Bino va inshootlar qurilishi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#161045
1   2   3   4
Alisher Istatov (3)

JIZZAX


Jizzax shahar — Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi
Shahar Sangzor daryosi boʻyida shimoliy etaklarida, Mirzachoʻl dashtining janubiy qismida, 460 m balandlikda, Toshkent-Samarqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Maydoni 0,1 ming km² (49640 ga). 2023-yilning 1-aprel holatiga Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 1 483,1 ming kishini, Jizzax shahar aholisi esa 188,3 ming kishini tashkil etgan.
Eng mashhur versiyalardan biriga koʻra, shahar nomi „Dizak“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „kichik qal’a“ degan maʼnoni anglatadi.
Shaharning maydoni taxminan 0,1 ming km² (49640 ga). Jizzax Sangzor daryosi vodiysida, Nurota togʻlarining shimoliy etagida, Mirzachoʻl dashtining janubida joylashgan. Shahar Toshkentdan 180 km janubi-gʻarbda, Samarqanddan 90 km shimoli-sharqda joylashgan. Jizzax shahri egallab turgan hudud Jizzax viloyatining  ,,Sharof Rashidov tumani” bilan chegaradosh.
Iqlimi keskin kontinental. Yanvardagi oʻrtacha harorat 1,5°, minimum − 35°, iyulda oʻrtacha haorat 28,5°, maksimum − 46°.
Jizzax shahar aholisi 188,3 ming kishini tashkil etadi va uning milliy tarkibi: oʻzbeklar (85,6%), ruslar (4,5%), tojiklar (2,0%), tatarlar (1,2%), qozoqlar (1,8%), qirgʻizlar (0,7%) va boshqa millat (4,2%) vakillari.

Jizzaxda „Sayhonsoy qoyatoshlari“dagi suratlar (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi tahmin etilayotgan „Peshagʻor gʻori“ madaniy qatlamlari, ikki ming − ikki yarim ming yillik tarixga ega „Mozorsoy yodgorliklari“, „Jomonjar yer osti ehromlari“, qadimgi manbalarda tilga olingan Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq (1,2,3,4,5,6), Marsmanda, undanda qadimiyroq xitoy solnomalarida tilga olingan „Yecha shahri“ qoldiqlari boʻlmish qadimgi qal’alar va shaharlar saqlanib qolgan.


Jizzax viloyatida „Temir darboza“, „Saʼd ibn abu Vaqqos“, „Parpi ota“, „Xoʻjamushkent ota“, „Novqa ota“, „Oʻsmat ota“, „Said Burhoniddin Qilich“, „Xoʻjabogʻbon ota“ kabi koʻplab ziyorat manzillari va qadamjolar bor.
2008-yilning 10-iyun holatiga Jizzax viloyati hududida jami 372 ta madaniy meros obyektlari, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar (haykallar, byustlar, hotira maydonlari) „Davlat muhofazasi roʻyxatlari“ga kiritilgan.






  1. jadval


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə