Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə22/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga javob:

Mitoz sikdelib hujayraning bo‗linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz bosqichlarini davom etishiga aytiladi.Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo‗lgan tayyorlanish davri interfaza deyiladi. Interfaza o‗z navbatida uch davrga bo‗linadi. 1. DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi G1bilan belgilanadi. Bu davrda oqsil
va RNKlar juda tezlik bilan sintezlanadi. DNK sintezida ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ortadi, hujayra jadal o‗sadi. 2. Sintez davri S harfi bilan belgilanadi. Bu davrda DNK molekulasi ikki hissa ortadi. DNKning ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko‗p DNK hosil bo‗ladi (36- rasm). 3. Sintezdan keyingi davr G2 harfi bilan belgilanadi. Bu davr hujayraning mitozga tayyorgarligini yakunlaydi. Interfaza tugaganidan keyin mitoz boshlanadi. Mitoz to‗rt bosqich — profaza, metafaza,
anafaza, telofazadan iboratdir. Mitozning biologik ahamimyiatotzinatijasida hosil bo‗lgan har bir yangi hujayra bir xil xromosoma to‗plami va bir xil genlarga ega. Mitoz bo‗linish genetik materialning yangi hujayralarda bir xil taqsimlanishi bilan tavsifla na di. Mitoz natijasida hosil bo‗lgan ikkala yangi hujayra diploid
to‗plamga ega bo‗ladi. Mitoz bo‗linishsiz ko‗p hujayrali organizmlarning to‗qima va organlaridagi ko‗p
sonli hujayralarning tuzilishi va funksiyasining doimiyligini, irsiy materialning bir xil bo‗lishini ta‘min lashning iloji bo‗lmas edi. Jinsiy usulda ko‗payadigan organizmlarda o‗ziga xos bo‗linish usuli meyoz kuzatiladi. Meyozso‗zining ma‘nosi kamayish demakdir. Meyoz natijasida diploid to‗plamga ega bo‗lgan birlamchi jinsiy hujayralardan gaploid to‗plamli jinsiy hujayralar hosil bo‗ladi. Meyoz ketma-ket keladigan ikkita bo‗linish bosqichlaridan iborat. Har bir meyoz bo‗li nish xuddi mitoz sin gari to‗rt bosqichga: profaza, metafaza, anafaza, telofazaga bo‗linadi. Ularni farq qilish uchun birinchi bo‗linish fazalari oldiga I,
ikkinchi bo‗linish fazalari oldiga II raqami qo‗yiladi. Meyoz ham xuddi mi toz kabi interfazadan bosh la nadi. Meyoz bo‗linishi quyida ko‗rsatilganidek, ketma-ket keladigan bosqichlardan iborat bo‗lib, bu ning natijasida xromosomalar ma‘ lum o‗zgarishga uchraydi. Buni sxema tarzida quyidagicha ifodalash mumkin.
Meyozning birinchi bo‗linishi bilan ikkinchi bo‗linishi orasidagi holat interkinezdeb ataladi. Ko‗pincha interkinez holat sodir bo‗lmay, telofaza I profaza II ga ulanib ketishi ham mumkin. Meyozning biol ahamiyatimeyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o‗zgarmaydi. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko‗p xilma-xil variantlari amalga oshadi.
Meyoz jarayonida xromosomalar kon‘yugatsiyalashib, o‗xshash qismlari bilan almashinishi natijasida irsiy axborotning yangi to‗plami hosil bo‗ladi.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə