Bibliografiya lat p65


Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə42/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
s

Kundalik ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar. Bu qo‘llanmalardan yangi hujjatlar haqida tezkor va muntazam axborot berishda foydalaniladi. Ular ilmiy tashkilotlarga, ilmiytadqiqot ishi bilan shug‘ullanuvchilarga fanning, ilmning rivojlanishini muntazam kuzatib borish, o‘rganib borish imkonini beradi. Axborotning tezkorligi va to‘liqligi faqatgina u yoki bu sohada fanning rivojlanishigagina bog‘liq emas, balki yutuqlarning amaliyotga joriy etilayotganiga ham bog‘liq. Bularni to‘la yoritib borish birgina bibliografik nashrda amalga oshib qolmaydi. Buning uchun hujjatlar mazmunini turlicha yo‘nalishda, shaklda ochib berish lozim. Hozirgi paytda keng tarqalgan axborot beruvchi kundalik ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar —bibliografik axborot, referativ axborot va sharhli axborotlardir. Ular, asosan, oylik, kvartallik yoki yarim yillik davomli nashrlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Bibliografik axborot—hujjatlar haqidagi tezkor xabar (signal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma’lumotlar bilangina cheklangan bibliografik ko‘rsatkichdir. Uning vazifasi tezkorlik, katta hajmdagi adabiyotlar haqida to‘la axborot berishdan iborat. Axborot mavzusi muammolar, bilim sohalari, hujjatlarning turlari bo‘yicha ham tartibga solinadi.
Referativ axborot referativ jurnal, ilmiy-axborot to‘plamlari, ekspress-axborotlar kabi nashr turlarini birlashtiradi. Unda axborot-hujjatlar haqidagi ma’lumotlar referatlar shaklida beriladi, hajmi va berilayotgan ma’lumotlar soni bilan boshqa turlardan farq qiladi. Referativ jurnal — bu hujjatlar haqida axborot beruvchi jurnal ko‘rinishidagi vaqtli nashr. U materiallarni to‘la beradi, birinchi galda ilmiy xodimlarga zarur nashrlarni, sohaga oid xorijiy adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. Referativ to‘plam—aniq bir sohadagi ilmiy-texnik yutuqlarni aks ettiruvchi materiallarni yig‘uvchi vaqtli yoki davomli referativ nashr. Unda nashr etilmagan asarlar haqidagi axborot ham beriladi. Ekspressaxborot — vaqtli referativ nashr bo‘lib, u xorijda va mamlakatimizda nashr etilgan va etilmagan hujjatlarni aks ettiruvchi haftalik yoki oylik nashr. U materiallar haqida tanlangan asosda ma’lumot beradi, mazmun keng yoritiladi, maqsadi iste’molchilarga tezkorlik bilan ma’lumot berish.
Sharhli axborot —bir yoki bir necha bibliografik sharhni o‘zida jamlagan, qaysidir fan sohasi, texnika yoki madaniyat sohasidagi yutuqlar, rivojlanish va an’analarni aks ettirgan manbalarni tahlil qilish va umumlashtirishga oid bo‘ladi. Sharhli axborot referativ jurnallar, referativ to‘plamlar va boshqa axborot nashrlari asosida tayyorlanadi. Ilmiy tadqiqotlar mazmunini, metodikasini, natijalarini chuqur tahlil qilish ko‘p vaqt, malaka va kuch talab qiladi. Shuning uchun hozirgi paytda bunday sharhlar pullik xizmat ko‘rsatish turiga kiritilgan.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə