Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/197
tarix11.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#143814
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197
Biologiya-10-sinf

Savol va topshiriqlar:
1. Mezozoy erasida o‘simliklar yashash uchun kurashda qanday moslanishlar 
hosil qilgan? 
2. Yura davrida o‘txo‘r hayvonlar tanasining yiriklashuviga nima sabab bo‘lgan?
3. Odam evolutsiyasi qaysi davrda tezlashgan?
4. Yer yuzida odamlar populatsiyalarining ortishi dastlab qaysi hayvonlarning 
qirilib ketishiga sabab bo‘lgan? 


229
56-§. ANTROPOLOGIYA – ODAM EVOLUTSIYASI 
HAQIDAGI FAN
Odam – biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy 
mavjudot sifatida fi krlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, 
avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish, 
ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday 
axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat 
taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.
Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik 
mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi.
Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fi krlar asosan molekular 
biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fi ziologiya, embrio logiya va 
paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi 
bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil 
hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar 
kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi. 
Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud: 
7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l va oyoq skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari, 
alveolalar, diafragma, 4 kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi, chap 
aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi.
Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning 
chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan 
dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi 
muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin 
do‘mboqchasi va boshqalar kiradi (121-rasm).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə