Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə2/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

@UzBMBA

@UzBMBA
Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada o‗rta asrlarda (Abu Ali ibn Sino) boshlangan bo‗lsa, fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli keng qo‗llanila boshlandi. Bu usul bilan organizmlarda gi voqea-hodisalar boshqa usullarga nisbatan chuqur o‗rganiladi.
Bugungi kunda yuqorida berilgan usullar biologiyaning tegishli sohalarida foydalanib kelinmoqda va ular bir- birini to‗ldiradi.

  1. savolga ja.vob

Assidiya (xordalilar tipi, lichinka — xordalilar kenja tipi)ning lichinkasi xordali hayvonlarning asosiy belgilarini: xorda, nerv nayi va halqumida jabra yoriqlarini o‗zida mujassam qilgan bo‗ladi. Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv tubidagi qattiqroq narsaga yopishib olib, metamorfozga uchraydi. Uning alohida dumi, xordasi muskullari yo‗qolib ketadi, nerv nayi hujayralarga bo‗linib fagositlarni hosil qiladi. Lichinkalarning nerv nayidan nerv tuguni hosil qilishda ishtirok etadigan, faqat ayrim
hujayralar to‗plamigina qoladi. Voyaga yetgan assidiyaning tuzilishi umuman xordali hayvonlar tuzilishiga o‗xshamaydi. Assidiya lichinkasining tuzilishi bu hayvonning kelib chiqishi erkin hayo kechiradigan xordalilar ekanligidan dalolat beradi. Assidiyadagi metamorfozni yuzaga kelishining asosiy
sababi o‗troq holatda hayot kechirishga o‗tish bilan bog‗liqdir.

  1. savol javobi.

O‗simlik tropizmlari atrof-muhit o'zgarishiga moslashish mexanizmlaridan biri sanaladi. O'simliklarning o'sishiga yorug'lik, yerning tortish kuchi, harorat kabi omillar ta‘sir etadi.
Ta‘sir etuvchi omil turiga ko'ra fototropizm, geotropizm, tigmotropizm va boshqa ko'plab xillari farq qiladi.
Fototropiz-m(yunoncha f o t o s - ―yorug'lik‖, tropos - ―burilish‖) - o'simlik organining yorug'lik tomonga qarab o'sishi Geotropizm o'simliklarning yerning tortish kuchiga javoban o'sishidir. Geotropizm o'simliklar hayoti uchun juda muhimdir, chunki u ildiz o'sishini yerning tortish kuchiga yo'naltiradi. Tigmotropizom'simlik organining qattiq jismga tegishi natijasida buralib, ilashib o'sishi. Masalan, ilashuvchi poyaga ega o'simlik gajaklari biror jismga tegishi bilan buralib o'sa boshlaydi. O'simliklarning shu xususiyatidan foydalanib katta uzumzorlarni yaratish mumkin. Nastiya - o'simlik organlarining ta‘sir etuvchi omilga javoban yo'nalishga ega bo'lmagan harakati.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə