Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197
Biologiya-10-sinf

biologik yuksalish 
(progress) deb 
ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan 
Hindiston maynasi biologik progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan 
instinktning yo‘qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilma-xil 
oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g‘olib 
kelib, son jihatdan tobora ko‘paya borishiga, arealining kengayishiga sabab 
bo‘lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning 
chegara tumanlarida uchragan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib uni shimoliy 
tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko‘rish
 
mumkin. 
A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘na-
lishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya umumiy 
degeneratsiya asosida bo‘lishini aniqladilar.
Biologik progress har xil usulda amalga oshadi. Uning birinchi usulida 
tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo

lgan
 
organlar sistemalari takomillashadi. U 
morfofi ziologik yuksalish (progress) – 
aromorfoz 
deb nomlanadi. Ikkinchi usulda organizm hayot faoliyati uchun 
ikkinchi darajali organlar sistemasi o‘zgaradi va organizmlar tuzilishi murak-
kab lashmaydi, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi usulda organizmlar tuzilishi 
murakkabdan soddaga o‘zgarishi natijasida biologik progressga yo‘liqqan 
bo‘ladi.


215
Morfofi ziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy 
darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o‘zga-
rishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar 
yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada moslanishga 
imkon beradi.
117-rasm.
Evolutsion 
progress ning turli yo‘nalish-
lari: aromorfoz, idioadapta-
tsiya, umumiy degeneratsiya.
O‘simliklarning suv

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə