Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'lumot



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə1/4
tarix10.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#132803
  1   2   3   4
Saidxon kurs matni (2) (1)




KIRISH
Men Alixonov Saidxon Abrorxon Farg‘ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 3-bosqich 78-20 QMBKICH guruh talabasiman. Menga Arxitektura fanidan kurs loyihasi uchun Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida qurilishi mo'ljallanayotgan ikki qavatli sanatoriya binosini loyihalash topshirig'i berildi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga (keyingi o‘rinlarda — Dasturlar) kiritilgan loyihalar, shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalar nomli qaroriga muvofiq. Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida ikki qavatli sanatoriya binosini loyihaladim


Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'lumot
Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida qurilishi moʻljallangan sanatoriya binosini loyihalashda tabiiy iqlim sharoitini hisobga olindi. Unga koʻra, havoning qishdagi maksimal sovuq harorati -33o C , yozdagi maksimal issiq harorati +57o C , qishdagi o‘rtacha eng sovuq besh kunlik harorat -15.5o C , yozdagi eng issiq besh kunlik harorat +44.9o C ga to‘g‘ri keladi.
Shamol ta’siridan xosil bo‘ladigan maksimal bosim -240 n/m2, qor qatlamini me’yoriy qiymati -700 n/m2, yerning zilzila paytida hosil bo‘ladigan silkinish darajasi SBM shkalasi bo‘yicha QMQ 2.01.03-19 ga asosan 8 ballga teng.

1-jadval


Oylar bo'yicha xarakteristika

Tomonlar orentatsiyasi

oylar

xarakteristika

Sh

Sh.Sh.

Sh

J.Sh.

J

J.G‘.

G‘

Sh.G‘

iyul

Shamol qaytarilishi, %

6

10

11

10

14

30

15

4

Shamol tezligi, m/s

2.3

2.3

2.0

1.9

2.5

4.5

3.8

2.4

yanvar

Shamol qaytarilishi, %

8

23

23

11

7

17

9

2

Shamol tezligi, m/s

1.7

2.0

1.8

1.7

2.4

5.4

4.0

1.7


Binoning bosh rejasi
Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida qurilishi moʻljallangan sanatoriya binosini bosh rejasi qurilish me’yorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shahar markaziga yaqin hududga qurish uchun mo‘ljallangan.
Binoning bosh rejasini ishlab chiqishda binoning funksional xususiyatlaridan, binoning xizmat ko‘rsatish soxasi uchun yoki binoni xizmat ko‘rsatuvchi binolarga yaqin qilib joylashtirish iqtisodiy jixatdan samarali xisoblanadi.
Bosh rejada atrof-muhitni himoya qilish, sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish maqsadida qurilish maydonini bir va ko‘p yillik daraxtlar, butalar va gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish nazarda tutilgan, ularni sug‘orish uchun tomchilatib sug’orish tizimi loyihalangan. Bulardan tashqari bino va inshootlarni bir-biri bilan funksional jarayoni olib borish uchun asfalt yo‘llari va yo‘lkalar bilan bog‘lash bosh rejada keltirilgan.


Binoning xajmiy –rejaviy yechimlari

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida qurilishi moʻljallangan sanatoriya binosini hajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyihalash talablari asosida olib borilgan boʻlib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi. Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning gabarit o‘lchamlari 55.28x11.58 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-10) o‘qlar orasida 54.9 metr bo‘lsa, uning eni (A-B) o‘qlar orasida 11.2 metrni tashkil etadi, bino ikki qavatli bo‘lib, qavat balandligi 3.3 metrga teng bo‘lib, umumiy balandligi 9.15 metrni tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning oldi tomoni orqali amalga oshiriladi. Binoda quyidagi xonalar nazarda tutilgan: Yotoqxona, oshxona, sanuzel, omborxona va hojatxona. Binoda issiq va sovuq suv tizimi mavjud. Ta'minot zamonaviy texnologiyalar asosida bajariladi. Barcha xonalar kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari binoga alohida transformator o'rnatilgan bo'lib,mukammal elektr uzatish tizimi qo'llanilgan.Loyihalash jarayonida binoning mustahkamligi va ustuvorligi inobatga olingan. Bino joylashgan hudud alohida o'rganib chiqilgan. Gruntlar zichlangan, kotlovanlar kovlanib temirbeton monolit poydevorlar quyilib, kolonnalarga mustahkam ulangan.Binoga kirishda monolit betondan zinapoya, qiya yoʻlak (pandus) qurilgan va metaltoʻsqichlar bilan taʼminlangan




Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə