Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'lumot


Binoning konstruktiv yechimlari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə2/4
tarix10.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#132803
1   2   3   4
Saidxon kurs matni (2) (1)

Binoning konstruktiv yechimlari
Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida qurilishi moʻljallangan sanatoriya binosi g‘ishtli elastik variantda qabul qilingan bo‘lib, uning konstruktiv yechimlari binoning funksional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan. Asosiy konstruksiyalarining markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyidagicha keltiriladi.
Poydevorlar
Pishiq g‘ishtdan terilgan ichki va tashqi yuk ko‘taruvchi va pardadevorlar ostiga quyma lentasimon poydevor qabul qilingan bo‘lib, ularning o‘lchamlari yuk ko‘taruvchi devorlar uchun quyidagicha: poydevor eni 0.38 metr, quyilish balandligi 01.3 metr bo‘lib, sinfi B15 bo‘lgan og‘ir betondan barpo etilgan. Poydevor ostiga eni 1.2 m va balandligi 0.3 m bo‘lgan monolit poydevor tagligi quyilgan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa sement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.

Binoning sokol qismi
Binoni poydevorlari qum–sementli qorishma bilan butun yuzasi bo‘yicha gorizontal gidroizolyatsiya qilingandan soʻng, markasi M50 bo‘lgan sement-qumli qorishma yordamida sokol qavati pardoz qilinadi va kafel yopishtirib chiqiladi.

Devorlar
Binoning asosiy yuk ko‘taruvchi devorlari qalinligi 1,5 g‘ishtli g‘isht devorlardan tiklangan. Yuk ko‘taruvchi devorlar markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtlarni murakkab (ohak, sement, qum) qorishmadan foydalanib tiklangan. Binoni yuk ko‘taruvchi devorlarini burchaklari, bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylari armatura to‘rlari yordamida zo‘riqtiriladi. Bundan tashqari eshik va dereza proyomlari atroflari temirbeton konstruksiya bilan o‘ralib chiqilgan. Yuk ko‘taruvchi devorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 4 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va deraza oʻrinlari ustiga monolit temirbetondan tepadonlar (peremichka) quyilgan. Binoning perimetri bo‘yicha va ichki yuk ko‘taruvchi devorlarini qoʻshgan holda, sinfi B15 betondan birinchi va ikkinchi qavatlar ustiga devor qalinligida balandligi 300 mm li monolit temirbeton seysmik belbog‘lar barpo etilgan, seysmik belbog‘lar QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat asosida armaturalar bilan armaturalangan. Binoning kirish qismida balandligi 0.5 metrli monolit betondan zina va panduslar qurish, ularni metall toʻsqichlar bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.



Pardadevorlar
Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida qurilishi moʻljallangan sanatoriya binosining pardadevorlari qalinligi 120 mm li markasi M50 bo‘lgan pishiq g‘ishtni, markasi M25 qorishma yordamidan foydalanib tiklangan. Pardadevorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va deraza oʻrni ustiga metal burchak profildan tepadon (peremichka) qo’yilgan.

Peremichkalar
Bino peremichkalari GOST 948-76 bo‘yicha 4 ta tip o‘lchamlar bo‘yicha quyma temirbetondan o‘lchamlari eshiklar o‘lchamlariga qarab eni devorlar qalinligiga qarab qalinligi 220 mm li qilib qabul qilingan bo‘lib, ularni g‘ishtli devorlarni tiklash paytida quyib boriladi.



Orayopmalar
Binoning tomyopamalari 1.142-1 seriyani 11-1 chiqarilishini tip o‘lchamlari bo‘yicha o‘lchamlari 6.2x1,2 metrli oldindan zo‘riqtirilgan yig‘ma ko‘p bo‘shliqli temirbeton plitalar qabul qilingan bo‘lib , ularning balandligi 220 mm ga teng.





Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə