Biologiya darslarida foydalaniladigan masala va mashqlarni aniqlash shu asosida dars ishlanmalarni loyixalash


Biologik masalalarning majburiy minumi



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə4/4
tarix22.02.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#101173
1   2   3   4
BIOLOGIYA DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN MASALA VA MASHQLARNI ANIQLASH SHU ASOSIDA DARS ISHLANMALARNI LOYIXALASH

Biologik masalalarning majburiy minumi
Biologiya kursining samarali o‘zlashtirilishi maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 - 9 sinf o'quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar o‘quvchilari dasturga bog‘liq holda, izchil ravishda biologik masalalar jumladan, biologik bilimlami ishlab chiqarishga tatbiq etish mazmunidagi masalalar yechish kerak. Dastur mavzularini to‘ldirish maqsadida quyidagi masalalami yechishga e’tibor berishni talab etadi: 1-o‘simliklar olami biologiyasini o‘rganishga oid, 2-hayvonot olamining biologiyasini o‘rganishga oid, 3-o‘simlik va hayvonot olamining tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini ochib beradigan bilimlami kengaytirishga oid, 4-organlar sistemasini tuzilishi - fiziologiyasini yoritishga oid, tirik organizmlaming o‘zaro bog‘liqligi, biotik va abiotik hamda antropogen omillami organizmlarga ko‘rsatadigan ta’sirlarini yoritishga qaratilgan.
5-sinf o‘quvchilari botanikadan: 1-gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishishga oid, 2-gulli o‘simliklaming hayotiy shakllarini o‘rganishga, 3- o‘simliklaming hujayraviy tuzilishi va to‘qimalarga xos tushunchalami o'zlashtirishga, 4-vegetativ organlar - ildiz, poya, barglaming tuzilishi, ahamiyati, funksiyasini yoritishga, 5- 14 o’simliklarning vegetativ ko‘payishini tasawur etishga oid masala va mashqlar ishlashlari lozim.
6-sinfda o‘quvchilar: 1-generativ organlarning tuzilishi, qismlari, changlanish, urug‘lanish, mevalaming hosil boiishi, turlari, iarqalishiga oid, 2-botanikada berilgan bakteriyalar, zamburug'lar, lishayniklar biologiyasiga oid bilimlami chuqurlashtirishga imkon beradigan masalalar, 3-o‘simliklarning asosiy bo‘limlari suv o‘tlari, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlarni o‘ziga xos tomonlarini yoritadigan, 4-gulli o'simliklar sinfi bir urug‘ pallali va ikki urug’ pallali o‘simliklaming oilalari bo'yicha o‘zlashtirgan bilimlarini kengaytirishga qaratilgan, 5-o‘simliklar muhozasiga oid masalalar yechishi.
7-sinfda o‘quvchilar: 1-hayvonot olamining tuzilishi tasawur qilishga oid masalalar, 2-hayvonlaming tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini yoritib beradigan, 3-hayvonlaming har bir tiplari haqidagi bilimlamii chuqurlashtirishga imkon beradigan, 4-hayvonlar muhofazasiga oid tushunchalmi rivojlantirishga imkon beradigan.
8-sinfda Odam va uning salomatligi kursidan o‘zlashtirigan bilimlami mustahkamlashga qaratilgan: 1-organlar sistemasini bir biridan farqlash imkonini beradigan, 2-ayrim organlarning kimyoviy tarkibi haqidagi bilimlami rivojlantirish imkonini beradigan, 3- organlar faoliyati bilan bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, 4-organlar sistemasini nerv va gumoral bilan boshqarilishini bilishga oid masalarlar yechishi.
9-sinfda o‘quvchilar: 1-organik olamning xilma xilligini, 2- organizmlaming hujayraviy tuzilishi, organoidlar tuzilishi va funksiyasiga oid, 3-hujayraning kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislotalarga oid, 4-hujayrada boradigan moddalar almashiniuvi energetik va plastik almashinuv ya’ni oqsillar biosintezi, genetik kod, nuklein kislotalar, komplementarlik prinsipigaga oid bilimlami rivojlantiriuvchi, 5-organizmlami ko‘payishi va individual rivojlanishini yoritadigan, 6-irsiyat va o ‘zgaruvchanlik qonuniyatlarni atroflicha o‘rganish imkonini beradigan masalalar yechishi kerak.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha o’quv fanlarini ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni ko’zda tutadi. Shu sababli barcha o’quv fanlari kabi biologiyani o’qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi.


Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
80- yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompьyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Pedagogik texnologiya o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Bu yerda, inson salohiyati deyilganda, o’qituvchining pedagogik va o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o’qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda.
Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud:
1. Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
2. Xususiy metodik darajada muayyan bir o’quv fani, kursni o’qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini o’quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o’qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.
3. Lokalь (modul) darajada ta’lim tarbiya jarayonining ma’lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limnn mazmunan yangilash va ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o’zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya;
2. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiya.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.
4. O’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya.
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishiga asoslangan pedagogik texnologiya..
Biz pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga ko’ra ikki guruhga ajratdik:
1. Pedagogik jarayonning harakteri, borishi va mazmunini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar,
2. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar.
Pedagogik jarayonning harakteri, borishi va mazmunini o’zgartirishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:
• Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi;
• Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar;
• Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;
• Ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish;
Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:
• Didaktik o’yin texnologiyalari;
* Muammoli ta’lim texnologiyalari;
• Modulli ta’lim texnologiyalari;
• Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari;
* Loyihalash texnologiyasi;
• An’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi.
Biologiya darslarida didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga imkon beradi Ma’lumki, o’quvchilarning bilish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deyiladi.
Didaktik o’yinli darslarning syujetli rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar va o’yin mashqlar kabi turlari bor. Mazkur metodik ko’rsatmada biologiya darslarida konferensiyasidan foydalanish yo’llari ishlab chiqildi.
Modulli ta’lim texnologiyalari. Modulli ta’lim texnologiyasining o’ziga xos xususiyati darsda o’rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajratiladi va modul dasturi tuziladi. Modul dasturi bu o’quvchining mazkur darsda o’quvbilish faoliyatini boshqarish dasturi bo’lib, u modul dasturining didaktik maqsadi, o’quvchilarning bajarishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardaga jumladam Amerikadagi J.Xopkins univereiteti professori R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson (1987), Kaliforniya universiteti professori J.Aronson (1978), Izroildagi Telь-Aviv universiteti professori Sh.Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan.
Biologiyani o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasining komandada o’qitish, kichik guruhlarda o’qitish, «arra» yoki «zigzag», «Birgalikda o’qiymiz» metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud:
Ta’lim jarayonida salmokli o’rin egallagan muammoli (akliy hujum) dars, munozarali (ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslari muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi.
Mazkur darslarning o’ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi.
Muammoli ta’lim deb, o’qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng mo’qobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo’naltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi.
Muammoli ta’lim jarayonida o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirishi va akliy faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi.
Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati - ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o’kuvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish; ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish kerak.
Biologiyani o’qitishda o’qituvchi loyihalash texnologiyasidan o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda muammolarni hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur.
Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə