Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə14/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga javob:

Mitoxondriya (yunoncha ―mitos‖ –ip va ―xondro‖ –donador degan so‗zlardan olingan) bir va ko‗p hujayrali organizmlar ning barcha eukariot hujayralarida mavjud. Mitoxondriyalarning hayvon va o‗simlik olamida bunday keng tarqalishi ularni hujayrada muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Mitoxondriyalar turli-tuman shakllarda: yumaloq, yassi, silindrsimon va hatto ipsimon ko‗rinishda ham uchraydi. ular 0,2 mkm dan 15–20 mkm kattalikka ega. Ipsimon shakllarning uzunligi 15–20 mkm gacha boradi. Turli xil to‗qimalardagi mitoxondriyalarning soni bir xil emas. ularning soni hujayraning funksional faolligiga bog‗liq. uchadigan qushlarning ko‗krak mushaklarida mitoxondriyalar soni uchmaydigan qushlarga nisbatan juda ko‗p bo‗ladi. Mitoxondriyalarda ikki qavat: tashqi va ichki membaranalar mavjud. Tashqi membrana silliq, ichkisi esa burmali bo‗lib, kristalar deb ataladi. kristalar membranasida juda ko‗p fermentlar joylashgan. ular
energiya almashinuvida ishtirok etadi. Mitoxondriyalar yarim avtonom organoid bo‗lib ularning membrana

Barcha imtihon javoblari tekin! Faqat bizning telegram kanal @UzBMBA
lararo bo‗shlig‗ida DNk, RNkva ribosomalar bo‗ladi. Mitoxondriya bo‗li nish yo‗li bilan ko‗payadi. Mitoxondriyalar bo‗linishidan oldin ularning DNKsi ikki hissaga ortadi. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi energiya hosil qilish, ya‘ni ATFni sintezlashdir.
Plastidalar –o‗simlik hujayralarining organoidlari. ular anorganik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Plastidalarning uch xil turi mavjud:

  1. Leykoplastlar –rangsiz bo‗ladi. ular o‗simliklar ning rangsiz qismlarida, masalan, poyasi, ildizi, tugunaklarida bo‗ladi. Leykoplastlar monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qilishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‗planadi).

  2. Xloroplastlar –bu organoidlar o‗simliklar bargi, bir yillik novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‗p bo‗ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham sintezlanadi.

  3. Xromoplastlar –har xil rangga ega plastidalar. ular gullar va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultoji barglar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‗aldoq kabi bo‗lishi xromoplastlarga bog‗liq. Plastida membranalari orasidagi bo‗shliqda DNk, RNkva ribosomalar bo‗ladi. Plastidalar o‗z ontogenezida biri-ikkinchisiga aylanib turadi. Xloroplastlar xromoplastlarga, leykoplastlar xloroplastlarga aylanadi.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə