Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə31/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

savolga ja.vHoabyvonlarning harakatlanish organlari ularning yashash muhiti bilan bog'liq holda takomillashib borgan. Harakatlanish tufayli tirik organizmlar sayyoramizning turli joylari (atmosfera, gidrosfera, litosfera)da tarqalgan. Umurtqali hayvonlarning harakatlanishi tayanch-harakatlanish sistemalarining rivojlanish darajasiga bog'liq. Tayanch-harakatlanish sistemasiga skelet va muskullar kiradi. Lansetnniikng muskullari ikki yon tomonida tana bo'ylab uzun tasma shaklida joylashgan.

Lansetnik juda oddiy harakatlanadi. Tanasini u yoki bu yonga egib suzib yuradi, ba‘zan qumni yorib
kirib oladi. Lansetnikning muskullari uchun xordasi tayanch vazifani ham bajaradi.Baliqlar suv muhitida yashashga moslashgani sababli suzgichlari harakatlanish organi hisoblanadi. Baliqlarda toq
(orqa, dum, anal) va juft (ko'krak, qorin) suzgichlar rivojlangan Amfibiyalarning ko'pchilik vakillarida ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja, orqa oyoqlari son, boldir
va tovon bo'limlariga bo'linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to 'rt barmoqli bo'lib, beshinchi barmog' rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoql ari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bo'ladi.
Reptiliyaldaarn kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo'ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo'lganidan tanasini dast ko'tarib turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi. Ilonlar va ba‘zi kaltakesaklar (sariq ilon)da oyoq rivojlanmagan, ular gavdasini egib, qovurg'alariga tayangan holda harakat qiladi. Kaltakesakning skeleti baqanikiga o‗xshasa-da, bir qator o'zgarishlar bilan farq qiladi. Qushlarhavo muhitida yashashga
moslashgani uchun suyaklari yengil, naysimon suyaklarning bo'shlig'i havo bilan to'lgan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan, orqa ikki oyog'iga tayanib yerda yuradi. Qushlar uchganida qanot dumidagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko'tarish yuzasini
hosil qiladi. Qanot yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panjalardan tashkil topg Qushlarning qanotida faqat uchta barmoq bo'ladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar qo'shilib, yaxlit
bitta suyakni hosil qiladi. Qushlarning oyoqlari yo'g'on son, ikkita boldir hamda ilik va barmoqlardan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo'lib, b ir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo'ladi.
Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan dast ko'tarib turadi va qo'nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi. Uchmaydigan qushlarning oyoqlari yaxshi rivojlangan. Sutemizuvlcarhniing harakatlanish organlari turlarga qarab har xil tuzilgan.
Ularning oyoqlari odatda ancha baquvvat va uzun bo'lib, tanasi ostida joylashgan. Shuning uchun ularning tanasi yerdan dast ko'tarilib turadi. Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tuyoqlari bo'ladi. Aksariyat turlarda to'rtta oyoq bilan (it, bo'ri, qoramol, jirafa, ot); ba‘zilari ikki oyoqlab (kenguru, odam), ba‘zilari esa qanotlar (ko'rshapalaklar) orqali harakatlanadi.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə