Biolog 10 indd


Evolutsiyaning turli yo‘nalishlari orasidagi bog‘lanishlar



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197
Biologiya-10-sinf

Evolutsiyaning turli yo‘nalishlari orasidagi bog‘lanishlar. 
Hayvonlar va 
o‘simliklarning tarixiy rivojlanishida aromorfozlar idioadaptatsiyaga nisbatan 
kam uchraydi. Shunga qaramay aromorfozlar organik olamning rivojlanishida 
doimo yangi, yuqori bosqich amalga oshganligini ifodalaydi. Aromorfoz 
yo‘nalishi tufayli tuzilishi murakkablashgan organizmlar ajdodlarga nisbatan 
yangi o‘zgargan muhitga ko‘proq moslashadilar. Bu moslashish evolutsiyaning 
idioadaptatsiya, ba’zan umumiy degeneratsiya yo‘nalishi bilan mustahkamlanib 
boradi. Binobarin, har bir aromorfozdan so‘ng idioadaptatsiyalar uchun yangi 
imkoniyatlar yaraladi. Idioadaptatsiya va umumiy degeneratsiya esa aromorfoz 
yo‘li bilan paydo bo‘lgan organizmlarning tuzilish darajasini oshirmagan holda 
muhitga moslashib olishni ta’minlaydi.
Tayanch so‘zlar: 
progress,
 
aromozfoz,
 
idioadaptatsiya,
 
degeneratsiya.
Savol va topshiriqlar:
1. Evolutsion jarayonlarning turli yo‘nalishlarini izohlab bering.
2. Aromorfozlarning yashash uchun kurashdagi afzalliklarini tushuntiring.
3. Idioadaptatsiyalar
 
aromorfozlarga qiyosiy ta’rif bering.


218
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
Quyida berilgan misollar evolutsiyaning 
qaysi yo‘nalishiga tegishli ekanligini aniqlang va yozing. 
T/r
Evolutsion jarayonda hosil bo‘lgan moslanishlar
Evolutsiya yo‘nalishi 
1
Fotosintez jarayonining paydo bo‘lishi
2
Gulning paydo bo‘lishi
3
Qishda sutemizuvchilarda qalin yung qatlami hosil bo‘lishi
4
Tovushqon yung rangining qishda o‘zgarishi
5
Parazit chuvalchanglarda so‘rg‘ichlarning bo‘lishi
6
Hasharotlarda og‘iz apparatining xilma-xilligi
7
Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanishning paydo bo‘lishi
8
Kaktus o‘simligida bargning shakl o‘zgarishi
9
Jigar qurtida harakat a’zolarining yo‘qligi
10 Qo‘ytikan mevasida tikanlarning bo‘lishi
11 Urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi
12 To‘rt kamerali yurakning paydo bo‘lishi
13 O‘pka bilan nafas oluvchi hayvonlarning kelib chiqishi
14 Qovog‘arining ogohlantiruvchi rangining paydo bo‘lishi

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə