Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə20/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

@UzBMBA

@UzBMBA
savolgjaavob. Umurtqali hayvonlar tana haroratini saqlashiga ko'ra sovuqqonli va issiqqonli hayvonlarga bo'linadi. Sovuqqonli hayvonlarning (baliq, amfibiya, reptiliya) tana harorati tashqi muhitga bog'liq. Tashqi muhit harorati ortsa, tana harorati ham ortadi va hayvon faollashadi. Muhit harorati pasaysa, hayvonning tana harorati pasayib, karaxt holatga keladi.


Barcha imtihon javoblari tekin! Faqat bizning telegram kanal @UzBMBA
Issiqqonli hayvonlarda (qush va sutemizuvchilar) tashqi muhit harorati o'zgarsa ham, tana harorati doimiyligi saqlanadi.
Xordali hayvonlarning qon aylanish sistemasi yopiq. Lansetnikning qon aylanish doirasi bitta, yuragi bo'lmaydi. Qonning harakati qontomirlar devorining qisqarishi hisobiga amalga oshadi. Orqa aortadagi arterial qon to'qimalarga, qorin aortasidagi venoz qon jabralarga boradi. To'qima va jabralarda gaz almashinuvi sodir bo'ladi. Baliqlarda ikki kamerali yurak vujudga kelgan. Yurak ikki qismdan: yurak bo'lmachasi va qorinchadan iborat. Bitta qon aylanish doirasiga ega. Yurakda venoz qon oqadi. Qon yurak qorinchasidan qorin aortasi orqali jabralarga o'tadi. Jabra kapillyarlarida gazlar almashinuvi sodir bo'ladi. Arterial qon orqa aorta orqali butun tanaga tarqaladi. To'qima va organlarga kislorod berib, karbonat angidrid olib, venoz qonga aylanadi va yurak oldi bo'lmasiga quyiladi. Amfibiyalarning yuragi uch kamerali: bitta qorincha, ikkita bo'lmachadan iborat. Ularning qon aylanish sistemasi katta va
kichik qon aylanish doiralariga bo'linadi. Reptiliyalarning yuragi ham uch kamerali, faqat qorincha devorida yarim to'siq paydo bo'lganligi bilan farqlanadi. Timsohning yuragi to 'rt kamerali, leki arterial va venoz qon qorinchadan chiqishda aralashadi. Katta va kichik qon aylanish doirasiga ega.
Qush va sutemizuvchilarning yuragi to'rt kamerali: o'ng va chap qorincha, o'ng va chap bo'lmachadan iborat. Yurakning chap tomonida arterial qon, o'ng tomonida venoz qon harakatlanadi. Kichik qon aylanish doirasi o'ng qorinchadan boshlanib, o'pka arteriyasi orqali venoz qon o'pkaga boradi. Gazlar almashinuvi sodir bo'lib, arterial qon o'pka venalari orqali chap bo'lmachaga kelib quyiladi. Chap qorinchadan katta qon aylanish doirasi boshlanadi. Arterial qon butun tanaga va miyaga kislorod va
oziq moddalarni yetkazib beradi. Kapillyarlarda gazlar almashinuvi natijasida venoz qonga aylanib, o'ng bo'lmachaga quyiladi.
Qushlarda aorta o'ng tomonga yo'nalgan bo'ladi, sutemizuvchilarda esa chap tomonga ravoq hosi qiladi. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi takomillashuvi yurak kameralari sonining ortishi (baliqlarda ikki kamerali; amfibiyalar, reptiliyalarda uch kamerali; timsoh, qush va sutemizuvchilarda to
'rt kamerali), arterial va venoz qonning ajralishi orqali amalga oshadi.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə