Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
1-ma\'ruza

real va potensial
resurlarga ajratiladi.
Real 
resurlar deb jamiyatning ayni holida rivojlanish bosqichida qidirib 
topilgan, zahiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurlarga 
aytildi. 
Potensial 
tabiiy resurlar deb jamiyat tarraqqiyotining hozirgi boqichida 
qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ulardan 
foydalanish uchun texnik vositalar etarli bo„lmagan, xom ashyolarni qayta ishlash 
texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo„lishi 
mumkin.
Er sayyorasining potensial er resurlariga cho„l, tog„liklar, botkokliklar, 
sho„rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Potensial resurlariga bir qator 
kosmik resurlar – quyosh energiyasi, dengiz suvlarning ko„tarilishi va qaytishi, 
shamol energiyasi va boshqalar ham kiradi. 
Tabiiy resurslardan samarali foydalanish deb,
ulardan foydalanish 
qoidalariga to„la rioya qilgan xolda jamiyatga faqat hozirgi kunda emas, balki 
tasavvur qilish mumkin bo„lgan uzoq kelajakda ham eng yuqori samar olish 
ta‟minlangan bo„lishiga aytiladi. 
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish deb,
ular hosslarini buzilishi va 
ifloslanishi, bexuda sarflanishi, kamayib ketishini bartaraf qilishga yo„naltirilgan 
huquqiy, tashkiliy, texnik ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasiga aytiladi. 
Hozirgi kunda tabiiy resurlardan foydalanishning yangi usullari keng 
qo„llanib kelinmoqda:
- tabiiy resurlardan qazib olish jarayonida zamonaviy, tejamkor va atrof 
muhitga imkon darajasida zarar etkazmaydigan texnologiyalarning qo„llanishi, 
masalan, ko„mirni, boshqa qazilma boyliklarni qazib olishda ochiq usulga 
qaraganda ko„proq yopiq usullardan foydalanish;
- qazib olingan qayta tiklanmaydigan resurslardan kompleks ravishda 
foydalanib, chiqindiga chiqarmasdan ishlatilish. Qazib olingan rudadan nafaqat 
oltin yoki qimmat baho metallar ajratib olib rudani oqova suvlarga yuvib borish 
balki yangi texnologiyalarni joriy etib rudadan to„liq foydalanib tarkibidagi boshqa 
metallarni ham ajratib olish. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida 
qo„llanadigan texnologiyaga bog„langan xolatda neftdan 60 % dan 85-90%gacha 
benzin olish mumkin. 
- tugaydigan resurlardan tugamaydigan resurslarga o„tish. Kelajakda 
quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga tug„ridan to„g„ri aylantirishning 
nisbatan arzon usullari yaratilsa bir qator mamlakatlarning isitish tizimlari uchun 
sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashi mumkinligini hisoblab chiqilgan; 
- qayta ishlash texnologiyalarni keng qo„llash va chiqindilarni boshqa 
ishlab chiqarishlarda xomashyo shaklida ishlatish. AQSH tajribasi shuni 
ko„rsatdiki konserva bankalarni qayta ishlash jarayonida alyuminiy olish 
boksitlardan (tabiiy konlardan) ajratib olishga nisbatan 10 barobar arzonroq ekan. 


SHishalarni ham qayta ishlash jarayoni uni tabiy resrulardan ajratib va qayta 
ishlash jarayoniga nisbatan ancha arzon ekan. Bundan tashqari, yuqorida misol 
kilib keltirilgan jarayonlarda suv sarfi tejaladi, atrof muhitga, ayniqsa atmosfera 
havosiga salbiy ta‟siri kamayadi. Makalaturadan qoo„oz ishlab chiqarish 
jarayonida daraxtlardan olish jarayoniga nisbatan atmosfera havosining ifloslanishi 
73% , suvning ifloslanishi – 25%, qattiq chiqindilarning hajmi 39% ga kamayadi. 
Bundan tashqari, makalaturadan 1tonna qog„ozni ishlab chiqarilishida 4.7-5,6 m
3
hajmdagi daraxtlar va 165-200 m
3
suv saqlab qolinadi yoki tejaladi. 
- chiqindilarni yoqilgi sifatida ishlatish va h.k.
Nazorat uchun savollar: 
1. Tabiiy resurslarga ta‟rifi bering? 
2. Tabiiy resurslar tasnifini tushuntiring? 
3. Tabiiy resurslarning turlarini izohlang?. 
4. Tabiiy resurslarning ahamiyati. 
5. Real tabiiy resrslar deganda nima tushuniladi? 
6. Potensial tabiiy resrslar deganda nima tushuniladi? 
7. Tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish. 
8. Tabiiy resurslarning ahamiyati. 
9. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish tadbirlari. 
 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə