Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   197
Biologiya-10-sinf

120-rasm.
L. Paster tajribasi.
Bakteriyalar 
cho‘kmasi


220
Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi 
va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar 
o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida suyuqlik 
steril (toza) holatda qoladi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.
Shunday qilib, hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o‘z-o‘zidan 
paydo bo‘la olmasligi F.
 
Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.
L. Pasterning tajribalari amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Oziqa 
mahsulotlarini konservatsiyalash, sut mahsulotlarini pasterizatsiyalash, tibbi-
yot da yaralarni va jarrohlik asboblarini sterilizatsiyalash L. Paster kashfi yot-
laridan keyin keng qo‘llanila boshlandi.
Panspermiya 
nazariyasiga ko‘ra, hayot mangu mavjuddir va u bir 
sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari 
shved fi zik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I. Vernadskiy, Amerika biofi zigi 
va genetigi F

Krik va boshqalardir. Bu olimlarning fi kriga ko‘ra, hayot Yerda 
paydo bo‘lmagan, boshqa sayyoralardan Yerga meteoritlar orqali yoki yorug‘lik 
nurlarining bosimi ta’sirida kelib qolib, qulay sharoitda, oddiy organizmlardan
murakkab organizmlargacha rivojlangan.
Hayotning biokimyoviy evolutsiyasi
 
to‘g‘risidagi nazariya XX asrning 
20–30-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko‘ra Yerning ilk rivojlanishi 
davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta 
farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda 
sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, 
eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya 
boshlangan.
Ch. Darvin fi kriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina 
kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan 
organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi 
davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas. Yerda hayotning kelib 
chiqishi uchun zarur bo‘lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida 
kislorod bo‘lmasligidir. Chunki kislorod bo‘lsa, u yangi hosil bo‘lgan organik 
moddalarni parchalab tashlagan bo‘lar edi. Biokimyoviy evolutsiya nazariyasi 
bilan keyingi mashg‘ulotda batafsil tanishamiz.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə