Biosfera haqida


Bioekosning asosiy qonuni



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
1-ma\'ruza

2. Bioekosning asosiy qonuni
. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi: 
ekotizimlar tirik organizmlar rivojlanishiga yo„naltirilgan muhit sharoiti 
imkoniyatlari birligini tashqil qiladi. 
V.G. Nesterov (1991) bo„yicha, bioekosning asosiy qonuni tirik tabiat va 
atrofdagi tirik organizmlar muhiti munosabatlarini yaxshilash bo„lib, quyidagicha 
ifodalanishi mumkin:
1
0
0
0




















X
B
bu erda 0-atrof muhit, V- tirik tabiat, 0 va V birlikda ideallikka intiladi ya‟ni 
x→1. SHunday qilib, bu qonun muhitni 0 organizmlarning bir - biriga muvofiq 
kelish qiymatini ifodalaydi. 


«Qiymat» tushunchasi bu erda organizmlarning miqdoriga yashash sharoiti 
mos kelishini ifodalash uchun qo„llanilgan. 
Bioekosning asosiy qonuni boshqa tushunchalar singari oddiydir. Uning 
matematik ifodasini olishda 0 muhit tavsifi, V organizmi talablariga bo„linadi. V 
0+(0-V)ga o„zgartirilib bioekos ulushining me‟yori olinadi. Oxirgi ifodada |0-V| 
ning qiymati manfiy yoki musbat bo„lsa ham u ijobiy deb olinib 0 qiymatga 
qo„shiladi. 
V.G. Nesterovning ta‟kidlashicha, bioekosning asosiy qonuni hech qanday 
tashqi kuchlar ta‟sirisiz mavjud. Bu qonun tirik organizmlarni tashqi ta‟sirining 
ijobiy tomonidan foydalanib, salbiy tomonini bartaraf qilishini ifodalaydi. 
3. Kommoner qonunlari
. Xususan ekologik qonunlar, bioekosning asosiy 
qonuni, har bir kishiga tushunarli bo„lgan oddiy qoidalar to„plamiga keltirilishi 
mumkin.
Buni Kommoner (1974) quyidagicha ifodalaydi: 
1. Hamma narsa bir biri bilan bog‘liq; 2. Hamma narsa qayoqqadir 
ketadi; 3. Tabiat yaxshi biladi; 4. Hech narsa bekorga berilmaydi

Lekin ekologik realizmni ishlab chiqish uchun bu qonunlar tushuntirilishi 
hamda nazariy bilimlar va haqiqiy ma‟lumotlar bilan isbotlangan bo„lishi lozim. 
Birinchi qonun shuni ifodalaydiki, tabiatda bir biri bilan bog„liq bo„lmagan 
hodisalar bo„lmaganligi kabi, insonning har qanday faoliyati uni o„rab turgan atrof 
muhitda o„z aksini topadi. Bu ichki dinamik tenglik qonunida o„z aksini topgan 
bo„lib, u quyidagicha ifodalanadi. 
Modda, energiya, ma‟lumot va alohida tabiiy tizimlarning dinamik sifati 
o„zaro shunday bog„langanki, bu ko„rsatkichlarning birortasi o„zgarishi, 
boshqalarida ham o„zgarishga sabab bo„ladi, lekin moddiy, energetik, ma‟lumot va 
tizim dinamik sifati umumiy holda saqlanadi. 
Tabiiy zanjir reaksiyasi, o„z navbatida hodisalar zanjiri o„zi bilan bog„langan 
boshqa hodisalarni o„zgarishiga olib keladi. 
Masalan: changlantiruvchi hashoratlarning qirilib ketishi, o„simliklarning 
hosildorligi, ularning chatishib yangi tur paydo bo„lishiga ta‟sir etadi va bu o„z 
navbatida o„simliklarning mevasi, tanasi, urug„i bilan oziqlanuvi hayvonot 
turlarining yo„qolishiga olib keladi. 
Tabiiy tizimlardagi o„zaro harakat, sifat jihatdan bir xil emas. Bir 
ko„rsatkichning kuchsiz o„zgarishi boshqa ko„rsatkichlarning kuchli o„zgarishiga 
olib kelishi mumkin. Katta o„zgarishlar alohida ekotizimlardan biosferaga o„ta 
turib global jarayonlar o„zgarishiga olib keladi. Bundan ikkinchi evolyusion 
qonunlar, evolyusion yo„nalish qonuni va evolyusiyani orqaga qaytmasligi 
qonuni kelib chiqadi (L.Dollo). Birinchi qonunning ifodalanishi quyida keltirilgan. 
Evolsiyaning umumiy yo„nalishi tarixiy mavjudlikning o„zgarib turadigan 
sharoitiga moslashishga qaratilgan. Organizmlar yoki ularning avlodlari dastlabki 
holatiga qaytish mumkin emas. 
Kommonerning ikkinchi qonunini kengroq qarab chiqamiz. Bu qonun har 
qanday tabiiy tizim muhitning moddiy, energetik imkoniyatlari hisobiga 
rivojlanishini ko„rsatdi. 


Bundan ko„rinib turibdiki, absolyut chiqindisiz ishlab chiqarish mavjud 
emas. Faqat kam chiqindili ishlab chiqarishga erishish mumkin. Ekotizim va 
biosfera chiqindisiz ishlaydi degan tushuncha xatodir. Keng ma‟noda olsak, ko„mir 
qatlamlari, tabiiy neft, ohaktosh, chili selitrasi, hatto kislorod - biosfera 
chiqindisidir. Lekin tabiat chiqindisini kamaytirishga harakat qiladi. SHuning 
uchun ham bir organizm chiqindisi ikkinchisi uchun yashash sharoitini tashkil 
etadi, buni tuproq misolida ko„rish mumkin. 
Kommonerning uchinchi qonuni hozircha bizning bilimimiz etarli emasligi, 
tabiat o„z mexanizmi va faoliyatini «yaxshi» bilishini anglatadi. Bu qonun: tabiatni 
yaxshilayman deb unga zarar etkazmang; agar natijaga to„liq ishonmasangiz tabiiy 
jarayonlarga aralashmang - deb ogohlantiradi. Bu jihatdan «asr loyihasi» shimol 
daryolarini janubga burish, o„z vaqtida to„xtatilganligini ta‟kidlash mumkin. 
Hozirgi kunda ham hech kim bu loyihani amalga oshirilishi nimalarga olib 
kelishini ishonchli ravishda asoslab berolmaydi. Birgina iqlimni olib qaraylik. 
SHimoliy daryolar suv bilan birga Arktikaga issiqlik oqib keladi. Ular oqimining 
keskin kamayishi Arktika va tundra iqlimini yanada keskinlashtiradi. Bir erda biz 
qancha cho„lni bog„-rog„larga aylantirsak - shuncha bog„-rog„larni cho„lga 
aylantiramiz degan fikrni eslash kifoya. («CHelovek i priroda», 1981 № 8, 67-bet). 
«Tabiatga zarar etkazma» degan qoida qadimgi rimliklarga aniqroq ma‟lum 
bo„lgan. Tatsit eramizning 15 yillaridagi voqealarni quyidagiga yozib qoldirgan: 
Arrunsiy va Atey senat oldiga Tibr qo„yilishini kamaytirish uchun daryo va 
ko„llarni to„sish mumkinmi, degan masalani qo„yadi. Bu masala yuzasidan senat 
a‟zolari tadbirga qarshi ekanliklarini bildirib, oqimni to„sish atrofni suv bosishi, 
botqoqlanish va hosildor erlarni dashtga aylanishiga olib keladi, degan fikrni 
bildiradi. Tabiat o„zi yaratgan daryolarning boshlanishi, quyilishi va oqishiga etarli 
darajada e‟tibor berib, inson aralashuviga hojat qolmagan deb hisoblanadi. 
Tatsit o„z fikrini: senat a‟zolari taklifi yoki ishning qiyinligini hisobga 
olinganda ham Gneem Pizon fikri, ya‟ni hammasini tabiiy holicha qoldirgan 
ma‟qul deb yakunlaydi. Tatsit tomonidan yozilgan voqealar bizga oshkora 
ekologik ekspertizani eslatmaydimi? 
To„rtinchi qonunni muallif B.Kommoner quyidagicha izohlaydi: global 
ekotizim bir butunlikni namoyon qilib, hech narsa yutilmaydi yoki yo„qotilmaydi 
va umumiy yaxshilash ob‟ekti bo„lib hisoblanmaydi; inson mehnati bilan olingan 
barcha narsa o„rni to„ldirilishi lozim. Buning uchun to„lovdan qochib bo„lmaydi, 
faqat vaqti cho„zilishi mumkin. 
Masalan, tuproqdan hosil olib turish davomida uning hosildorligini saqlash 
uchun unga mikro-makroelementlarni kiritib turish zarur. 
B.Kommonerning to„rtinchi qonuniga V.I.Vernadskiy tomonidan yaratilgan 
o„zgarmaslik qonuni yaqin: ma‟lum geologik davr biosferasidagi tirik moddalar 
soni o„zgarmasdir, ya‟ni tirik modda massasining bir joyda ko„payishi uning 
ikkinchi joyda kamayishiga olib keladi. Bu qonundan vulqon otilishi, yong„in va 
boshqa hodisalar tufayli hosil bo„lgan ekologik makon uzoq vaqt mavjud 
bo„lolmaydi, bu tirik moddalar miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə