Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/187
tarix24.12.2023
ölçüsü112 Kb.
#160227
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Cho‘kindi tog‘ jinslari. 
Chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari - qum va 
shag‘al beton uchun to‘ldiruvchi, temiryo41 qurilishida ballast sifatida va 
y o ‘l qoplamalarida ishlatiladi. Qum shisha va keramika ishlab chiqarish 
sanoatida xomashyoning asosiy tashkil etuvchisi sifatida qo‘llaniladi.
Gilli cho‘kindi -
tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, sluda, dala shpati va 
boshqa minerallaming 0,01-0,001 mm. zarrachalari kiradi.
Kaolinli
- gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. 
Ular y o g ‘lik va olovga bardoshli bo ‘lgani uchun keramika ishlab 
chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy 
xomashyodir.
Qumtoshlar
- kvarsning sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, 
xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi 
sifatida ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar
- tabiiy sementlangan tosh va mayda 
toshdan iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli 
cho‘kindi tog‘ jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho'kindi jinslarga
- karbonatlar, sulfatlar va 
allitlar kiradi.
Karbonatli jinslarga
- ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh 
tarkibida 50 foiz ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50 foiz ko‘p dolomit 
jinslari bo‘ladi. Jins tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning 
tarkibi toza ohaktoshdan toza dolomitga qadar o ‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. 
Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar
-
mergel deyiladi.
Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi. Ohak­
tosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, hattoki, qora rangda, dolomit esa oq, 
sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.
24


Ohaktosh va dolomit -
zaxiralari hamma q it’alarda uchraydi. 
Ulami qazib chiqarish va qayta ishlash oson. Ular qurilishda poydevor 
va devorlarda,*binolarni bezashda, beton uchun to ‘ldiruvchi sifatida, 
ohak va sement bog‘lovchilari olishda ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi 
va olovbardosh materiallar, sement, shisha, keramika va metallurgiya 
sanoatida ishlatiladi.1^
Sulfatli jinslarga -
gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan 
yumshoq bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulrang- 
havorang ranglarda bo ‘ladi. Gips va angidrit tosh holatida qurilishda 
bog‘ilovchilar olishda ishlatiladi. Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida 
ko‘plab uchraydi va tozaligi bilan farqlanadi.
M agnezit-
magnezit minerallaridan iborat, olovga bardoshli material, 
bog'lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bog‘lovchi yog‘och chiqindilari 
asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi.
Allit -
jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit- 
alyuminiy gidroksidi qizil, q o‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda 
b o ‘lib, olov bardosh, qum qayroq, alyum iniy ishlab chiqarishda 
xomashyodir. Laterit kaolinit va temir gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir 
va sariq ranglarda bo‘ladi.
Orgonogen cho‘kindijinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit
kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli 
suvo‘tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen 
ohaktoshning bir turi bo‘r hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib, 
bo‘yoq, zamazka uchun pigment, ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab 
chiqarishda ishlatiladi. Chig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 g/ sm3yengil 
arralanuvchan,
Teksturasi chiroyli jins bo‘Igani uchun qurilishda ichki, tashqi devor 
va pollarni qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilaridan beton uchun 
to‘ldiruvchi sifatida foydalaniladi. Diatomit, trepel va opokalar, asosan, 
diatomitli suvo‘tlari qobiqlari, toshga aylangan mikroorganizmlardan, 
amorf kremnezyomdan iborat uvalanadigan tog‘ jinslaridir. Ular issiqlik 
izolyatsiyasi materiallari olishda, sement uchun aktiv mineral qo‘shimcha 
sifatida ishlatiladi.
Metamorfik tog‘ jinslaridan -
qurilishda ko‘p ishlatiladigani gneyslar, 
gilli slaneslar, marmarlar va kvarsitlardir.
Gneyslar slanessimon -
(qatlamli) tuzilishga ega bolib, granitlaming 
metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Gneyslar tarkibiga kvars,
25


biotit, rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit 
kabi yuqori mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi. 
Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi.
Kristalli slaneslar -
mayda donali kvars, biotit va m uskavit 
minerallaridan iborat; gilli, kremniyli, sludali va boshqa turlari mavjud 
bo‘lib, tombop plitalar tayyorlanadi. Slanes 2-8 mm. qalinlikda osongina 
qatlam lanadi. Uning zichligi 2,7 -2 ,8 g/sm 3 g ‘ovakligi 0,3-3 foiz, 
siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa.
Kvarsitiar -
qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan 
mayda donali to g‘ jinslari 95-99 foiz (SiO,) dan iborat, siqilishdagi 
mustahkamligi 100^455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770 °S.
Qurilishda kvarsitiar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik 
qoplamalarida kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar
- mayda, o ‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib, 
ohaktosh va dolomitlami yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga 
uchrashidan hosil bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa, 
yashil, qizil, kulrang, qora va qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan mine- 
rallaming bir tekis tarqalmaganligi marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga 
sababchidir. Marmar zichligi 2,8 g/sm3, suv shimuvchanligi 0,7 foizgacha, 
siqilishdagi mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3—4. Marmar oson 
qayta ishlanadi va jilolanadi. Mannar qurilishda ichki va tashqi devorlami 
bezashda, zinapoya, deraza tokchalari, chiqindilari esa koshinkorbeton 
buyumlar, murakkab bezak qorishmalari tayvorlashda ishlatiladi. Marmar 
bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun ishlatilganda vaqt mobaynida 
havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida jilosini yo‘qotib boradi. Marmar 
0 ‘zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog ‘ tizmalarida ko‘plab 
uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota mannar konlari tizimidir. 
Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli teatr, «Istiqlol» saroyi binolari 
mahalliy marmar toshlar bilan bezatilgan.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə