Bilig ilmiy faoliyat



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#138623
1   2   3
407-Article Text-823-1-10-20230506

 
 
 
TA’LIM MAZMUNI SIFATI VA SAMARADORLIGINI 
OSHIRISHNING ENG MUHIM OMILLARI 


FTAI
RESPUBLIKA KONFERENSIYASI 

25.06.2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or
 
200
 
Ta'lim mazmuni, sifati va samaradorligini oshirishning eng muhim omillari – har 
bir pedagog kadrning mahorati, kasbiy salohiyatining yuqori darajada bo„lishi bilan 
bog„liq bo„lib, buni ta'minlash hozirgi davrda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Singapur kabi dunyoning aksariyat muvaffaqiyatli 
ta'lim tizimlari rivojlangan davlatlarda o„qituvchilarning o„zaro tajriba almashishishi
o„qituvchining burchi bo„lib hisoblanadi va bu ularning lavozim vazifalariga 
kiritilgan.
Pedagoglarning o„zaro darslarda qatnashishi, o„tkazilgan darslarning yutuq va 
kamchiliklarini muhokama qilishi darslarning sifatini oshirishning eng samarali 
strategiyasi hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, o„qituvchi doimiy ravishda kamida bitta hamkasbini 
o„z darslariga tajriba almashish maqsadida kirishini ta'minlashi ikkala o„qituvchilarning 
ham ta'lim samaradorligini yaxshilanishiga olib keladi. 
Biz ta'lim jarayonida o„zaro darslarga kirish uchun kuch, vaqt yoki xohish
yo„qligini tez-tez eshitamiz. Afsuski, faqat kitob o„qish bilan yaxshi o„qituvchi bo„lib 
bo„lmaydi. Biz odatda xatolarimizni tushunib, boshqalarning ishidagi muvaffaqiyat va 
muvaffaqiyatsizliklarni ko„rish orqali o„z mahoratimizni oshira boramiz. Agar 
maktabda, umuman ta'lim sohasida o„qituvchi bu borada yolg„iz ishlasa, buni amalga 
oshirish aslo mumkin emas.
Maktab o„qituvchilari o„rtasida tajriba almashish tizimini joriy etish va bu 
jarayonni ular uchun qiziqarli qilish, darsda monitoring tizimini tashkil etishning yangi 
usullarni joriy etish va kuzatish masalalarini davlat ta'lim standartlarida mustahkamlash, 
turli kasbiy tajribaga ega bo„lgan o„qituvchilar tomonidan darslar o„tkazish
muammolarni hal qilish uchun zarur uslubiy yordam ko„rsatish maqsadga muvofiqdir
O„qituvchining mahorati o„sishi borasida yana bir muhim muammo shundaki, 
o„qituvchilik mahoratining tez o„sishi o„qituvchi maktabga kelgan dastlabki uch yilda 
namoyon bo„ladi. Bu degani 30 yillik ish tajribaga ega bo„lgan o„qituvchining, 
dastlabki 3 yillik ish tajribasining 10 marta takrorlanishi demakdir. 
Agar maktabda ish tajribasi yuqori bo„lgan va yosh o„qituvchilar o„rtasida tajriba 
almashish yo„lga qo„yilmas ekan, maktabdagi pedagoglar o„rtasida pedagogik mahorat 
rivojlanmay qoladi. 
Maktab ta'limidagi o„zgarishlar va yangiliklarni qo„llab-quvvatlovchi, hamda 
maktabda etakchilik qobiliyatiga ega o„
qituvchilarning kamligi tizimda o„zgarishlar 
kiritishga qiyinchilik tug„dirishi mumkin. Jamoada etakchilarni qanday topish mumkin? 
Boshqa o„qituvchilarning mahoratini oshirishga samarali yordam beradiganlarni qanday 
tanlash mumkin? Bu borada rahbarlar qanday qoidalarga amal qilishlari kerak? 
Maktabda o„z darslariga e'tiborli bo„lgan bir nechta o„qituvchilarning borligi
ham samarali natijalarga ega bo„lishga imkon beradi.
Agar butun maktab pedagogik jamoasining barcha o„qituvchilarini doimiy 
takomillashtirish jarayonida faol ishtirokchiga aylantira olsak, bu maktabning katta 
yutug„idir.
Maqsadlar 
va 
qadriyatlarning 
umumiy 
tizimini 
yaratish 
butun 
ta'lim 
muassasasining umumiy rivojlanish vektorini o„rnatishga imkon beradi.
O„qituvchilarni pedagogik muammolar va vazifalar atrofida birlashtirish, doimiy 
tajriba almashishni tashkil etish borasida, pedagogik g„oyalar, festivallar, uslubiy 
kengash, birlashma ishlari mavjud. Biroq m
aktabning xususiyatlariga mos keladigan o„z 


FTAI

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə