Biologiya-9-sinf-imtihon-javoblari pdf



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə4/55
tarix11.12.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#146970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
UzBMBA 9SINF BIOLOGIYA (2)

@UzBMBA

@UzBMBA
hosil bo‗lguncha), ulardan sentrifugalash usuli yordamida hujayraning organoidlarini ayrim-ayrim holda (yadro, xloroplast, mitoxondriya, ribosoma) ajratib olinadi va ularning xususiyatlari o‗rganiladi.



  1. savol javobi.

Umurtqali hayvonlarning siydik ayirish organlariga bir juft buyrak, bir juft siydik yo'li va qovuq kiradi.
Baliqlarda siydik ayirish sistemasi bir juft tana buyraklar, ulardan boshlanuvchi siydik yo'llar qovuq hamda siydik chiqarish kanalidan iborat. Qondagi moddalar almashinuvi qoldiqlari buyraklarda filtrlanadi va siydik yo'llari orqali o'tib, qovuqda to'planadi. So'ng siydik chiqarish kanalidan o'tib, maxsus teshik orqali tashqariga chiqariladi. Amfibiyalarda siydik ayirish sistemasi baliqlarnikiga o'xshaydi, lekin siydik chiqarish kanalining kloakaga ochilishi bilan farq qiladi.
Reptiliyalar sinfi vakillarida siydik ayirish sistemasi bir juft chanoq buyraklar, ulardan boshlanuvchi siydik yo'llari, qovuq hamda kloakaga ochiladigan siydik chiqarish kanalidan iborat.
Qushlarning siydik ayirish sistemasi reptiliyalarnikiga o'xshaydi, lekin qovuq yo'qolib ketgani bilan ulardan farq qiladi.
Sutemizuvchilarning siydik ayirish sistemasi bir juft chanoq buyraklar, ulardan boshlanuvchi siydik yo'llari, qovuq hamda maxsus teshik (tuxum qo'yuvchi sutemizuvchilarda kloakaga ochiladi) orqali tashqariga ochiladigan siydik chiqarish kanalidan iborat.
Odam ning siydik ayirish s i s t e m a s i b ir juft loviyasimon buyrak, siydik yo'li, qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanalidan iborat. Buyraklar qorin bo'shlig'ining bel qismida joylashgan.
Buyrak loviya shaklida bo'lib, uning botiq qismi buy rak darv ozasi deyiladi. Darvoza orqali arteriya
tomiri kiradi, vena tomiri va siydik yo'li chiqadi. Har bir buyrak murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo'lgan nefronlardan tashkil topgan. Nefronlar buyrakning ish bajaruvchi asosiy tuzilmasi hisoblanadi.
Arteriya tomiri orqali buyraklarga kelgan qon kapillyarlarga tarmoqlanib, nefronlargacha boradi. U
yerda qonning suyuq qismi filtrlanib, modda almashinuvi natijasida hosil bo'lgan mochevina kab qoldiq moddalar ma‘lum miqdorda suv bilan siydik yo'li orqali buyrakdan chiqib, qovuqqa yig'iladi va
siydik chiqarish kanali orqali chiqarib yuboriladi.


  1. Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə