Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə28/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga ja:vob

Energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‗linadi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi bo‗lib, unda murakkab uglevodlar, yog‗lar, oqsillar — glukoza, glitserin va yog‗ kislotalari, aminokislotalarga;
nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Ikkinchi bosqich — to‗liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‗lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‗simlik yoki mikroorganizmlar-
ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo‗llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan ener giya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‗ladi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida to‗planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanishdeb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo‗lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — C2Ova H2O gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‗planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to‗liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo‗ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta‘minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi.

  1. savolga ja.vToirbik organizmlarning tuzilishini o‗rganish uchun kattalashtirib ko‗rsatuvchi asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop kiradi. Lupa - eng sodda tuzilgan kattalashtirib ko‗rsatuvchi asbob bo‗lib, ikki tomoni qavariq linzadan iborat. Qo‗l lupasi buyumni 2-20 marotaba kattalashtirib ko‗r-

satadi. Tekshirilayotgan tirik organizm aniq ko‗rinadigan bo‗lguncha lupa yaqinlashtiriladi va tekshirilayotgan obyektning tuzilishi o‗rganiladi. Masalan, tarvuz yoki pomidor bo‗laklarini tekshirib, ularni yumaloq hujayralardan iboratligini lupa yordamida aniqlash mumkin.Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtirib ko‗rsatuvchi laboratoriya jihozi hisoblanadi. Ko‗rish nayi - tubusning yuqori qismida okulyar, pastki qismida obyektiv joylashgan. Ular kattalashtiruvchi linzalarga ega. Shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan. Makrovint yordamida tubusni ko‗tarish yoki tushirish mumkin.
Mikrovintni burash orqali o‘rganilayotgan obyektning aniq tasviri hosil qilinadi. Buyum stolchasidagi
teshik ostida ko‗zgu joylashgan. Ko‗zgu yorug‗likni buyum oynasiga yo‗naltirib aniq tasvir hos bo‗lishiga yordam beradi. Yorug'lik mikroskopi necha marta kattalashtirib ko‗rsatishini aniqlash uchun okulyar va obyektiv ko‗rsatkichlari ko‗paytiriladi. Masalan: okulyar - 10, obyektiv- 20 bo‗lsa, mikroskop obyektni 10x20=200 marta kattalashtirib ko‗rsatadi.



    1. Yüklə 1,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə