Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   197
Biologiya-10-sinf

Proterozoy erasi
2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish ja-
rayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu 
erada bak teri yalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda 
ha yot kechi ruv chi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga – 
biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezni amalga oshirish -
ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob 
organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali 
organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik 
halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi. 
Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi yirik o‘zgarishlarga 
ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib 
keltirish mumkin. Bu ular tanasi oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga 
bo‘linishini ta’minlaydi. Oldingi qismida sezgi organlari, nerv tugunlari 
bo‘ladi. Hayvonlarning yelka tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi, 
qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta’minlaydi. Proterozoy erasining 
oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar – bosh skeletsizlar kenja tipi paydo 
bo‘lgan.
Tayanch so‘zlar: 
era, davr, arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynazoy.
 
Savol va topshiriqlar: 
1. Yerning yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi? 
2. Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiqlari 
saqlanib qolmagan?
3. Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.
4. Proterozoy erasida o‘simliklar evolutsiyasi qanday kechgan?
5. Proterozoy erasidagi hayvonot dunyosi aromorfozlarini aytib bering.


225
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
Arxey erаsidаgi hаyot
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr
Proterozoy erаsidаgi hаyot
Iqlim shаrоiti
O‘simliklаr
Hаyvоnlаr

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə