Beshinchi bo'lim bilish jarayonlari


Sezgi turlarining psixologik tavsifi



Yüklə 205 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü205 Kb.
#137458
1   2   3   4   5   6   7
SEZGI HAQIDA UMMUMIY TUSHUNCHA

Sezgi turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida sezgilar uchta katta guruhga ajratil-gan (eksteroretseptiv, prioretseptiv, interoretseptiv) bular, o`z navbatida, yana quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Ko`rish sezgilari.

  2. Eshitish sezgilari.

  3. Hid bilish sezgilari (eksteroretseptiv).

  4. Ta`m bilish sezgilari.

  5. Teri sezgilari.

  6. Muskul-harakat (kinestetik).

  7. Statik sezgilar (proprioretseptiv).

  8. Organik sezgilar (interoretseptiv).



Ko`rish sezgilari
Insonning rang va yorug`likni sezishi, ko`rish sezgilari tarkibiga kiradi va seziladigan ranglar xromatik, axromatik turlarga bo`linadi.
Psixofiziologik qonuniyatga ko`ra, yorug`lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar, deb ataladi. Ular kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, havorang, ko`k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari, ko`rinishlari tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko`pdir. Odatda, oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko`rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko`rish sezgilari organi ko`z hisoblanib, u ko`z soqqasi va undan kelib chiqadigan ko`ruv nervlaridan tashkil topadi. Ko`z soqqasini tashqi tomirlar va to`r pardalari o`rab turadi.
Tashqi pardaning tiniq bo`lmagan oq qismi sklera yoki qotgan, qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan birmuncha qavariq qismi tiniq muguzparda bo`lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko`z ko`k, qora, sariq jilo beradi va ularni biz ko`kko`z, qo`yko`z, qorako`z va hokazo deb ataymiz. Rangdor pardaning o`rta qismida yumaloq teshik mavjud bo`lib, biz uni qorachiq deb ataymiz. Xuddi shu teshik orqafi ko`z ichiga yorug`lik nurlari kiradi. Kelayotgan yorug`likning ozligi yoki ko`piigiga qarab, qorachiqning kengayish yoki torayish jarayonlari yuzaga keladi.
Ko`zlarning uchinchi pardasi to`r parda deb nomlanib, u ko`z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism — ko`z gavhari joylashgan bo`ladi, yorug`lik nurlari undato`planib, so`ngsinadi vato`r pardaga narsa yoki jismning surati tushadi. Halqa shakldagi kipriksimon muskulning uzayishi yoki qisqarishi tufayli gavhar yo yassilanadi yoki qavariq holga keladi (jism ko`zdan uzoqlashtirilganda gavhar yassilanadi, ko`zga yaqin-lashtirilganda esa u shar shakliga kiradi). Ko`z gavharining mazkur xossasi tufayli narsa xoh uzoqda, xoh yaqinda bo`Isin, narsalarning aksi gavhardan o`tib, so`ng to`r par­daga tushaveradi.
Ko`z soqqasining gavhar bilan to`r parda o`rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo`ladi. Bu to`r parda rang va yorug`likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, unda ko`ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko`zining to`r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko`riladi. Tayoqchalar yorug`likni yaxshi sezuvchan bo`lib, xira va qorong`i paytlarda ham o`z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To`r pardaning eng sezgir joyi — sariq dog`ning, asosan, kolbachalar bilan to`lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko`ramiz. Obyektga tik qarash natijasida, ko`z muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluvchining surati sariq dog`ga tushadi, bunday tarzdagi ko`rish to`g`ridan ko`rish dcyiladi. Agarda narsalarning surati sariq dog`dan tashqarida bo`lsa, ya`ni to`r pardaning bu joyida rang va yorug`likni sezadigan tayoqchalar, kolbachalar mavjud emas, bu ko`ruv nervining ko`z soqqasidan chiqish joyi bo`lib, u yorug`likdan ta`sirlanmaganligi uchun ko`r dog` deb ataladi.
Odam ko`zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to`lqinlar ta`sirida sezadi: 1)780—610 qizil rangni; 2)610 — 590 zarg`aldoqni; 3) 590 - 575 sariqni; 4) 560 -510 yashilni; 5) 480 - 470 havorangni; 6)470-450 ko`k rangni; 7)450-380 binafsharangni sezadi.

Yüklə 205 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə