Bibliografiya lat p65


 Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108
Библиография

1. Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar:
o‘lkaga oid adabiyotlarning
universal mazmundagi kundalik ko‘rsatkichlari; universal maz-
mundagi retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid adabiyotlarning
yig‘ma bosma katalogi; tarmoq va mavzuli ko‘rsatkichlar; biobib-
liografik ko‘rsatkichlar (lug‘atlar), o‘lkashunoslik bibliografik
qo‘llanmalarning ko‘rsatkichlari.


125
2. Òavsiya qo‘llanmalari: 
mahalliy muhim va unutilmas
voqealar taqvimi; o‘lka haqidagi universal va kompleks
ko‘rsatkichlar; kutubxonaning o‘lkaga oid jamg‘armasi yadrosi,
o‘lkaning turli sohalariga va bir tomoniga bag‘ishlangan tarmoq
va mavzuli ko‘rsatkichlar; o‘lkaning mashhur kishilari haqidagi
ko‘rsatkichlar.
3. Mahalliy matbuot ko‘rsatkichlari:
vaqtli va davomli nashr-
larning ko‘rsatkichlari; kitob va nodavriy nashrlarning ko‘rsat-
kichlari.
Ilmiy yordamchi o‘lkashunoslik bibliografik
qo‘llanmalar
O‘lkaga oid adabiyotlarning universal kundalik ko‘rsatkichlari
aniq, to‘la tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Bibliografik
yozuvlarda amaldagi tavsif qoidalariga rioya qilinishi shart, qisqa,
ammo to‘la mazmunli annotatsiyalar beriladi, ma’lumot-bib-
liografiya apparatlaridan so‘zboshi, mundarija, yordamchi
ko‘rsatkichlardan ismlar, geografik nomlar, kalitli so‘zlar, predmet
rubrikalari asosida predmet va bibliografik qo‘llanmaning xusu-
siyatidan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rsatkichlardan foyda-
lanish zarur. Bu qo‘llanmalar haftalik, choraklik, doimiy bo‘lishi
mumkin.
O‘zbekistonning respublika haqidagi ilmiy yordamchi biblio-
grafiyalari 1945- yildan keyin rivojlandi. Umumiy va tarmoqqa
oid kundalik, unversal, tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, kitob
ichi va maqola ichi bibliografiyalari nashr etila boshlandi. Navoiy
nomidagi Respublika davlat kutubxonasi 1958- yildan rus tilida
„Óçáåêèñòàí“ nomi bilan yilnoma nashr etadi. 1961- yildan esa
bir vaqtning o‘zida o‘zbek tilida ham chiqa boshladi. Unda respub-
lika haqidagi Vatanimizda va boshqa mamlakatlarda chiqayotgan
barcha turdagi hujjatlar sobiq Butunittifoq Kitob palatasi jadvali
asosida tartibga solindi, alohida bo‘limlar va bo‘limchalar
respublikaning tabiiy sharoiti, ijtimoiy, tarixiy, iqtisodiy hayoti
hisobga olingan. Unda ma’lumot apparati berilgan, 1968- yildan
Kitob palatasi solnomalarida respublika haqidagi hujjatlar
berilayotganligi sababli ko‘rsatkichning chiqishi to‘xtatildi. 1953-
yildan respublika ilmiy qishloq xo‘jalik kutubxonasi „Sug‘o-
riladigan yerlarda paxtachilik“ nomi bilan kundalik ilmiy-yordamchi
tarmoq ko‘rsatkichini chiqaradi. U bir yilda 2 marta chiqarildi va
har yili 2500 — 3000 adabiyot haqida ma’lumot berib bordi.


126
Ko‘rsatkichga ilmiy kitoblar, jurnallar va to‘plamlardagi maqolalar,
ilmiy ishlar haqidagi xabarlar kiritilgan. Unda paxtachilik va unga
bog‘liq gidrologiya, meteorologiya, iqlim, injenerlik geologiyasi,
tuproqshunoslikka oid adabiyotlar ham kiritildi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə