Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə18/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga javYoabdr.o –zamburug‗, o‗simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yadroning shakli, o‗lchami hujayraning shakli va o‗lchami hamda funksiyasiga bog‗liq. Asosan hujayralarda bitta yadro bo‗ladi. Ayrim hujayralargina jigar, muskul, suyak ko‗mik hujayralari ko‗p yadroli bo‗ladi. Yadro asosan quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Irsiy axborotni saqlash, ko‗paytirish va nasldan-naslga o‗tkazish. 2. hujayrada sodir bo‗ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qilish. hujayra hayotining turli davrlarida yadroning tuzilishi va funksiyalari har xil bo‗ladi. Interfaza holatidagi yadro quyidagi qismlardan yadro qobig‗i, yadro shirasi, yadrocha va xromosomadan tashkil topadi. Yadro qobig‗i ikki qavat: tashqi va ichki


@UzBMBA

@UzBMBA
membranadan tashkil topgan. Yadroning tashqi membranasi ribosomalar bilan qoplangan, ichki qavat membranasi esa silliq bo‗ladi. Yadroning tashqi qavat membranasi endoplazmatik to‗r kanalchalari bilan tutashgan. Yadro bilan sitoplazma o‗rtasidagi moddalar almashinuv jarayoni ikki yo‗l bilan amalga oshadi. Xromosoma(yunoncha ―xroma‖ – bo‗yoq, ―soma‖ – tana so‗zlaridan olingan) shaklan yadrodan farq qiluvchi, ba‘zi bir bo‗yoqlar yordamida bo‗yaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir. Xromatin DNkva oqsildan iborat bo‗lib, xromosomaning spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi. Ular yaxshi bo‗yalmaydi. Xromosomaning yaxshi bo‗yalmaydigan qismlari – euxromatin deyiladi. Xromosomalarning spirallashgan qismi to‗q bo‗yaladi va geteroxromatindeyiladi. Xromosomaning spirallashgan qismlari genetik nuqtayi nazardan faolsiz. Bo‗linayotgan hujayralarda barcha xromosomalar kuchli spirallashgan, qisqargan, ixcham shaklga va o‗lchamga ega bo‗lgan holda uchraydi. Xromosomalar shakli birlamchi belbog‗ yoki sentromeraga bog‗liq bo‗ladi. Sentromeraga hujayraning bo‗linish vaqtida bo‗linish urchug‗i kelib birikadi Sentromera xromosomani qaysi qismida joylashishiga qarab asoson uch xil tipdagi xromosomalar farq qilinadi: 1) teng yelkali –metatsentrik 2) noteng yelkali –submetatsentrik 3) tayoqchasimon –akrotsentrik.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə