|
Biosfera haqidalokal
ma‟lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik
qismlarga bo„linadi.
Lokal populyasiyalar1-ma\'ruza lokal
ma‟lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik
qismlarga bo„linadi.
Lokal populyasiyalar
deganda, biogeotsenozlarning iqlim,
tuproq va boshqa sharoitlari bo„yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari
tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 3 qismda berilgan). E
kologik
populyasiya
- biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyasiyalar
majmuidan iborat bo„lib, qo„shni populyasiyalardan salgina ajralganligi bilan ham
farq qiladi. SHuning uchun ham ular faqat muvaqqat o„ziga xos morfologik
alomatlari bilangina farq qiladi.
Geografik populyasiya
– geografik sharoiti bir
xil bo„lgan kattaroq hududda yashaydigan populyasiya tushuniladi. Ana shu hudud
doirasida organizmlar urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa
vazifalariga ko„ra xususiyatlari namoyon bo„ladi. Bunday xususiyatlar boshqa
geografik sharoitda yashaydigan qo„shni hududdagi populyasiyadan farq qiladigan
morfofiziologik tur (tip) hosil qiladi.
Populyasiya chidamliligi, tug„ilishi, o„lishi, o„sishi, yoshiga qarab tuzilishi
va boshqa qator xossalari bilan tavsiflanadi. Populyasiyaning muhim
xususiyatlaridan biri uning
yoshiga qarab tuzilishi
hisoblanib, o„z navbatida
uning tug„ilish va o„lishiga bog„liqdir. Rivojlanadigan, tez o„sadigan
populyasiyalarning katta ulushini yosh tashqil etadi. Barqaror holatdagi
populyasiyalarda yoshiga qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug„ilishi va o„lishi
ham taxminan teng). Populyasiyalarda yosh, alohida yashaydigan organizmlar
turining halok bo„lish ulushi kamayadi.
Populyasiyalar ichida genetik ma‟lumotlar (panmiksiya) almashinishi u yoki
bu darajada amalga oshiriladi.
Populyasiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati gomeostaz deb atalib,
teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari orqali boshqariladi. Demak,
populyasiya kibernetik tizim xossasiga – o„z-o„zini boshqarish, o„z-o„zini tashkil
etish va o„z-o„zidan ko„payishi qobiliyati ega bo„lishidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|