Evolyusiya nazariyaSI. Ch. Darvin evolyuSION nazariyasining moxiyaTI



Yüklə 30,85 Kb.
səhifə1/2
tarix05.04.2023
ölçüsü30,85 Kb.
#104205
  1   2
EVOLYUSIYA NAZARIYASI


EVOLYuSIYa NAZARIYaSI. Ch.DARVIN EVOLYuSION NAZARIYaSINING MOXIYaTI


Evolyusiya nazariyasi. Ch.Darvin evolyusion nazariyasining moxiyati
REJA:
1. Ch.Darvinning Bigl kemasidagi sayoxati.
2. Darvinizmning rivojlanishidagi 3 okim.
3. Evolyusiya sintetik nazariyasining umumiy tavsifi.
4. Xulosa.
Tayanch suz va iboralar:
Ch.Darvin, Bigl, evolyusion talimot, klassik Darvinizm, Lamarkcha Darvinizm, sintetik nazariya, tur, adaptatsiya.
Tabiiyotshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turli shaxobchalarida yig‘ilgan dallilarni, fikr-mulohazalarni to‘plash, xulosalash va ular zaminida organik olam evolyusiyasi haqidagi yaxlit nazariya ishlab chiqishedi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo‘lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin shunday shaxs ekanini amalda namoyon etdi.
Darvinning tarjimai holi va Biglg‘ kemasidagi safari.
Evolyusion nazariyaning asoschisi bo‘lmish Ch. Darvin 1809 yili 12 fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tvallud topdi. U maktabni tugatgach, Edinburg dorilfununining shifokorlar tayyorlaydigan fakulg‘tetiga o‘qishga kirdi. Biroq ko‘pgina tibbiyot fanlarining lotin tilida o‘qitilishi hamda bemorlarni narkozsiz operatsiya qilinishi Darvinda tibbiyotga nisbatan hech qanday qiziqish uybotmadi. Shu sababli, u dorilfununni tashlab otasining tavsiyasiga ko‘ra Kembridj dorilfununining cherkov xodimlari tayyorlaydigan fakulg‘tetiga o‘qishga kirdi. Bu yerda Darvin diniy aqidalar bilan unchalik shug‘ullanmasdan professorlar D.Guker va A. Sedjviklar rahbarligida tabiiy fanlar bilan shug‘ullandi va tabiatga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda faol qatnashdi. 1831 yili dorilfununni tamomlasa ham cherkov xodimi bo‘lib ishlamadi. Yosh Darvinning tabiiy fanlarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqining zo‘rligi va tabiat qo‘ynida kuzatish ishlari olib boirsh mahoratidan xabardor bo‘lgan prof. Genslo uni dunyo safariga otlanayotgan “Biglg‘” (Iskovich) kemasiga tabiiyotshunos sifatida qabul qilinishiga tavsiyanoma berdi. Mazkur kemaning tabiatshunosi sifatida Darvin besh yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida, ko‘pgina orollarda, Janubiy Amerikaning sharqi-g‘arbiy qirg‘oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o‘lkalarida bo‘ldi va u yerlarda qadimgi davrlarda va hozirgi vaqtda tarqalgan o‘simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgari vaqtlarda o‘lib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o‘rtasida juda ko‘p o‘xshashdik va farqlar borligini ehtirof etdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o‘zaro taqqoslab, Janubiy Amerikada lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r, zirhli hayvonlar borligini, ular Shimoliy Amerikada uchramasligini aniqladi. Darvinning uqtirishicha qadimgi davrlarda bu ikki qitha yagona bo‘lgan. Keyinchalik Meksika tog‘lari tufayli yagona qitha ikkiga bo‘lingan. Natijada ularning hayvonot va o‘simlik olamida farqlar paydo bo‘lgan. Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 900 km uzoqlikdagi Galopogoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga soladi. U yerda qushlar, sudrali yuruvchilar ko‘p uchraydi. Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vhyuroklar, sudraluvchilardan toshbaqalarni har bir oroldagi xillari o‘ziga xos tuzilishga ega. Umuman olganda, Galopogoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash. Lekin ayrim belgi, xossalari bo‘yicha farq qiladi.
Darvin besh yillik safardan juda boy kolleksiya, gerbariy va qotirilgan, fiesirlangan hayvon va o‘simliklar bilan qaytdi. Bu safar unga organik olam evolyusiyasi haqidagi ta’limot uchun asos bo‘lgan dalillarni to‘plash imkonini yaratdi va uning kealjagini belgilab berdi.

Yüklə 30,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə