Bino va inshootlarning yer usti qismini barpo etish


Y uk ko’tarish jihozlari nomi



Yüklə 111,22 Kb.
səhifə2/3
tarix11.05.2022
ölçüsü111,22 Kb.
#86586
1   2   3
Yer inshoatlarining turlari va ularni barpo etish usullari

Y
uk ko’tarish jihozlari nomi

a- blok, b- polispast; 1-proushina; 2- tortqi; 3- jag’; 4- o’q; 5- traversa; 6- rolik; 7- ilmoq; 8- harakatlanuvchi blok; 9- kanatning uchi;10- harakatlanuvchi blok; b- yukni richakli dastaki chig’ir bilan ko’tarish sxemasi: 1- chig’ir biriktiriladigan ilmoq; 2- teleskopik richak; 3- korpus (ichida tortadigan mexanizm bor); 4- qimirlamaydigan bolt; 5- ilmoqli po’lat kanat; 6- oboyma; 7-ko’tariladigan yuk.




Ko’p rolikli bloklarning roliklari soni 2 ta dan 6 ta gacha bo’ladi, og’ir yuklarni ko’taradi. Ikki rolikli bloklar 10-25 tonnagacha, ko’p rolikli bloklar esa 40 t gacha yuk ko’taradi. Blokning texnik pasportida uning qancha yuk ko’tara olishi va sinovdan o’tkazish natijasi yozib qo’yilgan bo’ladi.

Polispast lar po’lat kanat yordamida o’zaro biriktirilgan harakatlanuvchi va qo’zg’almas bloklar sistemasidan iborat. Polispastlardan mustaqil ravishda yoki yuk ko’taradigan mashinalar bilan birgalikda foydalaniladi. Polispast kanatining bir uchi qo’zg’almas blokka, ikkinchi uchi esa yuk chig’iri barabaniga biriktirilgan. Harakatlanuvchi va qo’zg’almas bloklarda 1-7 rolik bo’ladi. Polispastlar 75 tonnagacha yuk ko’tara oladi. Harakatlanadigan blokning har bir bloki ikki barovar kamroq kuch sarflashga imkon beradi, biroq yuk ko’tarish tezligi hamda vaqti shunga yarasha kamayadi.

Domkratlar konstruksiyalarni ko’tarishga va ozgina balandlikka siljitishga yordam beradigan ko’chma, ixcham mexanizmdir.

Montaj ishlarida domkratlarning asosan qo’yidagi turlarlari qo’llaniladi: Reykali, vintli va gidravlik domkratlar.

Reykali domkratlar-korpusiga surilib chiqadigan tishli reyka joylangan; reykaning “kallagi” va “panjasi” bor. Domkratdan foydalanayotganda reykaning yo kallagi yoki panjasi yuk ostiga to’g’ri keltiriladi, so’ngra dastani burab yuk ko’tariladi. Domkrat yukni ko’targan holda tormozlab qo’yiladi (tormoz “sobachka” yoki xrapovikdan iborat). Bunday domkratlar 10 t gacha, “panja” esa 50% kamroq yuk ko’taradi.

Vintli domkratlar korpus, tayanch kallakli vint va sobachkali dastadan iborat.

Yukni ko’tarish uchun dastani lom yordamida burish mumkin. Domkrat yukni ko’targan holda tormozlanadi, lekin bunda u qiyshaymasligi, to’g’ri turishi lozim, aks holda vinti egiladi. Vintli domkratlar 20 tonnagacha yuk ko’tara oladi.



Gidravlik domkratlar ularning ichiga nasos o’rnatilgani ham nasosga

ulanadigan ham bo’ladi. Ixcham holda ham rezervuardan silindrga haydab chiqarilgan suyuqlik yuk ortilgan porshenni suradi.

Bu domkrat 50-300 tonnagacha yukni ko’tara oladi. Yuk tushirilayotganda ventil buralib, suyuqlik rezervuarga qaytadi va porshen pastga surilib tushadi. Chig’irlar yukni ko’taradi va suradi. Dastaki va elektryuritmali chig’irlar mavjud. Dastaki chig’irlar 10 tonnagacha yukni ko’taradi. Yukni ko’tarish uchun dastani aylantirish kerak, shunda kanat o’ralgan barabanni tishli uzatma buradi. Dastaki chig’irlarni tasmali tormoz yoki sobachkali xrapovik tormozlaydi.

Elektr yuritmali chig’irlar 40 tonnagacha yuk ko’taradi. Elektr dvigatel po’lat kanat o’ralgan barabanni reduktor vositasida aylantiradi.Yukni tu-shirayotganda elektr dvigatel vali teskari tomonga aylanadi. Reduktorli elektr chi-g’irlarning bir xil va ko’p xil tezlikda ishlaydiganlari mavjud. Maxsus tayyorligi bo’lgan ishchilargina elektr chig’irda ishlashga qo’yiladi.

Qurilish konstruksiyalarini ko’tarish uchun takelaj moslamalari qo’llanadi. Takelaj moslamalariga har xil kanat (sim arqon), stroplar, traversalar va boshqa-lar (qisqichlar ham) kiradi.

S t r o p ilmoqli yoki xalqali kanop bo’laklaridan iborat bo’lib, ko’tariladigan konstruksiya kranning shu ilmog’iga osiladi.

S t r o plar tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

U n i v e r s a l – 19.5-30 mm diametrli kanatdan yasalgan, tutash xalqa (sirtmoq)dan iborat. 10 tonnagacha yuk ko’tara oladi;

I k k i t a r m o q l i, to’rt tarmoqli va muvozanat saqlaydigan o l t i t a r m o q li bo’ladi.

T r a v e r s a l a r - uzun va hajmiy konstruksiyalarni ko’taradigan moslama. Ular stroplar osilgan to’sin va fermalardan tashkil topgan.

T r a v e r s a l a r tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:



  • isirg’a ko’rinishidagi traversa;

  • to’sin shaklidagi traversa;

  • universal traversa;

  • “o’rgimchaksimon” traversa;

  • romli traversa;

  • shayinlar osilgan to’sinli traversa.

Konstruksiyalar qamragichlar yordamida o’rnatiladi:

  • yarim avtomatik qulfli qamragich, konsolli kolonnani ko’tarishga yordam beradi;

  • friksion qamragich, konsolsiz kolonnalarni ko’tarish uchun xizmat qiladi;

  • shtirli qamragich-qamragich shitiri konstruksiyaning teshigiga kirib turadi.

Konstruksiyalar muayyan masofaga ko’tarib olib borilgach, u avtomatik ravishda ochiladi, ya’ni masofadan boshqariladi.Shuningdek qamragichlarning boshqa turlari ham mavjud.Yuk ko’tarish moslamalari stroplar va traversalar montaj qilinadigan konstruksiyalarning og’irligi va geometrik o’lchamlariga ko’ra tanlanadi. Zarur bo’ladigan yuk ko’tarish moslamalarning turlari va texnik tavsifi ma’lumotnoma adabiyotlarida keltirilgan.


Yüklə 111,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə