Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1-ma\'ruza

 
1. Tizimlar tushunchasi 
 
1. Biologik tizim
 
3. Ekologik tizimlar (ekotizimlar) ta’rifi. Biogeotsenoz. 
 
4. Ekologik makon. Hayotiy shakl. Areal 
Tayanch 
iboralar: 
atomarli, 
genetika, 
diskretli, 
koralli 
riflar, 
morfofiziologik tur, morfotuzilishlar, panmiksiya, pigment, statik muvozanat
trofik holat, fiziologiya, sitologiya, ekvivalent, ekstremal, emerjentlik.
E
kologik tizimlar
yoki qisqacha ekotizimlar ekologiyaning fan 
sifatida asosiy predmeti hisoblanadi. Ekotizim to„g„risidagi tasavvur garchi ancha 
ilgari paydo bo„lgan bo„lsa ham, 
«ekotizim»
atamasi birinchi marta 1935 yilda 
ingliz ekologi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Ekotizim to„g„risidagi ta‟limot
tizimlar nazariyasiga
asoslanadi. 
1. Tizimlar.
Tizimlar nazariyasi tadqiqot doirasida umumilmiy hisoblanib, 
uning mavjudligi uchun va mantiq-metodologik apparat va umumlashgan model 


ishlab chiqilgan. Tizimlar nazariyasining asoschisi A.A.Bogdanov (1873-1926) 
hisoblanib (yunoncha tekton -quruvchi), XX asr boshlarida asosiy prinsiplarni 
ifodalagan va uni 
tektonologiya
deb atagan. G„arb adabiyotlarida umumiy 
tizimlar nazariyasining muallifi sifatida, biolog L. Fon Bertalanfi (1937) tan 
olingan. 
Tizimlar nazariyasining hozirgi zamondagi «tizim» tushunchasi quyidagi 
belgilar bilan ifodalanadi: tizim o„zaro aloqada bo„lgan to„liq elementlarni nazarda 
tutadi; o„zini o„rab turgan muhit bilan alohida birlikni ifoda etadi; har qanday 
tizimlar elementi juda yuqori darajada o„z navbatida tizimlar elementi kuyi tartibda 
bo„lishi mumkin; tizim uchun e
merjentlik
xususiyati xarakterli hisoblanadi. 
SHunday qilib, o„zaro aloqada bo„lmagan elementlarni (ularning yig„indisi) 
bir butun, yagona tizim sifatida qarab bo„lmaydi. Tizim ierarxik tuzilishiga ega, 
ya‟ni u yuqori tartibli va quyi tartibli elementlar yig„indisi sifatida qaralishi 
mumkin (tizim yonida). Tizim mutlaqo bir xil elementlardan tashqil topmaydi. 
Xullas, tizimlar e
merjentligi
– bu o„zaro aloqada bo„lgan elementlardan paydo 
bo„ladigan va alohida elementda kuzatilmaydigan xossalardir. Buni quyidagicha 
izohlash mumkin: vodorod va kislorod – gazni tashkil etadigan moddalar, suv esa 
ushbu elementlardan tashkil topgan – suyuqlik, lekin bu suvni agregat holati bo„lib, 
vodorod va kislorodning agregat holatidan kelib chiqqan emas. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə