borgan. Eramizgacha bo„lgan YII asrda tabiat o„zgarishi shu darajaga etganki, uni
muhofaza qilish bo„yicha «Inson-havo, suv va zaminning pokligini ta‟minlashi,
tabiatni asrab avaylashi, o„zini doimo ozoda tutishi lozim» (Avesto)
degan
chaqiriqlar paydo bo„la boshladi. Er, suv, havo ekologiyada fundamental
tushuncha bo„lgan «biogeotsenoz»ning tarkibiy qismi hisoblanadi. SHu davrdan
boshlab atrof muhitda salbiy hodisalar kuzatilib ekologik qonuniyatlarni o„rganish
zaruriyati paydo bo„ldi.
Eramizgacha bo„lgan V asrda Suqrot (eramizgacha 169-399y.) ishlarida ham
atrof muhit haqidagi fikrlar aytilgan. Kimlardir unga «Afinaliklar seni o„limga
hukm etdi» deyishganda, u «ularni tabiat o„limga hukm etgan» deb bamaylixotir
javob bergan. (V.S. Nersenyants, 1996, 203 bet).
Keyinchalik Gippokrat
(eramizgacha 480-377y.) iqlim-milliy xarakter xususiyatlarini belgilaydi, qadimgi
grek tarixchisi Gerodot esa jamiyat rivojlanishi tabiatga bog„liq degan fikrlarni
bildirganlar.
Fuqidid (eramizgacha 460-400 y.), Ksenofont (eramizgacha 430-355 y.)
tabiiy omillarni shaharlar va iqtisodga ta‟sir etishini aytishgan, Angliyalik tarixchi
va sotsiolog A.Toybn (1889-1975) qadimgi grek faylasufi Platon (Aflotun)
tomonidan aytilgan, Gretsiya hududida insonlarning faoliyati ta‟sirida
tuproqning
ifloslanishi hamda qurib ketishi haqidagi fikrlarini aniqlagan. Platon ham insonlar
xarakteri geografik muhitga bog„liq deb ta‟kidlagan.
Markaziy Osiyoning buyuk allomalari Xorazmiy (782-847 y.), Farg„oniy (861
y.), Farobiy (870-910 y.), Beruniy (973-1048 y.), Ibn Sino (980-1037 y.), Bobur
(1483-1530 y.), Ulug„bek (1394-1449 y.), tabiat haqidagi fanlarga katta hissa
qo„shgan. Ular tabiat qonuniyatlarini, o„simliklar va hayvonot dunyosini har
tomonlama o„rganib atrofimizni o„rab turgan muhitga
nisbatan ehtiyotkorona
munosabatda bo„lishga chaqirganlar.
O„rta asrlarda ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626 y.) jamiyatning
ta‟sir etishidan tabiiy muhitni saqlash vazifalarni qarab chiqqan edi. XVII asr
o„rtalarida taniqli tabiatshunos Karl Linneyning (1707-1778 y.) «Tabiat tizimi»
nomli ajoyib asari e‟lon qilinib, o„simliklar va hayvonlarni ilmiy tizimlarga
ajratishga asos bo„ldi. Fransuz naturalisti Jan Batist Lamark (1744-1829 y.)
organizmlarga muhitning ta‟siri masalasini o„rganishni o„rtaga tashladi. Tabiat
haqidagi fanlarni rivojlantirish fikrlarini nemis olimi A. Gumboldt (1769-1859 y.),
rus zoologi Karl Rule (1814-1858 y.) va N.A. Seversov
tadqiqotlarida kuzatish
mumkin. 1913 yilda CH.Adamsning hayvonlar ekologiyasi to„plami, 1927 yilda
CH. Eltonning fundamental ishlari, 1933 yilda D.N. Qashqarov, 1943 yillarda
akademik V.N. Sukachev ekologiya haqidagi ishlari e‟lon qilindi. XX asrning 20-
30 yillarida hozirgi O„zbekiston Milliy Universitetida tashkil topgan D.N.
Qashqarov - E.P. Korovin ekologlar maktabi fanning
rivojlanishiga ulkan hissa
qo„shdi. K.Z. Zokirov, T.Z. Zohidov, M.V. Kultiasov, E.M. Murzaev, R.U.
Rahimbekov,
A.K.
Rustamov
va
boshqalar
bu
maktabning
yirik
namoyondalaridandir. Qashqarov-Korovin maktabi jahonning etakchi ekologlari
tomonidan e‟tirof etilgan (SH.O.Muradov va boshq., 2002, 11-12-betlar).
Amerikalik olim YU. Odum va rossiyalik akad. V.I. Vernadskiylar ham XX
asrning buyuk ekologlari qatorida turadi. O„zbekiston Prezidenti I.A. Karimov
o„zining BMT assambleyasi (26-28 sentyabr) 48-sessiyasida so„zlagan nutqida
jahon jamoatchiligini ekologik muammolarga e‟tiborini qaratdi.
YUNESKO
ijroiya kengashida (23.04.96 y.) «Halqaro gumanitar siyosatda ekologik o„lchov
asosiy mezon bo„lishi lozimligini tajriba ko„rsatmoqda» deb ta‟kidlagan edi.
Prezidentning chuqur tahlillariga asoslangan chaqirig„i nafaqat O„zbekiston,
balki butun Er shari sivilizatsiyasining ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishi
uchun barcha kuchlarni birlashtirishga qaratilgandir. CHunki ko„pincha ekologik
muammolar regionlararo, davlatlararo tavsifga ega bo„lib bitta mamlakat bu
masalani hal etolmaydi.
SHuni ta‟kidlash joizki, ekologiya va tabiiy fanlarning rivojlanish tarixini
yoritish, ochilmagan qirralarini aniqlash va uni kelajak avlodga etkazish bugunning
dolzarb masalasiga aylanmog„i shart.
Nazorat savollari
1. Ekologiya atamasining fanga birinchi bo„lib kim kiritgan va qanday ma‟noni
anglatadi?
2. Fan sifatida ekologiyaning qisqacha tavsifini keltiring?
3. Ekologiya qaysi fanlar bilan aloqador?
4. Ekologiya bilan tabiat muhofazasini munosabati qanday?
5. Ekologiya qanday bo„limlarga bo„linadi?
6. Sinekologiya va autekologiya nimalarni o„rganadi?
7. Ijtimoiy ekologiya qanday muammolarni o„rganadi?
8. Ekologiya qanaqa funksiyalarni bajaradi va qanday vazifalarni hal qiladi?
9. Ekologiyaning dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati qanday?
10. Ekologiyaning jadal rivojlanish bosqichi qachon boshlangan?
11. Tabiat haqidagi fanlarga o„z hissasini qo„shgan o„rta asrlardagi O„rta Osiyo
olimlaridan kimlarni bilasiz?
12. O„rta Osiyo ekolog-geografik maktabi namoyandalari kimlar bo„lgan?
13. D.N.Qashqarov, E.P. Korovin maktabi shogirdlari tomonidan ekologiyaning
qaysi yo„nalishlari rivojlantirilgan?
Dostları ilə paylaş: