Bibliografiya lat p65


Universal retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108
Библиография

Universal retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid
kitoblarning yig‘ma bosma katalogi
Bu ko‘rsatkichlar, o‘lka haqidagi katta bir davrga oid ada-
biyotlarni aks ettiradi. Òarmoq va mavzuli ilmiy-yordamchi qo‘l-
lanmalarni tuzishda quyidagi xususiyatlarga e’tibor beriladi: tanla-
nayotgan adabiyotlarning o‘lkaning shu kundagi rivojida ahamiyatga
ega ekanligi; kitobxon uchun ma’lum bo‘lmagan hujjatlarni
kiritish; uslubiy qarorlarni qabul qilishda izchillikka erishish.
B. V. Lunin tuzgan va „O‘zFA xabarlari“ jurnalida nashr etib
kelingan „O‘zbekistonning arxeologiyasi, tarixi, etnografiyasi,
falsafasi va huquqiga oid adabiyotlar“ ko‘rsatkichi, „O‘zbekistonda
ijtimoiy fanlar“ jurnalida 11 ming nomda hujjatlar, ayniqsa,
kartinalar haqida berilgan ma’lumotlar.
Òavsiya ko‘rsatkichlari
Òavsiya ko‘rsatkichlari universal mazmundagi va kompleks
xarakterdagi ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Universal maz-
mundagi tavsiya ko‘rsatkichlari mahalliy muhim va unutilmas
sanalar taqvimi ko‘rinishida bo‘ladi. Buni respublika miqyosida
Respublika Milliy kutubxonasi, viloyatlarda viloyatlarning ilmiy-
universal kutubxonalari tayyorlaydi: o‘lkaga oid adabiyotlarning
universal va kompleks xarakterdagi ko‘rsatkichlari; mavzuli
bibliografik qo‘llanmalar, ko‘rsatkchilar, adabiyotlarning ro‘yxatlari
(masalan, „O‘lka haqida nima o‘qish kerak?“ tiðidagi).
Muhim va unutilmas voqealar taqvimi Navoiy nomidagi
Respublika davlat kutubxonasi tomonidan 1957- yildan nashr
etiladi. Unda avval kitobxonga ma’lum bo‘lmagan voqea va hodisalar,
yirik yubileylar, sanalar, bayramlarning yilliklariga oid adabiyotlar
ma’lum tartibda joylashtiriladi. Avval voqea yoki sana ko‘rsatiladi,
unga oid adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlari keltiriladi,
shaxslarga oid sanalarda ular haqida qisqa ma’lumot beriladi. Bunday
taqvimlarni tuzishda bibliograflarga o‘lkashunos, tarixchi olimlar,
mahalliy muzey va arxiv xodimlari yordam beradilar. Bu taqvim-
larning kitobxonlari — o‘lkaning kechagi kuni, buguni va kelajagi


127
bilan qiziquvchi kitobxonlar, kutubxona xodimlari va iste’-
molchilarga turli xil yo‘nalishda axborot berish vazifasini
bajaruvchilar. Òaqvimlar kutubxonalarda yillik ish rejalarini
tuzishda, tadbirlar rejasini belgilashda yordam beradi. Unga kirish
so‘zi, so‘zboshi, mundarija, ismlar, geografik, matnlarning
mualliflari haqida ma’lumotlar, chiqish sonlariga oid yig‘ma
ko‘rsatkichlar beriladi.
„O‘lka haqida nimalarni o‘qish kerak?“ tiðidagi ko‘rsatkichlarni
viloyat, tuman, shahar miqyosida ham tayyorlash mumkin.
Ular shu yo‘nalishga oid kutubxonada mavjud adabiyotlar ko‘lami
haqida xulosa qilishga olib keladi va kutubxonachilik-bibliografik
xizmat ko‘rsatish uchun asos bo‘ladi, iste’molchilar uchun
o‘lkashunoslik xarakteridagi yakka va ommaviy ishlarni o‘tkazishga
imkon yaratadi, kishilarda Vatanga, o‘z o‘lkasiga mehr-muhabbat,
e’tibor hissini tarbiyalaydi,o‘lka haqida bilimga ega bo‘lishga yordam
beradi, uning tarixini, madaniyati va san’atini, o‘ziga xos qadriyat-
larini asrab-avaylashga chaqiradi. Unda kitoblar, maqolalar,
kompakt disklar, elektron sahifalar, internet materiallari ham
aks etishi mumkin. Hujjatlar mazmuni, ilmiy qimmati, xarakteriga
ko‘ra tartibga solinadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə