Biosfera haqida


lokal ma‟lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik  qismlarga bo„linadi.  Lokal populyasiyalar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
1-ma\'ruza

lokal
ma‟lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik 
qismlarga bo„linadi. 
Lokal populyasiyalar
deganda, biogeotsenozlarning iqlim, 
tuproq va boshqa sharoitlari bo„yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari 
tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 3 qismda berilgan). E
kologik 
populyasiya
- biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyasiyalar 
majmuidan iborat bo„lib, qo„shni populyasiyalardan salgina ajralganligi bilan ham 
farq qiladi. SHuning uchun ham ular faqat muvaqqat o„ziga xos morfologik 
alomatlari bilangina farq qiladi. 
Geografik populyasiya
geografik sharoiti bir 
xil bo„lgan kattaroq hududda yashaydigan populyasiya tushuniladi. Ana shu hudud 
doirasida organizmlar urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa 
vazifalariga ko„ra xususiyatlari namoyon bo„ladi. Bunday xususiyatlar boshqa 
geografik sharoitda yashaydigan qo„shni hududdagi populyasiyadan farq qiladigan 
morfofiziologik tur (tip) hosil qiladi. 
Populyasiya chidamliligi, tug„ilishi, o„lishi, o„sishi, yoshiga qarab tuzilishi
va boshqa qator xossalari bilan tavsiflanadi. Populyasiyaning muhim 
xususiyatlaridan biri uning 
yoshiga qarab tuzilishi
hisoblanib, o„z navbatida 
uning tug„ilish va o„lishiga bog„liqdir. Rivojlanadigan, tez o„sadigan 
populyasiyalarning katta ulushini yosh tashqil etadi. Barqaror holatdagi 
populyasiyalarda yoshiga qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug„ilishi va o„lishi 
ham taxminan teng). Populyasiyalarda yosh, alohida yashaydigan organizmlar 
turining halok bo„lish ulushi kamayadi. 
Populyasiyalar ichida genetik ma‟lumotlar (panmiksiya) almashinishi u yoki 
bu darajada amalga oshiriladi. 
Populyasiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati gomeostaz deb atalib, 
teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari orqali boshqariladi. Demak, 
populyasiya kibernetik tizim xossasiga – o„z-o„zini boshqarish, o„z-o„zini tashkil 
etish va o„z-o„zidan ko„payishi qobiliyati ega bo„lishidir. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə