Biosfera haqida


Reja:  1.Biosferaning tuzilishi, tarkibi, chegaralari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
1-ma\'ruza

Reja: 
1.Biosferaning tuzilishi, tarkibi, chegaralari. 
2.Biosfera haqidagi akad. V.I. Vernadskiy ta’limoti. 
3. Tabiatda moddalarning (katta) geologik va (kichik) biologik 
aylanishi.
4. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 
 
Tayanch iboralar: geologik davr, biogen, noorganik.
Mavjud ilmiy manbalarga ko„ra, Er sayyorasi 4,7 mlrd yil oldin koionotdagi 
gazsimon changlardan shakllandi. Boshqa sayyoralar kabi Er sayyorasi issiqlik 
energiyasini Quyoshdan keladigan elektromagnit nurlardan oladi. Quyosh issiqligi 
Erdagi iqlimning, turli geologik va biologik jarayonlarning, umuman olganda 
rivojlanishning asosidir. Bundan tashqari, juda katta hajmdagi issiqlik oqimi Er 
sayyorasining ichidan keladi.


Er sayyorasida hayotning paydo bo„lish tarixi 3,5-3,8 mlrd yilga teng deb 
hisoblanadi. Erda hayotning paydo bo„lishi, takomillashuvi va ko„plab xududlarni 
egallay boshlashi bilan tirik organizmlar siayyorada kechadigan jarayonlarda 
o„ziga hos o„rinni egallay boshlaganlar. Hayotning doimiy ta‟siriga duchor bo„lgan 
Erning yuza qatlamlarida, ya‟ni atmosferaning 20-25 km balandligigacha, 
suvlarining deyarli butun chuqurligigacha va litosferaning 3 km chuqurligigacha 
alohida o„ziga hos hususiyatlari bilan farq qiluvchi «jonli qobiq» yoki «Biosfera» 
shakllangan (grekcha “bios” - hayot va “sfera” - qobiq so„zlarini anglatadi). Bu 
qobiqning erning alohida qobig„i sifatida o„rganishni dastlab 1875 yilda 
avstraliyalik geolog E.Zyuss taklif etgan bo„lsa-da, biosfera haqidagi ta‟limotning 
asoschisi taniqli rus olimi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Biosfera deyilganda Erning 
hayot tarqalgan yuza qismlari tushuniladi. U o„z ichiga barcha tirik organizmlarni 
va ular tarqalgan joydagi noorganik moddalarni qamrab oladi. Biosfera 
sayoramizning hayotiy kobig„i hisoblanib tirik mavjudodlarning o„zaro 
chambarchas aloqa munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar majmuini 
tashkil etadi. Biosfera o„z ichiga atmosferaning qo„yi qismi troposferani (10-15 km 
baland likkacha faol hayot mavjud bo„lgan, bazan 20 km balandlikdagi stratosfera 
qatlamining qo„yi qismini, ya‟ni organizmlarning chang dokachalari, urug„lari, 
sporalari va boshqalar uchrashi mumkin bo„lgan qismini) hamda suv qobig„i - 
gidrosferani to„lig„icha va erning tosh kobig„i - litosferaning - ustki cho„qindi tog„ 
jinslari qatlamlarini 11 km chuqurlikgacha oladi. CHunki o„tqazilgan turli 
geologik, paleontologik va arxeologik tadqiqotlar davomida erning rivojlanish 
davrida chuqindi tog„ jinslarining turli qalinlikda shakllanishi mumkinligi va bu 
qatlamlarda turli tirik mavjudotlar qoldiqlari topilib, shu chuqurlikgacha hayot 
mavjud bo„lganligi isbotlangan. 
Biosfera organizmlarning tabiatdagi tutgan o„rni, ularning turli-tumanligi
keng tarqalganligi, uzoq geologik davrlar mobaynida mavjud ekanligi, o„ziga hos 
tanlash xususiyatiga egaligi, bioqimyoviy jixatdan favkulotda faolligi kabi 
ko„rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 
Biosferada doimiy ravishda o„zaro bog„langan, bir-birini muvofiqlashtirib va 
uyg„unlashtirib turadigan turli-tuman hayotiy xodisa va jarayonlar uzluksiz 
ravishda davom etadi. Erda quyosh energiyasi ta‟sirida o„tadigan biologik modda 
almashinuvi jarayoni natijasida biologik moddalar (bioproduksiya) to„plana boradi. 
Bularning bir qismi vaqt o„tishi bilan torf, toshko„mir, ohaktosh va boshqa qazilma 
boyliklarga aylanadi. Biosferadagi mavjud moddalarni qo„yidagi to„rtta guruhga 
ajratish mumkin: 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə