Biologik resurslar haqida tushuncha



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə4/5
tarix29.09.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#124841
1   2   3   4   5
8-Mavzu Biologik resurslar. O’simlik va hayvonot dunyosi, bioxilmaxillik

Bioxilmaxillik

  • O`zbekiston o`zining barqaror rivojlanishi uchun 1995-yilda bioxilma-xillik to`g`risidagi xalqaro Konvensiyaga qo`shildi. Istiqlolning dastlabki yillaridan hududimiz bioxilma-xilligini muhofazalashga katta e‘tibor qaratilib kelinadi. Uning huquqiy asoslari yaratildi va takomillashtirilmoqda. 1992 -yil «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», 1993 yil «Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida», 1993 yil «Suv va suvdan foydalanish haqida» qonun qabul qilindi. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, yer yuzida insonning tabiatga noto`g`ri munosabati oqibatida, o`simliklarning ming yillar davomida tashkil topgan tabiiy manzarasi o`zgarib, qashshoqlashib, yashil olam o`zining ko`rkini yo`qotmoqda, tabiatning ekologik muvozanati buzilmoqda. Yana tabiiy maydonlar shiddat bilan o`zlashtirilayapti. Oqibatda o`simliklarning noyob turlari, endem turlar tabiatdan yo`qolib ketish xavfi ostida. Bu esa o`simliklar genofondining kamayishiga sabab bo`lmoqda.

Bioxilmaxillikning bugungi holati va istiqbollari

  • Tabiatimizning biologik va landshaft xilma-xilligi milliy boyligimiz. Bu boylik bir necha ming-ming yillik evolyutsiya davomida paydo bo`lgan hamda ajdodlarimiz ulardan oqilona foydalanib, bizga meros qoldirgan. Afsuski, o`tgan yuz yillikning so`nggi 50-60 yilida tabiiy yaylovlarimiz shiddat bilan o`zlashtirildi, suv, botqoq tizimiga putur yetdi. Oqibatda cho`l, yarim cho`l, dashtlardagi betakror cho`l biologik majmualarimiz keskin qisqarib ketdi. Fauna-bioxilma-xillikning muhim bo`g`ini. O`zbekiston hayvonot olami juda qadimiy hamda o`ta murakkab genetik rishtalar orqali o`zaro bog`langan. Hududimizda Yevroosiyo cho`llari, Hindi-Xitoydan, O`rta Yer dengizi atroflaridan kirib kelgan guruhlarning ham muayyan o`rni bor. Hududimiz faunasida umurtqali hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar 432, sudralib yuruvchilar 58, amfibiyalar-(suvda va quruqlikda yashovchi) 2, baliqlar 77 turi mavjud. Faunaning har bir turi-tarixan takrorlanmas, genetik jihatdan yagona, har qanday biologik hamjamoada faqat o`ziga xos o`ringa ega.
  • Umumjahon atrof-muhit kunini nishonlash to‘g‘risida 1972-yilda Stokgol'm shahrida BMTning atrof-muhitga bag‘ishlangan Konferensiyasida qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorning maqsadi - xalqaro hamjamiyatning e'tiborini atrof-muhit muhofazasi muammolariga hamda global ekologik inqirozning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat dasturinining ijrosi yuzasidan hamda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mahsadida, Umumjahon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini tashkil etayapti. Umumjahon atrof-muhit kuni "turlarning ko’pligi - yagona sayyora - yagona kelajak" mavzusida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
  • Bioxilmaxillikning bugungi holati va istiqbollari
  • BMT Bosh Assembleyasi tomonidan 2010 yil - "Xalqaro bioxilma-xillik yili" deb e'lon qilingan edi. Unda bioxilma-xillikni saqlab qolish zamon talabi ekanligi, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish borasida samarali va sifatli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, atrof-muhit muhofazasi hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish hisoblib, bioxilma-xillikni saqlab qolishda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ahamiyati kattadir.
  • O‘zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasi va harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saqlab qolish yo‘lidagi ulkan ishlardan biri bo‘ldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - mamlakat umumiy maydonining 10 % ga yaqin qismini qamrab oladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barqaror tizimini tashkil qilishdan iboratdir. 2004 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi qonunda "Biologik xilma-xillikni saqlash to‘g‘risida"gi, "Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan, asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoq hududlar to‘g‘risida"gi Xalqaro Konvensiyalar yuzasidan olingan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.
  • Bioxilmaxillikning bugungi holati va istiqbollari
  • Bioxilma-xillik tabiatning ko‘rki, manzarasi, chiroyi hisoblanadi. Mohiyatiga ko‘ra bioxilma-xillikda inson hayotining ajralmas boyligi mujassam bo‘lib, uni muhofaza qilish insoniyatning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish o‘rinliki, bioxilma-xillik eroziya, sel, gravitatsiya jarayonlarining oldini olishda eng samarali omil sanaladi. Shu jihatdan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini o‘rganish hamda muhofaza tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə