Biologiya fakulteti



Yüklə 180,39 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2024
ölçüsü180,39 Kb.
#183009
1   2   3   4   5   6   7   8
5-sinf Biologiya, Botanika fanidan Zamburug\'lar dunyosi dars ishlanma

Yangi mavzu bayoni
Mavzu rejasi:

    • Zamburug‘larning tuzilishi.
    • Zamburug‘ turlari.


    • Achitqi zamburugʻi.
    • Mogʻor zamburugʻi.


    • Qalpoqchali zamburugʻlar.
    • Parazit zamburugʻlar.


O`quvchilar zamburug`lar dunyosi deganda ,ko`z oldimizda kundalik hayotimizda foydalanib kelinadigan qo`ziqorinlar keladi. Aslida zamburug’lar dunyosi juda xilma xil bo`lib, ma`lumotlarga ko`ra ularning 100000 dan ortiq turi aniqlangan .
Zamburugʻlarni mikologiya fani o'rganadi.Zamburug’lar ilgari o’simliklar dunyosiga kiritilgan.Olimlar chuqur o’rganishi natijasida ularni alohida olam sifatida ajratishgan.Zamburugʻlar bakteriyalardan farq qilib, eukariot organizm hisoblanadi.Zamburugʻlar erkin harakatlana olmaydi, hayvonlarga o'xshab geterotrof oziqlanadi.Zamburugʻlar yashashi uchun ozuqa, harorat va namlik yetarli bo'lishi kerak, yorugʻlik boʻlishi shart emas.

Achitqi zamburug’I ovalsimon, bir hujayrali zamburug'.Non yopishda


foydalaniladi.
Xamirturush shakarli iliq suvga solinsa, achitqi zamburugʻlari kurtaklanib
koʻpayib, ko'pchib chiqadi.



Mog’or zamburug’i


Nondagi mogʻorlar koʻrinishida uchraydi. Atrofimizdagi havoda zamburug’ning sporalari doimiy ravishda uchib yuradi.Non ochiq holatda turganda non yuzasiga mog’or sporalari o’tiradi, selofan paket ichiga joylaganimizda mog’or zamburug’i uchun qulay sharoit tug’iladi.
Sporalar hosil qiladi, sporadan mogʻor zamburugʻining tanasi rivojlanadi, sporalar yetilgach, sporangiy yashil yoki qoramtir rangga kiradi, sporangiy yorilib, ichidagi minglab sporalarni atrofga sochadi.Nonni sifatini buzadi, undan ajralgan toksinlar odamning zaharlanishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim mog'or zamburugʻi turlaridan bakteriyalarga qarshi dori-antibiotik olish mumkin.
Qalpoqchali zamburug’lar ko’proq ozuqa sifatida foydalaniladi.Iste’mol qilsa bo’ladigan zamburug’larga qo’zidumba(shampinion),oq qo’ziqorin kiradi. Ularni taom tayyorlashdan oldin 5-7 daqiqa qaynatib,suvini to’kib yuborish kerak.Chunki, zamburug’lar
qaynatilganda tarkibidagi zaharli moddalar suvga chiqib ketadi.Zaharli zamburug’larga qizil muxomor,sariq soxta qo’ziqorinlar kiradi. Ularni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin.




Yüklə 180,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə