Biosfera haqida


Tirik organizmlarning fizik–kimyoviy birlik qonuni



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
1-ma\'ruza

6. Tirik organizmlarning fizik–kimyoviy birlik qonuni.
Bu qonun V.I 
Vernadskiy tomonidan yaratilgan bo„lib, quyidagicha ifodalanadi: Erdagi barcha 
tirik moddalar fizik-kimyoviy jihatdan birdir. Bu qonundan quyidagi amaliy fikr 
kelib chiqadi: bir turdagi tirik organizm uchun zararli bo„lgan kimyoviy modda, 
boshqa organizmlar uchun ko„p yoki kamroq zararlidir. SHunday qilib, ma‟lum 
fizik-kimyoviy agent ta‟siriga organizmlarning chidamlilik darajasini belgilash 
lozim. Lekin har xil organizmlar turlicha tezlikda ko„payadi. SHuning uchun ham 
amaliyotda ma‟lum agentga chidamsiz, lekin tez ko„payadigan organizmlar 
chidamli, lekin sekin ko„payadigan organizmlar bilan tenglashadi. Bundan 
tashqari, avlodning tez o„zgarishiga bog„liq holda, vaqt o„tishi bilan chidamsiz 
organizmlar zararli agentning kuchliroq miqdoriga ham moslashadi. SHuning 
uchun ham kimyoviy moddalarni begona o„tlar, o„simlik zararkunandalariga 
(pestitsid, gerbitsid, antibiotik va boshq.), hamda inson kasalligini qo„zg„atuvchi 
mikroblarga va boshqa issiq qonli hayvonlarga qo„llashni ekologik nuqtai nazardan 
yo„l qo„yib bo„lmaydi.
7. Ekologik qoida va prinsiplar.
Ekologik qoida va prinsip qonundan 
hajmi kichikligi, cheklangan qo„llanish sohasi bilan ajralib turadi. Qoida-
organizmlarni muhit bilan o„zaro aloqa me‟yorlari, tabiiy-tarixiy qonunlarini 
belgilaydi. Misol uchun mustasnolik prinsipini (G.F.Gauze) olib ko„raylik. Bu 
prinsipga ko„ra, ikkita turning ekologik talabi o„xshash bo„lsa, bir joyda (biotopda) 


mavjud bo„lishi mumkin emas. Ularning mavjudligi yoki fazoda (bitta biotopda 
yashashi) yoki vaqt bo„yicha (masalan biri kunduzgi, boshqasi kechki hayot 
shaklida) ajratilgan.
Ekologik qoidalar ichida geografik almashtirish qoidasini alohida ta‟kidlash 
lozim (bu qonuniyatni D.Jordon vikariatning qoidasi deb ham yuritadi). YAqin 
qondosh bo„lgan hayvonlar bir biridan qochmaydi, ya‟ni aralash hududlarni 
tanlaydi. Qarindoshlik shakli esa qoidaga ko„ra vikarirlanadi (geografik jihatdan 
bir-birini almashtiradi). Bu qoidadan mahalliy turlar populyatsiyasini «begona» 
qarindosh turlar hisobiga yaxshilash, nazariy jihatdan mumkin emasligi kelib 
chiqadi va amaliyotda ko„p hollarda hisobga olinmaydi. 
Nazorat savollari 
1.
Moddiy dunyoda qanday munosabatlar - qonuniyatlar deb yuritiladi? 
2.
Ob‟ektivlik va barqarorlik qonuniyati deganda nimani tushunasiz? 
3.
Qaysi qonuniyatlarni qonun deb atash mumkin? 
4.
Qonunlar obekti deganda nimani tushunasiz?
5.
Bioekosning asosiy qonunini aytib bering va uning matematik
ifodasini tushuntiring? 
6.
Kommoner qonunlari haqida nimalarni bilasiz? 
7.
Ichki dinamik tenglik qonunining mohiyati nimada? 
8.
Tabiiy zanjir reaksiyasi nima va uning sabablarini tushuntiring? 
9.
Evolyusiyaning yo„nalish qonunini ifodalang?
10.
Evolyusiyaning orqaga qaytmaslik qonunining ma‟nosini tushuntiring?
11.
B.Kommonerning ikkinchi qonunini tushuntirib bering? 
12.
Nima uchun tabiat «yaxshi» biladi? 
13.
O„zgarmaslik qonuni deganda nimani tushunasiz? 
14.
Xilma-xillikning qanaqa qonunlarini bilasiz? 
15.
Tirik organizmlarning fizik-kimyoviy birlik qonunining ahamiyatini 
tushuntiring? 
16.
Ekologik prinsip va qoidalar qonundan nimasi bilan farq qiladi? 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə