Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   197
Biologiya-10-sinf

Tayanch so‘zlar: 
protobiontlar, kofermentlar
,
abiogen, matritsali sintez.
Savol va topshiriqlar:
1. Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.
2. Hayotning biologik evolutsiyasi qachon boshlanishini tushuntiring.
3. Koatservatlar hosil bo‘lishi jarayonini tushuntiring.
4. Hozirgi zamonda hayot abiogen sintez yo‘li bilan qaytadan hosil bo‘lishi 
mumkinmi?
5. Abiogen sintezni tasdiqlovchi qanday ma’lumotlarni bilasiz?
53-§. ARXEY, PROTEROZOY ERALARIDAGI HAYOT
Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yil 
ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, 
odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. 
Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar rivojlanish tarixi eralarga, eralar esa 
davrlarga, davrlar epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon tilidagi 
arxey 
(arxeis) – eng qadimgi
proterozoy 
(proteroszoe) – dastlabki hayot, 
paleozoy 
(paleozoe) – qadimgi hayot, 
mezazoy 
(mezos) – o‘rta hayot, 
kaynazoy 
(kainos) 
– yangi hayot degan ma’nolarni bildiradi. 


224
Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari
 
yuqori haro-
rat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib,
 
o‘zidan hech qanday hayot 
izlarini qoldirmagan.
 
Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘l-
gan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning 
bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi 
fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik 
va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar – 
prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari – sianobakteriyalar bo‘lgan. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə