Bilig ilmiy faoliyat


RESPUBLIKA KONFERENSIYASI



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#138623
1   2   3
407-Article Text-823-1-10-20230506

RESPUBLIKA KONFERENSIYASI 

25.06.2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or
 
201
 
metodologiyasining yaratilishi, uning o„qituvchilari va o„quvchilari uchun o„rnatilgan 
an'analar, vazifalar, maktablarda qanday tashkiliy modellar samarali bo„lishi 
mumkinligi, ularning ijobiy va salbiy tomonlarining bosqichma-bosqich amalga oshirish 
yo„llarini muhokama qilib borish lozim. Mahorat maktablarining metod va usulidan 
qat'iy nazar, buni amalga oshirishning bir nechta asosiy prinsiplari mavjud:
-bolalarning qanday o„rganishiga, o„qituvchining harakatlariga qarab, ularning 
xatti-harakatlarida qanday o„zgarishlarga e'tibor berish;
-o„qituvchilarning o„z amaliyotini doimiy kuzatishi, samarali pedagogik 
texnologiyalarni doimiy izlash;
-maktabda o„zgarishlarni qo„llab-quvvatlash muhitini yaratish. 
Qaysi fan bo„lishidan qat'iy nazar uni qanday o„rgatish va darsda qanday 
metodlarni qo„llash ko„proq samara beradi, degan savol bugun har bir pedagogni 
o„ylantiradi.
Ta'lim sifatini oshirish esa fanlarning puxta o„rgatilishiga, zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda ilg„or tajribalarni 
qo„llashga bog„liq. O„qituvchida bilim, sabr va malakadan tashqari darsni turli usullarda, 
qiziqarli va mazmunli tashkil etish mahorati, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish qobiliyati shakllangan bo„lishi lozim.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, axborot oqimining tobora ortib borishi, ular 
asosida bajariladigan jarayonlarni yanada tezroq amalga oshirishni talab qiladi. 
Ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri o„quv jarayoniga
zamonaviy axborot va kommunikatsiyalarini joriy etishning o„rni katta. SHu bois 
bugungi kunda zamonaviy texnika vositalariga asoslangan kompyuter texnologiyalarini
o„quv jarayoniga, jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etish davr talabiga
aylangan.
Shundan ko„rinib turibdiki, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda kompyuter
texnologiyalaridan kengroq foydalanib o„quv jarayonini tashkil qilish jiddiy zarurat 
deb aytish mumkin. Ta'lim sifati qachon bo„ladi? Qachonki, o„qitish sifati va ilm 
birgalikda olib borilsa. Bu borada maktablar va oliy ta'lim muassasalarining o„zaro 
hamkorligini ta'minlash orqali ta'lim sifatini oshirish yo„llarini ko„rib chiqish lozim. Bu 
hamkorlik mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga imkon beradi. 
CHunki oliy ta'lim tizimi - shakllangan shaxsni jamiyatga tayyorlab berish degani. 
Bu maktab o„quvchisini kitobdagi narsa bo„yicha o„qitish emas.
Oliy ta'lim muassasasi talabalari jamiyatdagi o„zgarishlarni o„rganib, tayyor kadr
bo„lib, mehnat bozorida o„z o„rnini topishi kerak. Demak oliy ta'lim muassasasi
talabasi, besh yildan keyin jamiyatda qanday o„zgarishlar bo„lishini prognoz qila 
olsagina undan jamiyatga kerakli kadr bo„lib o„z o„rnini topa oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1 Kusko E.N. “
Maktabda o„qitishni takomillashtirishning o„nta samarali usuli”. 
Moskva -2016. 
2. Shavkat Mirziyoyev «Yangi O„zbekiston Strategiyasi».Toshkent – 2022. 
3. INTERNET materiallari. 
 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə