187
orasidan, so‘nggi sonida chiqadigan adabiyotlar ro‘yxatidan
qidirish kerak.
Manzilli bibliografik so‘roqni bajarish
juda tez va murakkab
qidirishsiz amalga oshadi. Hujjat haqidagi to‘la va aniq bibliografik
ma’lumotga ega bo‘lgan bibliograf katalog va kartotekalarga,
elektron katalogga murojaat qiladi yoki kitobxonning o‘zini
qidirish jarayoniga jalb qiladi. Elektron katalog orqali buni
qidirish juda tez va oson amalga oshadi. Òegishli hujjatni muallif
familiyasi, sarlavhasi,
nashr yili, nashriyot nomi, kalitli so‘z
yordamida qidirish va kutubxonaning qaysi bo‘limida joylashgan-
ligini bilish mumkin. Faktografik so‘roqni bajarishda, albatta,
ma’lumotnoma nashrlardan foydalaniladi. Buning uchun
kutubxona xodimi ma’lumotnoma nashrning xususiyatlarini,
mazmunini,
ahamiyatini, yordamchi apparatlarini yaxshi bilishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: