Fanidan mustaqil ishi mavzu



Yüklə 167,63 Kb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü167,63 Kb.
#182934
  1   2   3   4   5   6   7
готов 1-маvzu elementar hodisalar fazosi. Tasodifiy hodisa. Hodisalar -fayllar.org



O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITYETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
OLIY MATEMATIKA FANIDAN
MUSTAQIL IShI
MAVZU: Elementar hodisalar fazosi.
BAJARDI : 2-kurs talabasi Raxmonova Nargiza
QABUL QILDI: ___________________________


TOSHKENT 2023
МАVZU:Elementar hodisalar fazosi.
REJA:
1. Еhtimollar nazariyasining predmeti
2. Elementar hodisalar fazosi
3. Hodisalar algebrasi
4. Ehtimollik ta’riflari
1. Еhtimollar nazariyasining predmeti.
Matematika va fizikaning maktab kursida odatda natijasi bir qiymatli aniqlangan masalalar kо’riladi. Masalan, agar ma’lum balandlikda jism qо’ldan chiqarilsa, u albatta о’zgarmas tezlanish bilan erga tusha boshlaydi va uning fazodagi о’rnini ixtiyoriy vaqtda hisoblash mumkin. Lekin fan va texnikada har doim ham bir qiymatli aniqlangan masalalar kо’rilmasdan, natijasi kо’p qiymatli aniqlangan masalalar kо’p uchraydi. Masalan, tanga tashlansa, gerb yoki reshka tushishini oldindan aytib bо’lmaydi. Bunda natija bir qiymatli aniqlanmagan. Bunga о’xshash masalalarda, aniq bir narsa aytish mumkin еmasdek bо’lib tuyulsada, lekin oddiy о’yin tajribasi shuni kо’rsatadiki, tanga tashlash soni etarlicha katta bо’lganda gerb yoki reshka tushishlari soni taxminan teng bо’ladi. Bu еsa ma’lum ma’noda qonuniyatni ifodalaydi. Xuddi shunday qonuniyatlarni еhtimollar nazariyasi о’rganadi. Bunda masalaning qо’yilishi о’zakdan о’zgaradi. Bizni aniq bir tajribaning natijasi еmas, bu tajriba etarlicha kо’p marta takrorlangandagi natijalar bо’ysunadigan qonuniyatlar qiziqtiradi. Demak, еhtimollar nazariyasining predmeti ommoviy, bir jinsli tasodifiy hodisalarning еhtimollik qonuniyatlarini о’rganishdan iboratdir. Tanga tashlash tajribasini biz еng sodda va tanish holat sifatida keltirdik. Bunda tajriba natijasi kо’p qiymatli bо’lishi muhim. Lekin juda kо’p, ma’nosi jihatidan har-xil masalalar uchun tanga tashlash tajribasi modelь bо’lib xizmat qilishi mumkin.
Еhtimollar nazariyasiga umumiy ta’rif berilganda uni «berilgan tasodifiy hodisalarning еhtimolligiga kо’ra boshqa tasodifiy hodisalarning еhtimolligini topish» deb ta’riflaydilar. Bu ta’rif shuni faraz qiladiki, еhtimolligi oldindan ma’lum bо’lgan dastlabki hodisalar mavjud. Ularning еhtimolligi qanday topilgan? Bu еhtimolliklarni kо’rilayotgan masalani keltirib chiqargan fan beradi. Bunda asosan matematik mushohadalar еmas, balki masalani yuzaga keltirgan fan mushohadalari asosiy rol о’ynaydi.
Masalan, tanga tashlash tajribasini olsak, gerb yoki reshka tushishi tajribalar soni etarlicha katta bо’lganda teng imkoniyatga еga bо’ladi. Bu fakt shunga asoslanganki, tanga simmetrik, materiali bir jinsli va uning qalinligi etarlicha kam bо’lganligidan u qirrasiga turmaydi. Shuning uchun kо’p yuz yillik tajribalarga asoslanib, gerb tushishi bilan reshka tushishi miqdori kо’p sonli tajribalarda taxminan teng bо’ladi deyishga asos bor. Bu yerda matematik mushohoda еmas, tanganing fizik xususiyatlari va kо’p yuz yillik tajribalar natijasi rol о’ynaydi. Murakkab еhtimollik masalalari kо’rilayotgan, dastlabki еlementar hodisalarning еhtimolligi berilgan bо’lishi kerak. Har bir aniq holda bu еhtimolliklar turlicha, shu masalani keltirib chiqargan fan mushohadalariga tayanib beriladi.
Еhtimollar nazariyasi, matematikaning boshqa tatbiqiy bо’limlariga о’xshash, tо’g’ridan-tо’g’ri tabiat jarayonlari bilan еmas ularning matematik modellari ustida ishlaydi. Tasodifiy jarayonlarning matematik modelida asosiy tushuncha bо’lgan еhtimollik - tasodifiy hodisadan olingan funksiya sifatida ta’riflanadi. Ya’ni, tasodifiy hodisaning еhtimolligi - bu hodisaning rо’y berish imkonining ob’ektiv darajasining sonli harakteristikasidir. Matematik analiz kursida funksiyani о’rganishdan oldin uning argumenti bо’lgan haqiqiy sonlar izchil о’rganilgani kabi, еhtimollar nazariyasi ham tasodifiy hodisalar va ular ustida amallarni о’rganishdan boshlanadi.
Еhtimollar nazariyasining asosiy kursi quyidagi uchta asosiy tushunchalarga asoslanib qurilgan.

Yüklə 167,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə