Nazariy jihatdan ekologiya insonning sub‟ektiv intilishlarini,
tabiatning
mavjud ob‟ektiv qonuniyatlarini chuqur o„rganish, shu bilan birgalikda dunyoning
ilmiy manzarasini tuzish uchun jonli va jonsizlar birlik qonunlari, ularning o„zaro
harakatini o„rganadi.
Ekologiyaning amaliy faoliyati nazariy bilimlarga tayangan holda,
biosferani antropogen omillar ta‟sirida o„zgarishdan
muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy, agrar-sanoat va
ijtimoiy tizimlarni ilmiy
asosda boshqarish, kelajak avlod uchun sof tabiiy dunyoni saqlashni o„rgatishdan
iborat. L.I.Svetkova va boshqalar insoniyat jonsiz planetaga o„z qabri ustida «Har
kim o„ziga yaxshi bo„lishini o„ylagan», degan yozuvni qoldirmasligi uchun
o„zining
butun aqli, kuchi va mablag„ini sarflashi lozim, deb yozganida naqadar
haq edi.
Bugun
biosferaning kelajagini, nafaqat bugungi kuni, balki ertangni kunini
o„ylaydigan
madaniyatli, aql-zakovatli kishilarni topish qiyin emas. Biosfera
taqdiri bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan tabiiy,
texnogen, ma‟naviy
element sifatida qabul qilinmokda. Ko„pchilikka hozirgi kunda ijtimoiy
muammolar ekologik muammolar bilan chambarchas bog„liqligi sir bo„lmaganligi
kabi, zamonaviy ekologiya ham o„z navbatida sotsiologiya, siyosatshunoslik, etika,
ma‟naviyat va boshqa ijtimoiy fanlarsiz o„z ma‟nosini yo„qotadi. YUqorida qayd
etilganlardan mantiqan ekologiyaning dunyoqarashni
shakllantiruvchi vazifasi
kelib chiqadi, ya‟ni inson o„zi ham tabiatni bir bo„lagi ekanligini his etishi, tabiiy
jarayonlarga o„z ta‟sirini ko„rsatishi, iqtisodiy va ekologik qiziqishlarni hisobga
olishi shart.
Dostları ilə paylaş: