Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   197
Biologiya-10-sinf

Kaynozoy erasi 
70 mln yil davom etgan. Iqlim iliq, mo‘tadil bo‘lgan. 
Kaynozoy erasida gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchi 
hayvonlar avj olib rivojlangan.


228
Uchlamchi davr 
o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa kes kin 
sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon 
o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan.
Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi 
marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan. 
Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi 
bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar 
va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga kelib odamsimon maymunlar 
rivojlandi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar 
ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ldi. Natijada janubiy «maymunlar» –
avstralopiteklar kelib chiqqan.
Kaynozoy
erasining 
to‘rtlamchi davrida
Yerning katta qismi muz bilan 
qoplangan. Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik 
turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi. 
Odamlarning son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va 
hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli 
o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi. Yevropa va Osiyoda 
mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari
bahaybat yalqov, dengiz sigiri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan 
qirib yuborildi. Yirik o‘txo‘r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi 
g‘or arsloni, ayig‘i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sabab bo‘ldi. 
Tayanch so‘zlar:
mezozoy, trias, yura, bo‘r, kaynazoy, oraliq forma.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə