Biosfera haqida


Evolsion va tizimli qonunlar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
1-ma\'ruza

4. Evolsion va tizimli qonunlar.
Biotik va hayotiy tuzilmalar tizim 
hisoblanib, ularga tizim nazariyasi qonunlarini va murakkab tizimlar mavjudlik 


qonunlarini qo„llash mumkin. Bu guruhning asosiy qonunlaridan biri 
sistemogenetik qonun bo„lib, u tabiiy tashkil topish bilan bir qatorda, biotik turlar 
va ekotizimlar shaxsiy rivojlanishida qisqartirilgan va ko„p holda qonuniy 
o„zgartirilgan shaklda tizim tarkibini evolyusion rivojlanish yo„lini qaytaradi. 
E. Gekkel va F.Myullerning biogenetik qonuni sistemogenetik qonunning 
xususiy holi bo„lib hisoblanadi. Bu qonunning mohiyati shundaki, organizm (tur) 
o„zining indivudual rivojlanish davrida qiskartirilgan va qonuniy o„zgartirilgan 
holda o„z turining tarixiy rivojlanishini ya‟ni organizm (tur) ontogenezida 
filogenez namoyon bo„lishini ifodalaydi. Sistemogenetik qonunga yaqin bo„lgan 
ketma-ketlik qonunining rivojlanish davriga o„tishi tutashib ketgan, unga ko„ra 
tabiiy tizimlarning rivojlanishi evolyusion aniq va ekologik sharoit mavjud bo„lgan 
tartibda sodir bo„ladi. 
5. Xilma - xillik qonuni.
Xilma xillik tabiatning asosiy xususiyatlaridan 
biridir. Bu xususiyatlar tirik organizmlar va ekotizimlarda o„ziga xosdir. Bu 
qonunlardan birinchisi - genetik xilma-xillik qonunidir. Bu qonunga ko„ra, barcha 
tirik jonlar genetik jihatdan turlicha bo„lib, genetik xilma-xilligini ko„paytirish 
tendentsiyasiga ega. Tabiatda ikkita genetik jihatdan absolyut bir xil tur uchrashi 
mumkin emas.
Ikkinchi qonun - zaruriy xilma-xillik qonuni - har qanday tizim (ekotizim) 
absolyut bir xil elementlardan tashqil topmagan. Uchinchi qonun - tizim 
rivojlanishining tengsizlik qonuni - a‟lo darajadagi bitta elementga ega bo„lgan 
tizim boshqa tizimga taqqoslanganda, a‟lo darajada rivojlanadi. Bu qonun alohida 
organizm miqyosida amal qiladi, chunki uning ba‟zi qismlarini etilishi, rivojlanishi 
va qarishi notekisdir. SHu qonunga yaqin bo„lgan yana bir organizmlarning 
murakkab qonuni (K.F. Rule) mavjud. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə