mavsum navlari janubga ko’proq mos keladigan, shimolda esa salqin turlarga ega bo’lgan salqin va issiq mavsumli o’tlar mavjud.
Kentukki bluegrass yozi issiq va qishi sovuq bo’lgan joylarda yaxshi tanlovdir. U atrof-muhitning bag’rikengligini o’z ichiga oladi va kam namlik bilan kambag’al tuproqda ham yaxshi hosil beradi. Uzun bo’yli fescue - bu maysazor sifatida ishlatilgan juda keng tarqalgan yovvoyi o’t. U eyishga yaxshi javob beradi, soyaga toqat qiladi, tayyorlangan tuproqda chuqur ildiz tizimini rivojlantiradi va oyoq trafigini boshqarishi mumkin. Kaliforniya universiteti reytingida maysazorlar uchun eng qurg’oqchilikka chidamli o’tlar gibrid Bermud o’tlari va keyin quyidagicha ko’rsatilgan: Qurg’oqchilikka chidamli o’tlarning alternativalari Qurg’oqchilikka chidamli o’t navlari ham sog’lig’ini saqlab qolish uchun ozgina suvga muhtoj bo’ladi, yoki o’t kuchini yo’qotadi va begona o’tlar, hasharotlar va kasalliklarga ochiq qoldiradi. Qurg’oqchilikka chidamli o’t alternativalari - bu chiroyli yashil zamin qoplamini olishda suv iste’molini kamaytirishning yana bir usuli. Quruq joylarning talablariga javob beradigan juda ko’p o’tlar mavjud. Qurg’oqchilikka chidamli zamin qoplamasi o’tlar nafaqat gul yotoqlarini, balki ularning qiymatini oshiradigan ovqatlanish stolini ham bezatadi. Bundan tashqari, siz qabristonni o’tlar bilan ekib, toza va yaxshi ko’rinishga ega bo’lishingiz mumkin. Kekik - kuchli xushbo’y hiddan tashqari, u chiroyli lilak gullariga ega. Ammo, uni bog’da ekish, ehtiyot bo’ling - uning gulchanglarini tatib ko’rish uchun atrofdagi barcha asalarilar va asalarilar yig’iladi. Euphorbia sarv - o’tkir barglari ignalari bo’lgan past o’t. Ikki marta gullaydi - bahor va yoz oxirida. Gullar shunchalik ko’pki, har bir buta mayin to’pga aylanadi. Kulrang fescue - o’tkir, mavimsi-yashil barglari bilan e’tiborni tortadi. Aniq o’xshashligi uchun ko’pincha dengiz kirpisiga qiyoslanadi. Uzoq muddatli gilam olish uchun uni oldingi qatorlarga ekib, har 4 yilda bir marta yangilang. Fescue-ning afzalligi shundaki, u o’smaydi va qishda ham o’sishda davom etadi. Fescue ning tuproqli butalari qabristondagi uchastkalarga chiroyli ko’rinish beradi.



Yüklə 132,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə