Organizmlarning asosiy massasi aktiv termoregulyasiya
faoliyatiga ega
bo„lmaydi. Uning aktivligi tashqi tomondan oladigan issiqlikka, tanasining harorati
esa atrof muhit haroratiga bog„liq. Ana shunday organizmlar poykiloterm yoki
ekzoterm deb ataladi. Qushlar va ko„pincha sut emizuvchilar atrof - muhitni o„rab
turgan haroratga bog„liq bo„lmagan holda doimiy haroratni ushlab turish
qobiliyatiga ega (biokimyoviy reaktsiyalarning issiqligi hisobiga).
Ana shunday
organizmlar gomoyoterm (yoki) endoterm nomlarini olgan.
Abiotik omillarni chuqurroq o„rganishga qiziquvchilar (Odum, 1986;
Svetnik va boshq. 1987; Dedyu, 1990 va boshqalar) monografiya va
ma‟lumotnomalar orqali tanishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: