Biolog 10 indd


-§. YERDA HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197
Biologiya-10-sinf

51-§. YERDA HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI 
HAQIDAGI NAZARIYALAR
Hayotning ta’rifi . 
Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib chiqishi 
va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan 
biridir. 
Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. 
Hayotning paydo 
bo‘lishi insoniyatni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. 
Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar mavjud. 
Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi 
haqidagi tushunchalar qadimgi 
Xitoy, Vavilon va Misrda keng tarqalgan edi. Mashhur Aristotel ham bu 
farazning tarafdori bo‘lgan. Bu faraz tarafdorlari tirik organizmlar o‘z-o‘zidan 
notirik tabiatdan paydo bo‘ldi deb hisoblaydilar. 1688-yilda Italiya olimi 
F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi. 
F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi 
uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘z-o‘zidan paydo 


219
bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni 
tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq 
qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi (119-rasm).
119-rasm.
Redi tajribasi.
Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq 
idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, 
mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida pashshaning lichinkalari 
chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan 
chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat 
mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini 
tajribada tasdiqladi.
XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan 
tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘lmasligini isbotladi.
Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini 
uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin 
unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar 
ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikro organizmlar 
va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi 
shisha naychani biriktirib qo‘ydi (120-rasm).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə