Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
1-ma\'ruza

4 Biotik omillar.
Bir organizm hayot faoliyatining boshqalariga ta‟siri va 
ularni o„rab turgan muhiti biotik omillar deyiladi (sinonimlar: biogen, biologik
biotsenotik omillar). Biotik omillarni antagonistik va noantagonistik qismlarga 
bo„lish mumkin. Antagonistik munosabatda ikki turdagi organizmlar bir-birini 
engadi (- -) , yoki ulardan birortasi o„ziga ziyon etkazmasdan boshqasini engadi (+ 
-). So„ngra shu erda «+» belgili ijobiy, « - » belgili salbiy o„zaro aloqalari mavjud. 
Noantagonistik
munosabatda ikki turdagi organizmlar bir-biriga 
munosabati bo„yicha neytral (O O), bir taraflama – (O +) yoki ikki taraflama – 
manfaatli (+ +) bo„ladi. 
Antagonistik
munosabatlarning asosiy shakllari yirtqichlik (+ -), 
parazitizm (tekinxo„rlik) (+ -) va raqobat ( - -) noantagonistik – simbioz (+ +), 
mutualizm (+ +), komensalizm (+ O)da namoyon bo„ladi. 
Yirtqichlik
bir turdagi organizmlarning boshqa turdagi organizmlar (bitta 
yoki bir nechta) bilan oziqlanishdan iborat. Biotsenozda yirtqichlarining sonini 
hamda ularning qurbonini tartibga soluvchi evolyusion mexanizm xususiyati 
mavjud. Yirtqichlarni yo„q qilish ularni qurbonlarini yashash qobiliyatini 
pasayishiga, ya‟ni tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Parazitizm
bu har xil turdagi organizmlarning biotik aloqalar shakli bo„lib, 
unda bulardan bittasi boshqasining hisobiga, uning tanasi ichida (endoparazitizm) 
yoki tashqarisida (ektoparazitizm) yashaydi. Parazit bilan organizm egasi orasidagi 
aloqaning uzoq davom etishiga bog„liq holda doimiy parazitizm yoki statsionar va 
vaqtinchalik parazitizimlarga ajratiladi. Parazitizmning mezoni uning o„ziga 
xosligi hisoblanib, ya‟ni evolyusion mexanizm moslashishi hisobiga kun kechiradi. 
Raqobat 
– bu turlararo va turlar ichidagi shunday munosabatki, bunda 
populyasiyalar (alohida tur) oziqlanish va yashash muhitining sharoitlari uchun bir-
birlari bilan kurashadi. Populyasiyalar me‟yor chegarasigacha o„sganda ichki 
fiziologik mexanizmlar regulyasiyasi harakatga keladi : alohida turlarning o„limi 
ko„payadi, nasldorligi kamayadi, ruhiy tanglik holati (stress) paydo bo„ladi 
(janjallar, kannibalizm va boshqalar). Fe‟l-atvorli tartibga solish (hududiy va 
guruhli) muhim ahamiyat kasb etadi. Hududiy fe‟l-atvorli tartibga solish ichki 
raqobat shaklini ifodalaydi, yashab turgan hududidan foydalanishni boshqarish
populyasiyaning ko„payishini chegaralab turadi. Guruhli fe‟l-atvorli tartibga solish 
turli yoshdagi alohida turlarning kichigidan – kattasiga qarab oziqalarini hal 
qilishni ifodalaydi. Turlarning evolyutsiyasida raqobatli munosabatlar muhim 
ahamiyatga ega. Ikkita turning yashash sharoitlariga bo„lgan talablari qanchalik 


o„xshash bo„lsa, raqobat shunchalik kuchli bo„ladi va ertami yoki kechmi bitta tur 
ikkinchisini siqib chiqaradi (G.F.Gauzening printsip ta‟rifi). 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə